Anjelina Jolining garaji: Gollivud yulduzi qanday avtomobillarni xush ko‘radi? (foto)

Gollivudning eng mahoratli aktrisalaridan biri Anjelina Joli doimo muxlislar tomonidan kuzatuvda. Aktrisaning shaxsiy hayoti, faoliyati va hatto vaznigacha qiziq. Uning qanday avtoulovdan foydalanishi ham kuzatuvchilarni o‘ylantirishi tabiiy hol.
Foto: Somanyhorses
Foto: Somanyhorses
Cadillac Escalade
Ushbu avtomobil ko‘plab amerikalik mashhur reperlar hamda aktyorlarning garajidan topiladi. Escalade ancha vaqtdan beri shon-sharafning sinonimiga aylanib qolgan. Albatta, yo‘l yuzida ketayotgan bunday mashina barchaning e’tiborini tortadi, shuning uchun ham ko‘plab yulduzlar yana bir bor o‘zlarining maqomini ko‘rsatish uchun ham aynan shu mashinani tanlaydi. Ammo, Anjelina Escalade’ni asosan 7 kishilik bo‘lgani uchun tanlagan. Ma’lumki, aktrisaning 6 ta farzandi bor va ko‘pincha ular bilan bo‘lganida ushbu avtomobildan foydalandi. Anjelida gohida kechki ziyofat yoki uchrashuvlarda ham aynan Cadillac’ni tanlaydi, u foydalanadigan avtoulov mashinaning oxirgi versiyasi.
Foto: Somanyhorses
Ford Expedition
Jolining kolleksiyasiga tegishli yana bir avtomobil – 2018-yilda ishlab chiqarilgan oq Ford Expedition. Aktrisa ushbu mashinani Los-Anjeles ko‘chalarida tez-tez haydab turadi. Avtomobilning sig‘imi 7 kishiga qulay tarza moslashtirilgan. Xususiyatlariga ko‘ra, Expedition Ford brendli avtomobillar tarixidagi mashinalar ichida eng ilg‘ori hisoblanadi va 3,5 litr yoqilg‘iga olti silindirli turbomotor va 375 ot kuchiga teng.
Foto: Somanyhorses
BMW Hydrogen 7
Aktrisa noyob BMW gibrid modelining ham ajoyib egasi hisoblanadi. Nemis brendiga mansub ushbu model atigi 100 dona avtomobil ishlab chiqargan va ularning bittasi aynan Anjelina Joli uchun atalgan. Mazkur mashina benzin (260 ot kuchi) yoki vodorod (228 ot kuchi)da ishlay oladi, buning uchun 74 litrli benzobak va 8 kiloli vodorod silindiri mavjud. BMW Hydrogen yo‘lning bir qismini vodorodda, yana bir qismini benzinda bosib o‘tishi mumkin. Avtomobilning tezligi soatiga 100 kilometrga yetishi uchun 9,5 soniya kifoya.
Foto: Somanyhorses
Land Rover Range Rover
Atrisaning kolleksiyasidan qora rangli Range Rover ham o‘rin olgan. Aktrisa undan odatda dam olish kunlari foydalandi. Guvohlarning ta’kidlashicha, u kamdan kam hollarda, oilasi bilan bo‘lmagan paytda yoki sayr qilganda ushbu avtomashinani boshqaradi.
Foto: Somanyhorses
Chevrolet Tahoe
Joli hajman katta mashinalarni yoqtiradi va kolleksiyasidan ham ko‘proq shundaylari o‘rin olgan. Uning to‘plamidagi yana bir mashina – Chevrolet Tahoe. Bir muddat aktrisa doimiy shu mashinadan foydalangan. Uni tez-tez aynan shu avtomobil boshqaruvida ko‘rganlar, aktrisa to‘plamidagi eng yetakchi mashina bo‘lsa kerak, deb o‘ylaydi. Anjelina ish yuzasidan uchrashuvlar, ijtimoiy tadbirlar va taqdirlsh marosimlariga ham Chevrolet Tahoe mashinasida boradi.
Foto: Somanyhorses
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj
Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri
Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra
“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”
15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz