calendar 04 Apr 16:18
eye 74
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Mahalla yettiligi” uchun yangi bino topshirildi

image
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Mahalla ahli tashabbusi bilan Bagʻdod tumanidagi 'Qashqarmakay' MFYning yangi binosi bunyod etilib, 'mahalla yettiligi' uchun qulay sharoitlar yaratib berildi. Yangi binoda yettita xona mavjud boʻlib, har bir xodim uchun alohida joy ajratildi. Aholi murojaatlarini oʻrganish va ularning muammolariga yechim topish uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Ayni paytda mahalladagi 1070 ta oilada 4 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mahalla nuroniylari va faollari tashabbusi tadbirkorlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, ezgu maqsad ijobati uchun 300 million soʻmdan ortiq homiylik mablagʻi ajratildi. Natijada 8 oyda ushbu bino qad rostladi.



' Bu borada Davlatimiz rahbarining 2019-yil 2-aprelda qabul qilingan 'Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Farmoni muhim dasturilamal boʻlmoqda, ' deydi Bagʻdod tumani hokimi Gʻanijon Soliyev. ' Yaqin istiqbolda tumandagi ana shunday doimiy faoliyat koʻrsatadigan idorasi boʻlmagan yoki ijarada oʻtirgan mahallalarda kerakli barcha qulayliklarni muhayyo etish koʻzda tutilgan.



Tantanali tadbir qoʻshaloq shodiyonaga aylanib, mahalliy soliqlarni undirishda faollik koʻrsatgan 'Maylaboy', 'Qaroqchitol', 'Qashqarmakay', 'Samarqand' mahalla fuqarolar yigʻini raislarining har biriga 10 million soʻm miqdoridagi vaucherlar taqdim etildi. Fayzli dasturxon'atrofida jamlangan mahalla ahli qoʻshaloq xursandchilikni unutilmas shodiyona sifatida nishonladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
92
0
xs.uz

Eron va Isroil rasmiylari bayonot berishdi

'Sionistik rejim (Isroil) oʻz jinoyati oqibatlaridan omon qolmaydi. Eron xalqi bizning javobimiz toʻliq boʻlishiga amin boʻlishi kerak', ' degan Xomanaiy.Shuningdek, Isroil Mudofaa vaziri Israel Katz ham bayonot berib, 'Eron qizil chiziqni kesib oʻtdi' deya taʼkidladi.'Eron Isroildagi tinch aholi punktlariga raketa zarbalarini berishga jurʼat etganda qizil chiziqlarni kesib oʻtdi. Biz Isroil fuqarolarini himoya qilishda davom etamiz va Oyatulloh rejimi oʻzining jinoiy harakatlari uchun

17 May 21:46
 
38
0
xs.uz

Oyoq ostidagi neʼmat

Har yili may oyida yurtimizda tut gʻarq pishadi. Qora, qizil, oq rang-barang va marvariddek tutlarki, biri-biridan totli, biri-biridan serhosil. Taʼbir joiz boʻlsa, tutni oddiy daraxt emas, xalq daraxti deyish mumkin. Negaki, soyasi ham, mevasi-yu bargi, ogʻochi-yu shohi ham insonga foyda keltiradi. U tez oʻsadi, har qanday tuproqqa moslashadi. Shu sababdan hamma joyga, koʻp hollarda dala va koʻcha chetlariga ekiladi.Maʼlumotlarga koʻra, bir tup tut daraxti yiliga oʻrtacha 30 ' 50 kg m

17 May 21:46
 
61
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, qardosh Qozogʻiston xalqining farovonligi va ravnaqi yoʻlidagi masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash

13 May 14:37
 
150
0
xs.uz

Voyaga yetmaganlarga bank kartalari ochish boʻyicha talablar belgilanmoqda

Shavkat Mirziyoyevning 'Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi 153-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qaror bilan, Oʻzbekistonda voyaga yetmagan shaxslar nomiga bank kartalarini ochish va ularning moliyaviy amaliyotlarini nazorat qilish masalalari boʻyicha yangi tartib-taomillar joriy etilmoqda. Hukumat qaroriga muvofiq, endilikda voyaga