calendar 10 Aug 13:30
eye 65
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

O'zbekistonda koronavirus: 10 avgust asosiy xabarlari

image
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1071)
0 0 0

Bir sutka davomida 459 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 31 068 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Sputnik O'zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to'g'risida asosiy xabarlarni to'pladi.

Bir sutka davomida 459 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 31 068 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 116 nafari Toshkent viloyatida, 106 nafari Toshkent shahrida, 19 nafari Samarqand viloyatida hamda 7 nafari Jizzax viloyatida tana harorati ko'tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish ko'rsatkichi

Bugunning o'zida 517 nafar bemor tuzalib, o'z uylariga kuzatildi. Respublika bo'ylab jami sog'ayganlar soni 22 559 nafarga yetdi.

Ayni paytda 8 311 nafar bemorga belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. Ulardan 1 378 nafari og'ir, 386 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.

O'lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Qibray tumanida yashagan 44 yoshli A.A. (erkak) va 80 yoshli X.A. (erkak), Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli U.M. (ayol), Sergeli tumanida yashagan 63 yoshli D.S. (erkak) hamda vafot etdi.

O'zbekistonda jami 202 kishi pandemiya qurboni bo'ldi.

Muhim yordam

Butunjahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotining shtab-kvartirasi, COVID-19ga Butunjahon birdamligi va harakati jamg'armasi orqali, O'zbekistonga umumiy qiymati 300 ming AQSh dollariga teng bo'lgan yana bir insonparvarlik yordamini yubordi. Bu safar Istambuldan kelgan reysda 500 dona kislorod kontsentratori olib kelindi. Bundan tashqari, hafta oxiriga laboratoriyada ishlatiladigan materiallaridan iborat yana bir gumanitar yordam yuki yetkaziladi.

Qirg'izistonga parvoz

O'zbekiston va Quvayt aviakompaniyalari Qirg'izistonga muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklashni taklif qildi. Transport va yo'l vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining direktori Kurmanbek Akishev maʻlum qilishicha, Quvayt va O'zbekistonning bittadan kompaniyasi muntazam reyslarni qayta tiklash taklifi bilan murojaat qildi. Takliflar Koronavirusga qarshi kurash respublika shtabi tomonidan ko'rib chiqilmoqda.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo'ylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 19,9 milliondan oshdi, 731 ming kishi vafot etdi, 12,8 kishi tuzaldi. Eng ko'p holatlar AQShda (5,0 mln), Braziliyada (3,0 mln), Hindistonda (2,2 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1071)

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
74
0
xs.uz

Қурилиш компанияси фуқарога вақтида топширилмаган уй пулини қайтарди

Тошкент шаҳар Яшнобод туманидаги кўп квартирали уйлардан хонадон харид қилган фуқарога уй вақтида топширилмагани сабабли қилинган тўлов қайтарилди. Бу ҳақда Рақобат қўмитаси хабар қилди.Унга кўра, харидор аввалдан уй учун 387 миллион сўм тўлов қилган, аммо бир йилу уч ой ў

13 May 14:37
 
52
0
xs.uz

Qashqadaryoda bolalar uchun qulay va xavfsiz dam olish sharoiti yaratiladi

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyati hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda hududdagi bolalar oromgohlarini 2025-yil yozgi mavsumiga tayyorlash, ularda bolalarning xavfsiz va mazmunli dam olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.' Joriy yilda Kitob, Shahrisabz, Yakkabogʻ tumanlari hamda Shahrisabz shahridagi tabiat manzarali hududlarda joylashgan 17 ta statsionar bolalar oromgohida 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan 23 ming nafardan ortiq bolani da

13 May 14:37
 
63
0
xs.uz

Tersak mahallasiga “turizm qishlogʻi” sertifikati topshirildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Urgut tumanida 'Tersak' turizm qishlogʻining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi raisi Ulugʻbek Shodiyev, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Taxtaqoracha dovoni yoqasida, togʻlar bagʻrida joylashgan 'Tersak' qishlogʻi zamonaviy infratuzilma hamda milliy anʼanalar uygʻunlashgan manzil sifatida mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun jozibador maska

13 May 14:37
 
52
0
xs.uz

Sloveniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Alenka Suxadolnik Sloveniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram kanalida'maʼlum qildi.TIV rahbarining yozishicha, bugun, 12-may kuni u yangi tayinlangan еlchi Alenka Suxadolnikdan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.'Uning ushbu lavozimga tayinlanishi mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish yoʻlida xizmat qilishiga ishonamiz. Hech shubhasiz, hamkorligimizni yana