Yozgi maktabdagi qorbobolar, havo shari olib kelgan yong‘in, maydondagi harbiy marsh. 24-avgust suratlari

24-avgust, dushanba kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Moskva, Rossiya.
“Xalqaro armiya o‘yinlari—2020” musobaqasi doirasida tank biatloni vaqtida Vyetnamning T-72B3 tanki yonida turgan harbiy.
Foto: “TASS”
Shanxay, Xitoy.
Ustaxonada AQSh prezidenti Donald Trampning mumdan ishlangan haykalini pardozlayotgan xodim.
Foto: Reuters
Chennay, Hindiston.
Ganesha Chaturti festivalining uchinchi kunida Ganesha haykalini dengizga otayotgan odam.
Foto: AFP
Kiyev, Ukraina.
Mustaqillik kunida Rossiya tomonidan mamlakatning sharqiy qismida qo‘llab-quvvatlab kelinayotgan separatchilarga qarshi kurashayotganlar, qurolli nizoda halok bo‘lganlar, ko‘ngilli batalyon jangchilari va faollar marshda qatnashmoqda.
Foto: AFP
Giresun, Turkiya.
Qora dengizning Derel tumanidagi kuchli yomg‘irlardan katta talafot ko‘rgan odamlar.
Foto: Getty Images
Parij, Fransiya.
Futbol bo‘yicha Chempionlar ligasida PSJ klubining mag‘lubiyatga uchrashi natijasida Yelisey maydonida bir nechta to‘qnashuvlar yuzaga keldi.
Foto: AFP
Falastinliklarning Isroil hududida tez alanga oluvchi xomashyodan iborat havo sharlarida uchishlari ketidan kelib chiqqan yong‘inni bartaraf etayotgan isroillik askarlar.
Foto: Reuters
Lissabon, Portugaliya.
Germaniyaning “Bavariya” klubi Chempionlar ligasi finalida Fransiyaning PSJ klubi ustidan qozongan g‘alabasini nishonlamoqda.
Foto: Reuters
Port-o-Prens, Gaiti.
“Laura” tropik bo‘roni natijasida halok bo‘lgan onasi uchun ko‘z yoshi to‘kayotgan erkak.
Foto: Reuters
Minsk, Belarus.
Huquq-tartibot organlari xodimlari temir tikanakli to‘siq ortida namoyishchilarga qarab turibdi.
Foto: “TASS”
Omsk, Rossiya.
Tibbiyot xodimlari rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyni Germaniyaga ketishi oldidan zambilda tez yordam mashinasiga chiqarmoqda.
Foto: Reuters
Szyansu, Xitoy.
To‘y liboslari kichik fabrikasida matolar ichida telefon o‘ynab o‘tirgan qiz.
Foto: Reuters
Quddus, Isroil.
Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning ehtimoliy korrupsiyadagi ishtiroki va koronavirus cheklovlari tufayli duch kelingan iqtisodiy qiyinchiliklarga qarshi namoyish.
Foto: Reuters
Oregon shtati, AQSh.
Irqiy kamsitishga qarshi namoyishda ko‘zlari qizargan ayolga maxsus vosita bilan yordam berilmoqda.
Foto: Reuters
Santyago, Chili.
Hukumatga qarshi namoyish vaqtida o‘ziga nisbatan sepilayotgan suvdan qochayotgan namoyishchilar.
Foto: Reuters
Nyu-Dehli, Hindiston.
Krematoriyda koronavirusdan vafot etgan qarindoshining yonida turgan erkak.
Foto: Reuters
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Sassiqko‘ldagi modalar namoyishi, qulagan samolyot, asfalt ustidagi syorfingchilar. 23-avgust suratlari
- Vertolyotda parvoz qilayotgan sigir, Nepalga qaytgan karantin, shaffof hojatxona. Hafta suratlari
- Bektemirga borgan Mirziyoyev, Supermenga qiyoslangan AQSh prezidenti, bir kishilik namoyish. 21-avgust suratlari
- Stadiondagi imtihon, majburiy nikohdan qochgan qizaloq, koinotdan suratga olingan bo‘ron. 20-avgust suratlari
AQSHda samolyot halokatga uchradi, qurbonlar bor
AQSHning Ogayo shtatidagi Xaulend yaqinida 'Cessna 441' rusumli yengil samolyoti qulashi oqibatida olti kishi, jumladan, ikki ekipaj aʼzosi halok boʻldi. Bu haqda 'Fox 8' telekanli mahalliy hokimiyatga tayanib xabar tarqatdi.'Yakshanba kuni erta tongda Xaulend shahridagi uy orqasiga qulagan samolyot halokatidan omon qolganlar yoʻq', ' deyiladi xabarda.Qayd etilishicha, samolyot Montana shtatidagi Bozmen shahriga yoʻl olgan, biroq havoga koʻtarilganidan 7 daqiqa oʻtib halokatga uchragan.Tel
AQSHda Putin Ukrainada toʻxtamasligi aytildi. Tramp esa mojaro boʻyicha yangi bayonot berdi
Ukraina va Rossiya mojarosi Moskva foydasiga hal boʻlsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin goʻyoki Ukraina bilan toʻxtamaydi. Bu fikrlarni AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi raisi, general Den Keyn AQSH Kongressidagi eshituvda aytib oʻtdi, deya xabar bermoqda 'The Hill' nashri.Maqolada qayd etilishicha, bunday ritorika AQSH prezidenti Donald Trampning bu boradagi pozitsiyasiga 'keskin qarama-qarshidir'.Eshituvda senator Lindsi Grem Keynga xorijiy mojarolar boʻyich
Tramp Saudiya Arabistoniga keldi
AQSH prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga rasmiy tashrif bilan keldi va Yaqin Sharq boʻylab toʻrt kunlik safarini boshladi. Bu haqda 'Al Arabiya' telekanali xabar berdi.Bu uning qayta saylanganidan keyin amalga oshirgan birinchi xorijiy safari hisoblanadi.'Tramp seshanba kuni ertalab Saudiya Arabistoniga Fors koʻrfazi mintaqasi boʻylab toʻrt kunlik safarini boshlash uchun yetib keldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal xabariga koʻra, tashrif davomida asosiy eʼtibor m
“Xiaomi”ning “SU7 Ultra” elektromobili noroziliklarga sabab boʻldi
'Xiaomi' kompaniyasining 'SU7 Ultra' mashinalari ustidan bir nechta mijozlar shikoyat qilishgan. Bu haqda 'CarNewsChina' nashri xabar qildi.Norozilikka eʼlonlarda funksionalligi aytilgan karbon tolali mashina kapotining faqat dekoratsiya vazifasini bajarayotgani sabab boʻlgan.7-may kunida esa kompaniya oʻzining marketing xabarlaridagi chalkashlikni tan olib, uzr soʻradi. 'Xiaomi' uglerod tolali kapot birinchi navbatda avtomobil koʻrinishida oʻzgarish yasash va qisman havo oqimi yoʻnalishi