calendar 15 Jun 10:46
eye 97
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tanzila Narbayeva “Better Cotton” xalqaro tashkiloti bosh direktori Alan Makkley bilan uchrashdi

image
Jeneva shahrida Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva 'Better Cotton' xalqaro tashkiloti bosh direktori Alan Makkley bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqot chogʻida Oʻzbekistonda 'Better Cotton' dasturini amalga oshirish tajribasi va bu yoʻnalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Uchrashuvda 'Better Cotton' dasturining nafaqat paxtachilikda sertifikatlash vositasi, balki ekologik barqarorlik, ijtimoiy masʼuliyat va mehnat standartlarini yaxshilovchi platforma sifatidagi roli muhim ekani taʼkidlandi. Dastur doirasida ishtirok etish orqali Oʻzbekiston paxtachilik ishlab chiqaruvchilari uchun xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlari kengaymoqda. Bu esa mamlakatning toʻqimachilik mahsulotlari eksportida ishonchli hamkor sifatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Suhbat davomida Oʻzbekistonda 'Better Cotton' dasturi qamrovini kengaytirish masalasi ham muhokama qilindi. Hozirgi paytda dastur 6 ta paxta klasterini qamrab olgan boʻlib, ular yiliga qariyb 30 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirmoqda. Bu natijalar mazkur platformaning yurtimizda barqaror ishlab chiqarish va masʼuliyatli yetkazib berish madaniyatini shakllantirishga hissa qoʻshayotganini koʻrsatadi.

Tomonlar ushbu yoʻnalishda sheriklikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirgan holda, Oʻzbekiston va 'Better Cotton' tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldilar. Bu esa, oʻz navbatida, mamlakatda barqaror qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va xalqaro mehnat standartlarini tatbiq etish yoʻlida muhim qadamlardan biri boʻlishi kutilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:36
 
26
0
xs.uz

Istirohat bogʻidagi noqulayliklar bartaraf etilmoqda

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Samarqand shahrida odamlar oilaviy hordiq oladigan 'Yoshlik' istirohat bogʻi bolalar uchun moʻljallangan oʻyin qurilmalari koʻpligi bilan ajralib turadi. Bunday attraksionlarning belgilanmagan joylarga oʻrnatib tashlangani, oʻzboshimchalik bilan noqonuniy qurilgan binolar, bogʻning ayrim qismida toʻplanib qolgan maishiy chiqindilar, antisanitariya holatlari noqulaylik tugʻdirib, dam oluvchilarning koʻnglini xira qilayotgan edi.Samarqand viloyati hok

13 Jun 00:38
 
25
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga yuz bergan aviahalokat yuzasidan taʼziya maktubi yoʻlladi

Davlatimiz rahbari qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.Eslatib oʻtamiz, bugun Hindistonning 'Air India' aviakompaniyasiga tegishli 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadobod shahridan havoga koʻtarilganidan biroz oʻtib halokatga uchradi. Fojia yuz bergan vaqta havo kemasi bortida 242 kishi boʻlgan.Kapitan halokatdan oldin Havo harakatini boshqarish boʻlimiga qo

13 Jun 00:38
 
22
0
xs.uz

Oʻzbekiston Irlandiyaga yangi elchi tayinladi

Oʻzbekistonning Irlandiyaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ravshan Usmanov mazkur davlat Tashqi ishlar va savdo vazirligi Protokol departamenti boshligʻi Ralf Viktoriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Bildirilishicha, tadbir davomida Oʻzbekiston va Irlandiya oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari boʻyicha fikr almashilgan.Shuningdek, savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida aloqalarni jadallashtirish

13 Jun 00:38
 
40
0
xs.uz

Oʻzbekiston Prezidenti Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Standard Chartered', 'International Hospitals Group', 'LVMH', 'Airbus' kabi Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.Davlatimiz rahbari forumda Yevropa davlatlaridan ishtirokchilar sonining ko'paygani tomonlar iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanidan dalolatligini ta'kidladi.Yevropa mamlakatlari