calendar 01 Jul 04:28
eye 5
comments 0
comments Manba: xs.uz

AQSHda samolyot halokatga uchradi, qurbonlar bor

image
AQSHning Ogayo shtatidagi Xaulend yaqinida 'Cessna 441' rusumli yengil samolyoti qulashi oqibatida olti kishi, jumladan, ikki ekipaj aʼzosi halok boʻldi. Bu haqda 'Fox 8' telekanli mahalliy hokimiyatga tayanib xabar tarqatdi.

'Yakshanba kuni erta tongda Xaulend shahridagi uy orqasiga qulagan samolyot halokatidan omon qolganlar yoʻq', ' deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, samolyot Montana shtatidagi Bozmen shahriga yoʻl olgan, biroq havoga koʻtarilganidan 7 daqiqa oʻtib halokatga uchragan.

Telekanal maʼlumotlariga koʻra, hozirda samolyot nima sababdan qulagani aniq emas. AQSH Milliy transport xavfsizligi kengashi va Federal aviatsiya maʼmuriyati hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:38
 
141
0
xs.uz

Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika Qoʻshma Shtatlari rahbari Donald Trampga Rossiyaning Turkiyada taklif qilgan muzokaralariga darhol rozi boʻlish chaqirigʻiga javob berdi.'Men shaxsan Vladimir Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman. Biz ertangi kundan boshlab diplomatiya uchun zarur asos yaratishga toʻliq va uzoq muddatli sulhni kutmoqdamiz. Qotillikni kechiktirishning maʼnosi yoʻq. Umid qilamanki, ruslar bu safar bahona topmaydi', ' deya yozdi Zelenskiy oʻzining 'Telegram'

08 Jun 02:27
 
34
0
xs.uz

Moskva viloyati muzeyida “Olamlar o‘rtasidagi nur” nomli yangi xalqaro ko‘rgazma ochildi

Ko'p yillardan so'ng ilk bor ikkita noyob muzey ' I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat san'at muzeyi va 'Yangi Iyerusalim' muzeyining kolleksiyalari bir ekspozitsiyada birlashdi.Ko'rgazma 'Yangi Sharq ustalari'dan tortib 'Metafizika'gacha bo'lgan tematik bo'limlarni, shuningdek, mualliflarning 'ovozini eshitishga' imkon beruvchi ovozli installyatsiyalarni o'z ichiga oladi.Ko'rgazma 2025-yil 8-noyabrgacha davom etadi.

13 Jun 00:39
 
84
0
xs.uz

Hindistonda bortida 242 nafar odam boʻlgan yoʻlovchi samolyot halokatga uchradi

Hindistonning 'Air India' aviakompaniyasiga tegishli 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadobod shahridan havoga koʻtarilganidan biroz oʻtib halokatga uchradi. Fojia yuz bergan vaqta havo kemasi bortida 242 kishi boʻlgan.Kapitan halokatdan oldin Havo harakatini boshqarish boʻlimiga qoʻngʻiroq qilgan. Samolyotni kapitan Sumit Sabharval va birinchi ofitser Klayv Kundar boshqarayotgan boʻlgan. Baxtsiz hodisa samolyot soat 13:38 da havoga koʻtarilganidan besh daqiqa oʻtib, Megani aholi y

04 Jun 02:45
 
117
0
xs.uz

Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Jabrlanganlar bor

Turkiyaning janubiy viloyatlarida 5,8 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya maʼlum qildi.Mugʻla viloyatida va yana bir nechta hududlarda sezilgan yer silkinishlari 3-iyunga oʻtar kechasi mahalliy vaqt bilan 02:17 da yuz bergan. Uning epitsentri Marmaris kurorti yaqinidagi dengizda, 67 kilometr chuqurlikda yuzaga kelgan.Tabiiy ofat oqibatida 69 kishi jabrlangan. Ularning koʻpchiligi uylarining derazalaridan sakrash chogʻida jarohatlangan. Hozi