calendar 24 Mar 13:25
eye 92
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Oʻrik gullaganda” festivali tabiat qoʻynidagi maroqli sayr sifatida nishonlandi

image
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan Oltiariq tumanidan soʻng Rishton va Oʻzbekiston tumanida ham 'Oʻrik gullaganda' deb nomlangan yoshlar ijodiyoti festivali boʻlib oʻtdi.

Rishton tumani 'Qalaynav' mahallasidagi bogʻlarda oʻtkazilgan tadbirda viloyatning shahar-tumanlaridan tashqari, Hindiston, Pokiston va Erondan kelgan sayyohlar ham ishtirok etdi. Festival doirasida milliy oʻyinlar, folklor jamoalari chiqishlari, sanʼatkor va hunarmandlar asarlari namoyish qilindi. Sport musobaqalari, kitoblar koʻrgazmasi hamda modalar namoyishi uyushtirildi. Sanʼatkorlarning chiqishlari barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.



Oʻzbekiston tumanidagi Oʻqchi qishlogʻi ham mevazor bogʻlari bilan mashhur. Oppoq gulga burkangan ana shu bogʻlarda ikkinchi bor oʻtkazilayotgan 'Oʻrik gullaganda' festivali umumxalq sayli sifatida nishonlandi. Qiygʻos gullagan oʻrik daraxtlari ostida milliy oʻyinlar, oʻzbekona urf-odat va qadriyatlar namoyishi, ijodkorlar chiqishlari koʻngillarga koʻklam tarovatini olib kirdi. Varraklar uchirish, rassom va hunarmandlar asarlari, doshqozondagi sumalak, bahoriy taomlar kattayu kichikka juda manzur boʻldi.

' Aslida bahor bayramlar fasli, ' deydi Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Sherzod Polvonov. ' Tabiat qoʻynida oʻtkaziladigan bunday sayillar esa ekologik tarbiya, sogʻlom turmush tarzi targʻiboti, ijodkorlar uchun ilhom manbai boʻlib qolishi bilan ham ahamiyatlidir.



Ezgu tashabbusga koʻra, yaqin istiqbolda viloyatimizning barcha hududlarida har yilning koʻklamida ushbu festivalni anʼanaviy ravishda oʻtkazish maqsad qilingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:44
 
36
0
xs.uz

Fargʻonada fermer xoʻjaligi 1,8 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalandi

Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida fermer xoʻjaligi tomonidan 1,8 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'HET' AJ Energosavdo filiali xodimlari tomonidan Yozyovon tumanida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazilgan. Unda 'A.A.F' fermer xoʻjaligi tomonidan ikkilamchi (kommutatsion) kuchlanish zanjirlarini qasddan uzib qoʻyib, hisoblagichdan tashqari elektr tarmogʻidan foydalanib kelinga

04 Jun 02:44
 
33
0
xs.uz

Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida 6 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, voqea bugun, 3-iyun kuni soat 16:30 larda Shahrixon tumani 'Begbachcha' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlining 415 kilometrida sodir boʻlgan.Aniqlik kiritilishicha, 42 yoshli Q.S. 'Toshkent-Andijon' yoʻnalishi boʻyicha 'Hyundai' rusumli yuk mashinasini boshqarib ketayotib, rulda chalgʻib qolgan

04 Jun 02:44
 
114
0
xs.uz

“Insonparvarlik yordami bilan sogʻligimni tikladim”

Farhod ESONOV'Xalq soʻzi'. Yangi Oʻzbekistonda kambagʻallikni qisqartirish va kuchli ijtimoiy himoyaning mukammal tizimini yaratish ijtimoiy siyosatning asosiy yoʻnalishiga aylangan. Bu yoʻlda har bir insonning farovonligi, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi va kelajakka ishonch bilan qarashi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.Bu jarayonda 'Inson qadri uchun', 'Xalq davlatga emas, davlat xalqqa xizmat qiladi' kabi xalqchil tamoyillarga asoslangan islohotlar, 'Temir daftar', 'Ayollar da

04 Jun 02:44
 
123
0
xs.uz

Bundan 58 yil muqaddam qurilgan oʻyingoh zamonaviy qiyofa kasb etdi

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Kogon shahridagi 'Lokomotiv' oʻyingohi 1967-yilda barpo etilgan. Vaqt oʻtishi bilan u zamonaviy talablarga javob bermay qoʻydi. Taʼmirtalab holga tushdi. Vaholanki, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi, sportning u yoki bu turi bilan professional darajada shugʻullanish uchun bu inshoot juda kerak.Ana shuni hisobga olgan Buxoro viloyati hokimligi bu yerdagi eski binolarni demontaj qilish va ular oʻrniga yangi, zamonaviy qulayliklarga ega inshoot