Davlat boshqaruvi akademiyasida “Kelajak liderlari” dasturi boʻyicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar oʻqitiladi

Har bir kasb yoʻnalishi boʻyicha aynan yoshlar oʻrtasida respublika musobaqalari oʻtkaziladi. Bunda davlat korxonalari va xususiy sektor vakillari tengma-teng ishtirok etadi.
Tarmoq rahbarlari har yili oʻz tizimidagi 100 nafar yoshni seleksiya qilib, xorijiy stajirovkaga yuborishni yoʻlga qoʻyadi.
Buning uchun, har bir tarmoq 10 milliard soʻmdan ajratadi. Bu mablagʻlar soliq solish bazasidan chegirib tashlanadi.
Oʻqishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish boʻyicha 2 ta alohida dastur qabul qilindi.
Shu maqsadda Aloqabank va Milliy bankka 300 million dollar ajratildi.
Ular 'Yoshlar biznesi' dasturi doirasida 100 ming yoshlarni, 'Kelajakka qadam' orqali 140 ming oliygoh bitiruvchisini daromadli ish bilan taʼminlashga masʼul boʻladi.
Bandlik vazirligi Savdo-sanoat palatasi Milliy bank bilan birga oliygoh, texnikum, kasbiy taʼlim bitiruvchilarini ish beruvchilar bilan bogʻlaydigan platformani ishga tushiradi.
Bandlik, Maktab, Oliy taʼlim vazirliklari 'Harakatda daromad' elektron tizimini yaratib, taʼtildagi 3 million yoshlarni malaka talab qilmaydigan ishlar bilan band qiladi.
Har yili yuqori sinf oʻquvchilarini kasb tanlashga qiziqtirish va koʻmaklashish maqsadida 'Mening kasbim' respublika tanlovi oʻtkaziladi.
Soʻnggi yetti yilda boshqaruv kadrlari tarkibi ancha yosharib, 40 yoshgacha boʻlgan rahbarlar ulushi 37 foizdan 65 foizga oshdi.
'Biz Yangi Oʻzbekistonda 'xalq xizmatidagi davlat' tamoyilini roʻyobga chiqarishda siz kabi iqtidorli, jonkuyar va yetakchilik qobiliyatiga ega oʻgʻil-qizlarimizga tayanamiz.
Shu bois, oʻtgan oyda istiqbolli kadrlar tayyorlash va ularni davlat boshqaruviga jalb etish boʻyicha muhim farmonni imzoladim.
Endi, Davlat boshqaruvi akademiyasida 'Kelajak liderlari' dasturi boʻyicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar oʻqitiladi', dedi Prezident.
Bu yoshlar vazir va hokimlarga biriktiriladi, ikki oy ularning yonida yurib, tajriba orttiradi. Bir oyga xorijiy stajirovkaga yuboriladi.
Dasturni tamomlagan yoshlar rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod boʻladi.
Tojikistondan keltirilgan qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi
Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi, 1990-y.t. fuqaro 49 kilogramm 599 gramm 'opiy' moddasini oʻzining boshqaruvida boʻlgan DAF rusumli yuk avtomashinasining yukxonasidagi xufiyona joyga yashirgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumaniga olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlandi.Tergovga qadar tekshiruv davomida Tojikiston Respublikasid
Akademik litsey bitiruvchilariga diplom topshirildi
Gʻayrat OTAJONOV/'Xalq soʻzi'. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti akademik litseyi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi oʻtkazildi. Tantanali tadbirda universitet rektori, akademik A.Reymov litseyni muvaffaqiyatli tamomlagan barcha bitiruvchilarni, ularning ota-onalari va ustozlarini tabrikladi, yurtimizda yoshlarning taʼlim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga toʻxtalib oʻtdi.Bugun ushbu taʼlim dargohini bitirib chiqayotgan yoshlar kelajakda Vatanimiz taraqqiyotiga m
Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov 74 yoshida vafot etdi
Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov 6-iyun kuni 74 yoshida vafot etdi. Bu haqida Shofirkon tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.Azim Latipov 1951-yil 6-iyun Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tugʻilgan. Mehnat faoliyatini 1971-yilda chorvachilik mexanigi sifatida jamoa xoʻjaligida boshlagan, paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik sohalarda faoliyat yuritgan.'Azim Shofirkon yulduzi' fermer xoʻjaligi rahbari A. Latipov mamlakatimizda fermerlik harakatini rivojlantirishda faolligini
Har mavsumda shu boʻlar takror...
Yaqinda 'Xalq soʻzi' gazetasida eʼlon qilingan 'Oyoq ostidagi neʼmat' maqolasini oʻqib, bir tarafdan suyungan boʻlsam, boshqa tomondan eski dardim yangilanib, kuyindim. Shu bois, avvalo, gazeta jamoasi hamda muallifga ushbu mavzuni koʻtarib, jamoatchilik eʼtiborini isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, uvolning oldini olish masalasiga qaratgani uchun rahmat aytaman. Kuyinganimning boisi shuki, maqolada aytilganidek yoʻl, yoʻlak chetlarida ekilgan tut borki, hosili oyoqosti boʻladi. Va ha