calendar 12 Apr 21:16
eye 816
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov OʻzJOKU tomonidan Navroʻzga bagʻishlab tashkil etilgan tadbirda mehmon boʻldi

image
Bugun, 8-aprel kuni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tomonidan Navroʻz ayyomiga bagʻishlab tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.



'Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining taklifiga binoan ushbu oliy taʼlim muassasasi tomonidan bahor bayrami ' Navroʻzga bagʻishlab tashkil etilgan tadbirda mehmon boʻlganimdan mamnunman', ' deydi Sherzod Asadov.



Tadbir doirasida badiiy sahna chiqishlari, milliy taomlar, madaniy koʻrgazmalar, musiqiy dasturlar hamda qardosh mamlakatlar va yaqin hamkorlarimiz madaniyatiga bagʻishlangan ekspozitsiyalar bilan tanishildi hamda samimiy va bayramona muhitda ustoz-jurnalistlar, soha faxriylari, universitet jamoasi hamda talabalar bilan suhbatlashildi.



'Bunday tadbirlar tariximiz va boy madaniyatimizga boʻlgan hurmat, milliy anʼanalarimizni asrab-avaylash ruhini yuksaltirish bilan birga, avlodlar oʻrtasidagi rishtalarni mustahkamlash, tajribali jurnalistlar va sohaga kirib kelayotgan yoshlar uchun muloqot maydoni sifatida ham katta ahamiyatga ega', ' deb yozadi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
33
0
xs.uz

Bepul kinonamoyishlar — barcha uchun

Kinematografiya agentligi tomonidan ishlab chiqarilgan eng sara o'zbek filmlarining namoyishini 'Muhabbat bahori' filmi boshlab berdi. Unda kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Film rejissyori Ibrohim Rasulov va aktrisa Shahnoza Hojimurodova tomoshabinlar bilan suhbatda filmning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil to'xtalib o'tishdi.Filmda ikki ijodkor ' O'zbekiston xalq shoiri Zulfiya va jamoat arbobi, taniqli shoir Hamid Olimjonning sof muhabbati, ijod va hayot y

31 May 08:51
 
79
0
xs.uz

Eksponatlar bilan boyigan muzey

Ushbu eksponatlar orasida, ayniqsa, 1965-yildan ishlab chiqarila boshlangan 'Molodyojniy' rusumidagi elektrofon e'tiborni tortadi. Bu uskuna san'atkor hayotining so'nggi yillariga to'g'ri kelgan davr mahsuli bo'lgani bilan tarixiy jihatdan muhimdir.Shuningdek, fondga san'atkorga tegishli va hozirgi kunda juda noyob, tarixiy fotosuratlar ham topshirildi. Mazkur eksponatlar T. Jalilov merosini chuqurroq o'rganish, uning hayoti va ijodini keng jamoatchilikka yetkazish imkoniyatini oshiradi.

31 May 08:51
 
75
0
xs.uz

Mualliflik huquqini buzgan 10 nafar xonanda litsenziyasidan ayriladi

Oʻzbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun litsenziyasidan ayrilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi. Bunday hollarda litsenziyalovchi organ litsenziat hujjatining bekor qilishni soʻrab sudga murojaat yoʻllashi lozim.Shunga koʻra, Adliya vazirligi s

13 May 14:39
 
363
0
xs.uz

Prezident IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi

Hurmatli festival qatnashchilari, muhtaram mehmonlar!Avvalo, siz, azizlarni ochiq osmon ostidagi betakror muzey shahar ' qadimiy Xivada o'tkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Bugungi san'at bayramida ishtirok etayotgan nufuzli xalqaro tashkilotlar va qardosh mamlakatlar vakillariga, dunyoning qirqdan ziyod mamlakatidan kelgan xalq ijodiyoti namoyandalari, atoqli madaniyat va san'at arboblariga samimiy tashakkurim, yuksak hur