calendar 12 Apr 21:16
eye 25
comments 0
comments Manba: xs.uz

Krishtianu Ronalduni kashf etgan mutaxassis 77 yoshida olamdan oʻtdi

image
Kecha, 9-aprel kuni Portugaliya terma jamoasi hamda 'Al-Nasr' jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning futbol olamida kashf qilinishiga sabab boʻlgan murabbiy va skaut Aurelio Pereyra 77 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda 'SNN Sport' nashri xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Aurelio uzoq vaqt davomida ogʻir xastalik bilan kurashib kelgan. U bir qancha yulduzli futbolchilarni ommaga tanilishida ulkan hissa qoʻshgan. Krishtianu Ronaldu, Luish Nani, Luish Figu, Rikardu Kuarejma hamda Paulu Futre kabi yulduz futbolchilar shular jumlasidandir.



Krishtianu Ronaldu murabbiyning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi.

'Futbol olamining buyuk timsollaridan biri bizni tark etdi, ammo uning merosi abadiy yashaydi. U men va yana koʻplab futbolchilar uchun qilgan barcha ezgu ishlariga doimo minnatdor boʻlib yashayman. Barchasi uchun rahmat, janob Aurelio', ' deb yozgan Ronaldu oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.



Maʼlumot uchun, Aurelio Pereyra Krishtianu Ronalduning iqtidorini 12 yoshligida 'Nacional' klubida toʻp tepib yurgan paytlardayoq payqagan hamda 'Sporting' klubiga jalb qilgan.

Shuningdek, Portugaliya terma jamoasi 'Evro-2016' turnirida gʻolib boʻlgach, koʻplab mutaxassislar terma jamoaga 'Aurelios' nomini berishni taklif qilgan. Sababi, turnir gʻolibi boʻlgan Portugaliya terma jamoasi safidagi 10 nafar futbolchini aynan Aurelio Pereyra kashf etgandi.

Pereyra faoliyatining katta qismini 'Sporting' klubida oʻtkazgan. Dastlab futbolchi, keyin esa murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 1988-yilda 'Klubga futbolchilar jalb qilish hamda oʻqitish' boʻlimini tashkil qilgan.

Portugaliyaning 'Sporting' klubi 2012-yilda asosiy stadionini ushbu mutaxassis sharafiga 'Pereyra' deb nomlagan. U 2018-yilda UEFA tomonidan 'Portugaliya va Yevropa futboli rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi uchun' ordeni bilan taqdirlangan.



Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti Pedru Proensa mutaxassisning vafotini 'Portugaliya futboli uchun topib boʻlmaydigan yoʻqotish' deb atadi.

'Tariximizdagi eng yaxshi oʻyinchilarni kashf etgan odam endi oramizda yoʻq. U tomonidan qoldirilgan ulkan merosni himoya qilish uchun hamma narsa qilamiz. Pereyra doimo mehribon, yaxshi xulqli va har doim bizning qadriyatlarimizni himoya qilgan inson sifatida qalbimizda qoladi', ' deydi Pedru Proensa hamdardlik nutqida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Mar 06:34
 
73
0
xs.uz

Oksana Chusovitina finalda!

Yurtdoshimiz o'zining sevimli tayanib sakrash dasturida medallar uchun kurashni davom ettiradigan bo'ldi. Chusovitina saralash bosqichida 13.266 ball to'plab, ikkinchi natija bilan finalchilar qatoridan joy olgan. Final dasturi ertaga bo'lib o'tadi.

09 Mar 06:34
 
61
0
xs.uz

23 yoshli hamyurtimiz Kaliforniyadagi boks oqshomida 36 yoshli charm qoʻlqop ustasini texnik nokaut bilan magʻlub qildi

AQSHning Kaliforniya shtatida navbatdagi professional boks turniri boʻlib oʻtdi. Mazkur oqshom Oʻzbekiston boks muxlislari uchun muhim ahamiyat kasb etib, unda havaskor boksda jahon chempioni boʻlgan, 'Parij-2024'da omadi kelmagan Ruslan Abdullayev oʻzining professional boksdagi debyut jangiga chiqdi.Hamyurtimiz oʻzining ilk jangini meksikalik tajribali bokschi Xose Valenzuyela Alvaradaga qarshi oʻtkazdi. Bahs juda yuqori tempda boshlandi va ikkinchi raunddayoq Abdullayev raqibini kuchli

12 Apr 21:16
 
25
0
xs.uz

Krishtianu Ronalduni kashf etgan mutaxassis 77 yoshida olamdan oʻtdi

Kecha, 9-aprel kuni Portugaliya terma jamoasi hamda 'Al-Nasr' jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning futbol olamida kashf qilinishiga sabab boʻlgan murabbiy va skaut Aurelio Pereyra 77 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda 'SNN Sport' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Aurelio uzoq vaqt davomida ogʻir xastalik bilan kurashib kelgan. U bir qancha yulduzli futbolchilarni ommaga tanilishida ulkan hissa qoʻshgan. Krishtianu Ronaldu, Luish Nani, Luish Figu, Rikardu Kuarejma hamda Paulu Futre k

20 Mar 12:50
 
53
0
postda.uz

TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI

Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining