calendar 05 Aug 07:11
eye 74
comments 0
comments Manba: daryo

Fotojamlanma: Jahon yulduzlari hamda ularga tegishli xususiy orollar

image

Mashhurlarning haqiqatan boy ekanliklari ularning 100 ming dollarlik soat, Bentley yoki tennis kortini sotib olishida deb o‘ylaysizmi? Ulardan ayrimlarining puli shunchalik ko‘pki, hatto xususiy orol sotib olishga ham yetadi.

Hech qachon tugamaydigan ta’til, faqatgina sizga tegishli bo‘lgan tropik orolni bir tasavvur qilib ko‘ring-a? Ko‘plab taniqli shaxslar bu orzuni allaqachon ro‘yobga chiqarishga ulgurgan.

Nikolas Keyj

Foto: Getty Images

Nikolas Keyj – isrofgarchiligi bilan tanilgan aktyor. U sakkizoyoq, timsohlardan tortib, dinozavrlarning bosh suyagigacha sotib oladi. 2006-yilda aktyor Bagam orollari arxipelagidagi Leaf Key nomli orolni 3 million dollarga sotib oldi. Ehtimol, aynan shu yerda u o‘zining hayratomuz kolleksiyasidan bahra olayotgandir.

Foto: Getty Images

Eddi Merfi

Foto: Getty Images

2007-yilda dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyorlaridan biri deya tan olingan Eddi Merfi Bagamadagi Rooster Key orolini 15 million dollarga sotib olgan. Hozirda Merfining boyligi 85 million dollarga baholanmoqda.

Foto: Getty Images

Feyt Hill va Tim MakGrou

Foto: Getty Images

Musiqachilar Feyt Hill va Tim MakGrou nafaqat oilaviy hayotda, balki san’atda ham baxtga erishdi. Er-xotinning umumiy kapitali 165 million dollarga baholangan, shuning uchun ular 2006-yilda Bagam orollarida o‘z shaxsiy oroliga ega bo‘lishda qiyinchilikka uchramagan.

Foto: Getty Images

Riki Martin

Foto: Getty Images

Livin’La Vida Loca qo‘shig‘i bilan butun dunyoga tanilgan Riki 2008-yilda Braziliyaning Angra-dus-Reys kurorti yaqinidagi orolning egasi bo‘lgan. Orol 8 million dollarga sotilgan.

Foto: Getty Images

Mel Gibson

Foto: Getty Images

Mel Gibson Fiji arxipelagidagi Mango orolini Tokio korporatsiyasidan 9 million dollarga sotib olgan. Gibson kurortni rivojlantirish niyatida emas, aksincha orolning bor go‘zalligini saqlab qolmoqchi xolos.

Foto: Getty Images

Selin Dion 

Foto: Getty Images

Selin Dion tropik orolni o‘z mamlakatida topdi. Kvebekdagi Il Ganon orolini sotib olib, unda ajoyib qasr qurdi. Ammo bir muncha vaqt o‘tgach, uni 29,7 million dollarga sotdi.

Foto: Getty Images

Shakira

Foto: Getty Images

Eng muvaffaqiyatli bu qo‘shiqchi allaqachon 220 million dollar egasi bo‘lishga ulgurgan. Uning albomlari dunyo bo‘ylab mashhur. Shakira Bonds Key orolini 6 million dollarga sotib olgan. U negadir kurortni rivojlantirish rejasini hozirga qadar amalga oshirmadi.

Foto: Getty Images

Stiven Spilberg 

Foto: Getty Images

Stiven Spilberg muvaffaqiyatli kinorejissorlardan biri. “Musofir”, “Yo‘qolgan kema reydlari”, “Qo‘lingdan kelsa, meni tut” kabi filmlarni suratga olgan. Spilberg o‘zi va oilasi dam olishi uchun Portugaliyaning Madeyra arxipelagidagi orolni sotib olgan.

Foto: Getty Images

Leonardo Di Kaprio

Foto: Getty Images

“Titanik”, “Qonli olmos”, “Omon qolgan” kabi filmlar yulduzi Leonardo Blekadaro Key oroliga 2,4 million dollar to‘lagan. Kapitali 245 million dollarga teng bo‘lgan kishi uchun bu shunchaki xarajatdir. Aktyor orolda ekologik toza dam olish maskani qurishni rejalashtirmoqda.

Foto: Getty Images

Jay-Z va Beyons 

Foto: Getty Images

Jay-Z va Beyons ko‘pincha bir-birlariga ajoyib sovg‘alar ulashadi. Turmush o‘rtog‘iga Otalar kunida 40 million dollarga samolyot va Bagam orollaridan 3 million dollarlik orol sotib olgan.

Foto: Getty Images

Kim Kardashyan va Nort Uest 

Foto: Getty Images

Kim Kardashyan va Nort Uest – shou-biznesdagi eng ko‘p muhokama qilinadigan shaxslardan biri. 2014-yilda qizi uchun Avstraliyadagi Toshbaqa orolini sotib olgan.

Foto: Getty Images

Jonni Depp

Foto: Getty Images

Jonni Depp Gollivuddagi eng taniqli va ko‘p daromad topadigan aktyorlardan biri. U 400 million dollar evaziga ikkita orol sotib olishga qaror qildi. 2004-yilda 3,6 million dollarga Bagam orollaridagi Little Halls Pond Key egasi bo‘lgan. Oroldagi 6 ta plyajga do‘stlari va farzandlari nomi berilgan. 2015-yilda Depp Egey dengizidagi qarovsiz orolni 4,2 million yevroga sotib olgan.

Foto: Getty Images


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
35
0
xs.uz

“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi

Ushbu hafta Hindistonda 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulod

13 May 14:38
 
127
0
xs.uz

Makron va Mers poyezdda kokain isteʼmol qilganmidi?

Gap shundaki, fotosuratchilar siyosatchilarga yuzlanganda Makron stoldan gʻijimlangan qogʻozni, Mers esa tayoqcha oʻxshash jismni olib tashlagan.Internetda sharhlovchilar, bir qator blogerlar, shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova sayohat paytida siyosatchilar kokain isteʼmol qilganini aytishdi. Bunga isbot tarzida Makron va Mersning harakatlarini keltirildi.Shu qatorda 'Liberation' gazetasi kokain haqida hech qanday gap-soʻz yoʻqligini yozib, yuqori

18 Jun 21:56
 
23
0
xs.uz

Tramp Eronga zarba berishni koʻrib chiqmoqda

AQSH Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarini kuchaytirishga kirishdi. 'Fox News' telekanali xabariga koʻra, Amerika qoʻshinlari mintaqaga qoʻshimcha qiruvchi samolyotlarni joʻnatmoqda hamda u yerdagi aviatsiya kuchlari dislokatsiyasini uzaytirmoqda.CNN manbalari maʼlum qilishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi ehtimoliy havo hujumi ssenariylarini koʻrib chiqmoqda. Shu doirada AQSH harbiylariga Isroilga yonilgʻi quyishda yordam berish haqida buyruq berish ehtimoli mavjud. Manbala

15 Jun 10:46
 
39
0
xs.uz

AQSH armiyasining 250 yilligi keng miqyosdagi harbiy parad bilan nishonlandi

14-iyun kuni AQSH poytaxti Vashington shahrida Amerika armiyasining 250 yilligi munosabati bilan keng koʻlamli harbiy parad tashkil etildi. Ushbu tantanali tadbir mamlakat prezidenti Donald Trampning 79-yillik tugʻilgan kuni bilan bir vaqtda boʻlib oʻtdi. Prezident Tramp va uning rafiqasi Melaniya paradga shaxsan tashrif buyurib, tadbirni tribuna orqali kuzatdi hamda nutq soʻzladi.Mahalliy OAV xabarlariga koʻra, paradda 6600 nafarga yaqin harbiy xizmatchi, 50 ta harbiy vertolyot va 'M1 Abr