Mahalla markazini koʻpchilik Qiziltepa shaharchasi, deb atashadi. Mahalla 'Gʻuzor-Shahrisabz' avtomobil yoʻlining boʻyida joylashgan. Tumanning togʻli qishloqlari, xususan, mashhur 'Langar ota' ziyoratgohi, Maydanak observatoriyasiga olib boruvchi yoʻl ham shu mahalladan boshlanadi. Hududdagi aksariyat yoʻllarga asfalt yoki shagʻal qoplama yotqizilgan. Tuproq yoʻllarni uchratmaysiz.
Bu yerda shinamgina dehqon bozorchasi, oʻnlab savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Sakson besh nafar kishi tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqda. Yana bir qancha fuqarolar imtiyozli kredit olib, maʼlum bir sohada ishni yoʻlga qoʻyish orqali oʻzini-oʻzi band etgan.
' Farzandlar katta boʻlgach, ehtiyojlar ham ortib boradi, ' deydi mahalla fuqarosi Dildora Aralova. ' Turmush oʻrtogʻim xorijga borib ishladi. Topgani roʻzgʻorning kam-koʻstidan ortmas, doim yoniga oro kirsam derdim. Uch yil avval imtiyozli kredit olib, tomorqamizning 2 sotix qismida issiqxona qurdik. Bodring, pomidor ekdik. Issiqxonamizda hozircha isitish tizimi yoʻq. Lekin yopiq usulda ekishning oʻziyoq bozorga ancha ertachi mahsulot chiqarish imkonini beradi. Joriy yilda issiqxonamizga 450 tup pomidor koʻchatlarini ekdik. Apreldan bozorga mahsulot chiqara boshladik. Xomaki hisob-kitobiga koʻra, har bir tup pomidordan oʻrtacha 4-4,5 kilogrammdan hosil olyapmiz. Bu 450 tup ekindan qariyb 2 tonna hosil naqd degani.
Dastlabki tashabbusining foyda keltira boshlaganidan ruhlangan ayol joriy yilda farzandlari bilan yana 10 million soʻm imtiyozli kredit olib, gulchilikni yoʻlga qoʻydi. Hozir 30 dan ortiq turdagi hovli va xona gullarini yetishtirib, ichki bozorga yetkazib bermoqda.
' Mahallamizda 35 million soʻm imtiyozli kredit olib, ichimlik suvini qayta tozalash qurilmasini ishga tushirdik, ' deydi shu mahallalik tadbirkor Jahongir Hayitov. ' Hududlarda toza ichimlik suviga boʻlgan talab yuqori. Shundan kelib chiqib ichimlik suvini qayta ishlab, tozalash texnologiyasini xarid qildik. Hozir 'Kitob-Qarshi' magistral suva quvuri orqali oʻtayotgan suvni suv tarqatish punktidan xarid qilib, qayta ishlaymiz. Belgilangan koʻrsatkichlar boʻyicha toʻliq tozalangan suv mijozlarga yetkazib berilmoqda. Ishni yangi boshlaganimizga qaramay, buyurtmalarimiz soni kun sayin ortib bormoqda.
Bir qaraganda Qiziltepada hamma ishlar joyidadek. Ammo bu yerda ham aholini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolar yetarlicha.
Mahalladagi xonadonlarning barchasi kamida 8 sotixdan tomorqaga ega, lekin oqar suv yoʻq. Imkonini topgan oilalar 100-120 metr chuqurlikdan yer osti suvini olib, ekin-tikin qiladi, ammo hamma ham buni eplay olmayapti. Agar hududga markazlashgan holda suv yetkarib berilsa, tomorqachilik gullab ketardi. Elektr taʼminoti bilan bogʻliq muammolar ham bisyor. Mahallada 84 ta oila hali ham rasman kambagʻallik maqomida.
Prezidentimizning 2024-yil 23-sentyabrdagi tegishli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi Majlis bayoniga asosan, Qiziltepa mahallasi ham 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturiga kiritilgan edi. Dasturga kiritilgan har bir mahallaga respublika idoralari rahbar yoki oʻrinbosarlari biriktirilib, ularning oldiga har oyda kamida bir marotaba oʻzi biriktirilgan mahallaga shaxsan kelib, bu yerdagi muammolarni oʻrganish, dastur doirasida ishlarni tashkil etish, muvofiqlashtirish va ijrosini taʼminlash boʻyicha aniq vazifalar qoʻyilgandi. Ammo Qiziltepada hali-hamon 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturini amalga oshirish boʻyicha bajariladigan ishlar rejasi tuzilgani yoʻq. Qiziltepaliklar Dastur boʻyicha katta ishlar amalga oshirilishini kutmoqda. Bu avvalo mahalladagi oilalar turmush-tarzining yanada farovonlashuvi, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi.
Jurnalistlar uchun radikalizmga qarshi kurash mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 'Radikallashuv omillari, axborot manipulyatsiyasi va unga qarshi kurashish' mavzusida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmoni ijrosi doirasida Jurnalistlar uyushmasi va 'Ziyo' media markazi hamkorligida tashkil etildi.Seminarda jurnalistlarga diniy radikalizmning xavfli jihatlari, radikal
Sifatli taʼlim qaygʻusi
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrtinchi yiliga ham tobora yaqinlashmoqdamiz. Bu vaqt tarix uchun qisqa bir davrni tashkil etsa-da, maʼlum bir xulosalar, saboqlar chiqarishga yetarli deb oʻylayman.Toʻgʻrisi, biz mustaqillikning dastlabki oʻn yilini tirikchilik gʻamida oʻtkazdik. Yetishmovchilik, xavf-xatar, inqirozga uchragan iqtisodiyot, butunlay tanazzulga yuz tutgan aloqalar iskanjasida qolgandik. Gʻalla mustaqilligi biz uchun hayot-mamot masalasiga aylang
“Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj
'Gʻalaba bogʻi' yodgorlik majmuasi hududida mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etildi.Festival doirasida mudofaa sanoatiga oid zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar, robototexnikalar, kimyo-texnologiyalari, kon-metallurgiya sohasi hamda harbiy va ikki xil maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi.Bundan tashqari, dasturlash va robototexnikaga qiziqadigan yoshlarimiz uchun ushbu festival oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarish hamda so
Tersak mahallasiga “turizm qishlogʻi” sertifikati topshirildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Urgut tumanida 'Tersak' turizm qishlogʻining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi raisi Ulugʻbek Shodiyev, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Taxtaqoracha dovoni yoqasida, togʻlar bagʻrida joylashgan 'Tersak' qishlogʻi zamonaviy infratuzilma hamda milliy anʼanalar uygʻunlashgan manzil sifatida mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun jozibador maska