calendar 01 Jul 04:27
eye 1
comments 0
comments Manba: xs.uz

Temiryoʻl chiptalarida 800 mingga yaqin kishidan undirilgan ortiqcha pullar qaytariladi

image
Temiryoʻl chiptalari boʻyicha 800 mingga yaqin odamdan undirilgan ortiqcha pullar qaytariladigan boʻldi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, temiryoʻlda yoʻlovchi tashish xizmatlari boʻyicha qoʻmita chiqargan qaror sud instansiyalari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi va qonunbuzilish holati bartaraf etildi.

Qoʻmita maxsus komissiyasi tomonidan 2024-yilda olib borilgan oʻrganishlarga koʻra, 'Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi' AJ va 'Shahar atrofida yoʻlovchi tashish' MCHJ tomonidan sotilgan chiptalardan vositachilik yigʻim qiymati boʻyicha umumiy hisobda jami 792 186 nafar isteʼmolchidan ortiqcha haq undirilgani aniqlangan.

Qoʻmita mazkur jamiyatlarga ortiqcha undirilgan pullarni isteʼmolchilarga qaytarish, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida koʻrsatma bergan.

Shunga qaramasdan, ushbu korxonalar qoʻmita qarori yuzasidan norozi boʻlib, sudga murojaat qilgan. Biroq bir necha sud instansiyalarining hal qiluv qarorlari bilan 'Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi' AJ va 'Shahar atrofida yoʻlovchi tashish' MCHJlarning arizalarini qanoatlantirish rad qilinib, qoʻmita maxsus komissiyasining qarori va koʻrsatmasi oʻz kuchida qoldirildi ortiqcha olingan mablagʻlarni qaytarishi va moliyaviy jarima toʻlashi belgilandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
51
0
xs.uz

Toshkentdagi futbol musobaqasida ommaviy janjal yuz berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda futbol musobaqasi doirasida raqib jamoalar oʻzaro janjallashib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 28-may kuni taxminan soat 21:00 larda Shayxontohur tumani 'Jar' oʻyingohida 'LikeCup' loyihasi doirasida sanʼatkorlar va blogerlar oʻrtasida futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Oʻyin yakunlanganidan soʻng 21 yoshli O.Oʻ. ijtimoiy tarmo

31 May 08:49
 
37
0
xs.uz

Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat toʻliq stavkada faoliyat yuritadi

Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Endi oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari va ularga biriktirilgan muassasalar, shu jumladan mahalla tibbiyot punktlari, xizmat koʻrsatayotgan aholi sonidan kelib chiqqan holda yuridik maqomga ega oilaviy poliklin

31 May 08:49
 
31
0
xs.uz

Endi nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi

'Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT 'Xalq banki' tomonidan pensiyalarni na

13 Jun 00:36
 
17
0
xs.uz

Yorugʻ kunlardan umidvor qiziltepaliklar

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qamashi tumanining Qiziltepa mahallasi hududdagi eng yirik aholi yashash manzillaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda bu yerdagi 760 ta xonadonda 4280 nafardan oshiq kishi istiqomat qilmoqda.Mahalla markazini koʻpchilik Qiziltepa shaharchasi, deb atashadi. Mahalla 'Gʻuzor-Shahrisabz' avtomobil yoʻlining boʻyida joylashgan. Tumanning togʻli qishloqlari, xususan, mashhur 'Langar ota' ziyoratgohi, Maydanak observatoriyasiga olib boruvchi yoʻl ham shu mahall