calendar 29 Aug 14:31
eye 48
comments 0
comments Manba: qalampir

Koronavirusdan sog'ayganlar 38 mingdan oshdi

image
image

Bugun, 29 avgust soat 17:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni yana 114 nafarga oshib, jami bemorlar 41067 nafarga yetdi. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

•  90 nafari Toshkent shahrida; 

•  8 nafari Toshkent viloyatida;

•  8 nafari Xorazm viloyatida;

•  4 nafari Andijon viloyatida;

•  2 nafari Qoraqalpog'iston Respublikasida;

•  2 nafari Farg'ona viloyatida tana harorati ko'tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 79 yoshli J.K. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 57 yoshli M.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 178 nafar, Toshkent viloyatida 103 nafar, Buxoro viloyatida 10 nafar, Andijon viloyatida 4 nafar, Qashqadaryo viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog'iston Respublikasida 2 nafar, Namangan viloyatida ham 2 nafar hamda Farg'ona viloyatida 1 nafar bemor tuzaldi.

 Shunday qilib O'zbekistonda 38250 (+303) nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog'aygan.

Hozirda mamlakatda 2510 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:44
 
36
0
xs.uz

Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida 6 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, voqea bugun, 3-iyun kuni soat 16:30 larda Shahrixon tumani 'Begbachcha' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlining 415 kilometrida sodir boʻlgan.Aniqlik kiritilishicha, 42 yoshli Q.S. 'Toshkent-Andijon' yoʻnalishi boʻyicha 'Hyundai' rusumli yuk mashinasini boshqarib ketayotib, rulda chalgʻib qolgan

08 Jun 02:26
 
30
0
xs.uz

“Qadrli farzandlarim!”... Shavkat Mirziyoyev futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yoʻlladi

Qadrli farzandlarim!Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash oʻyinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini koʻrsatib, tom maʼnoda ulkan gʻalabaga erishganingiz ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Hech shubhasiz, milliy sportimiz solnomasiga oltin harflar bilan bitiladigan bunday yorqin natija yurtimizdagi millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizn

13 Jun 00:36
 
32
0
xs.uz

Kon-metallurgiya korxonalari uchun maxsus vagonlar qurish oʻzlashtirildi

'Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi' aksiyadorlik jamiyati tomonidan kon-metallurgiya korxonalari uchun maxsus vagonlar qurish yoʻlga qoʻyildi. 'Navoiy kon-metallurgiya kombinati' AJ buyurtmasi asosida ana shunday vagonlarning dastlabki 15 tasi ishlab chiqarildi.Kecha zamonaviy dizaynga ega yangi avlod vagonlarini buyurtmachilarga toshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda soʻzga chiqqanlar alohida taʼkidlaganidek, Yangi Oʻzbekiston timsoli koʻrinishidagi mazkur vago

13 Jun 00:36
 
26
0
xs.uz

Istirohat bogʻidagi noqulayliklar bartaraf etilmoqda

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Samarqand shahrida odamlar oilaviy hordiq oladigan 'Yoshlik' istirohat bogʻi bolalar uchun moʻljallangan oʻyin qurilmalari koʻpligi bilan ajralib turadi. Bunday attraksionlarning belgilanmagan joylarga oʻrnatib tashlangani, oʻzboshimchalik bilan noqonuniy qurilgan binolar, bogʻning ayrim qismida toʻplanib qolgan maishiy chiqindilar, antisanitariya holatlari noqulaylik tugʻdirib, dam oluvchilarning koʻnglini xira qilayotgan edi.Samarqand viloyati hok