Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi

Davlatimiz rahbari Xitoy biznesining Oʻzbekistonga qiziqishi har doimgidek yuqori ekanini mamnuniyat bilan qayd etdi. Oʻtgan yilning oʻzida ushbu mamlakatdan jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan oshdi.
'China State Construction' kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Chjen Syuesyuan bilan suhbatda Toshkent shahrida yoʻl infratuzilmasini modernizatsiya qilish borasidagi hamkorlik natijalari yuksak baholandi. Toshkent shahrida madaniyat obyektlarini tashkil etish boʻyicha istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Toshkent viloyatida sanoat zonasini barpo etish loyihasini boshlash hamda kompaniya avtomobil yoʻllari qurilishida ishtirok etishi toʻgʻrisida kelishib olindi.
'China General Nuclear Power' korporatsiyasi raisi Yan Chanli bilan muzokaralarda togʻ-kon sanoatida sheriklikni mustahkamlash masalalari diqqat markazida boʻldi. Geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish va yangi konlarni oʻzlashtirishga qiziqish bildirildi. Kompaniyaning gibrid quyosh elektr stansiyasini qurish va bojxona yuklarini skanerlash texnologiyalarini joriy qilish rejalari qoʻllab-quvvatlandi.
'CAMCE' korporatsiyasi raisi Van Bo bilan poytaxtimizda Olimpiya shaharchasini barpo etish boʻyicha birgalikda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Kompaniya boshqaruvida Toshkent shahridagi 'Yangi avlod' industrial texnoparki jadal rivojlanayotgani qayd etildi.
Qoʻshma tashabbuslar portfelini kengaytirish, xususan, elektr energetikasi va Yangi Toshkent shahrini infratuzilmaviy rivojlantirish loyihalarini jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.
'Goldwind' kompaniyasi raisi Vu Gang bilan kompaniyaning 'yashil' energetikani rivojlantirishdagi ishtiroki yuzasidan fikr almashildi. Oʻzbekistonda kompaniya bilan birgalikda shamol elektr stansiyalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
Shamol generatorlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va joriy loyihalarni faollashtirishga kelishib olindi.
'ZTO Express' kompaniyasi rahbari Xu Syanlyan davlatimiz rahbariga Oʻzbekistonda tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha onlayn platformani ishga tushirish va 'aqlli' logistika omborlarini tashkil etish niyati haqida maʼlumot berdi.
Oʻzbekiston dunyoga deyarli 20 million AQSH dollarlik karam sotdi
2025-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston tomonidan xorijga 55,4 ming tonna karam mahsuloti eksport qilingani maʼlum qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Qayd etilishicha, eksport qilingan karamning umumiy qiymati 19,6 million AQSH dollarini tashkil etgan.Oʻzbekiston ushbu davr mobaynida asosan qoʻshni davlatlar va Yevropa bozorlariga karam yetkazib bergan. Xususan, Rossiya Federatsiyasiga 34,6 ming tonna karam yuborilgan boʻlib, bu mamlakat ushbu mahsulotni e
Oʻzbekistonda dollar kursi oshdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'24,03 soʻmga'oshdi va'12 939,93 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'67,39 soʻmga'koʻtarildi va'14 725,64 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,41 soʻmga'tushib,'162,03 soʻmni'tashkil etdi.
Jahon banki Oʻzbekistonga 100 million AQSH dollari beradi
Jahon banki Ijroiya direktorlar kengashi tomonidan Oʻzbekistonga 100 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratilishi maʼqullandi. Ushbu mablagʻlar elektr taqsimlovchi tarmoqlarni isloh qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tizimga ulash hamda muhim hududlarda elektr taʼminotining ishonchliligini oshirishga yoʻnaltiriladi.Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollarni tashkil etadi. Undan 50 million dollari 'Hududiy elektr tarmoqlari' AJ tomonidan oʻz mablagʻlari hisob
Oʻzbekiston Prezidenti Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi rahbarlarini qabul qildi
Uchrashuvda 'Vision Invest' va 'Riyadh Cables' kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.Ushbu mamlakat ishbilarmonlari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va yurtimizdagi ustuvor loyihalarni jadallashtirish masalalari ko'rib chiqildi.Saudiyaning 'ACWA Power' va boshqa kompaniyalari bilan sermahsul sheriklik yo'lga qo'yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.Bugungi kunda qo'shma loyihalar portfeli 24 milliard dollarga yetgan. 'Yashil' energetika sohasidagi loyihalar muvaffaqiyatli amalga