Jorj Formanning sportdagi yoʻli buyuk muvaffaqiyatlarga boy. U 1968-yil Mexikoda oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida chempionlikni qoʻlga kiritgan. 1973-yilda esa superogʻir vazn toifasida professional boks boʻyicha jahon chempioniga aylangan. U oʻsha yillarda yana bir afsona Jo Freyzerni ikkinchi raundda nokautga uchratgan. 1974-yilda esa tarixga 'Rumble in the Jungle' nomi bilan kirgan jangida Muhammad Ali bilan toʻqnash kelib, magʻlubiyatga uchragan va boksdan vaqtincha ketgan.
Shunga qaramay, Forman oʻzida kuch topib, 1987-yilda ' 38 yoshida ' professional boksga qaytadi. 1994-yilda esa 45 yoshida Maykl Murerni magʻlubiyatga uchratib, tarixdagi eng keksa ogʻir vazn chempioni sifatida rekord oʻrnatadi. Bu rekord hanuzgacha yangilanmagan. U 1997-yilda 76 ta gʻalaba (68 ta nokaut), 5 magʻlubiyat bilan professional faoliyatini yakunlagan.
Boksdan keyingi hayotida ham Forman muvaffaqiyatga erishdi. U 'George Foreman Grill' brendini asos soldi va tadbirkor sifatida katta obroʻga ega boʻldi. U besh marta uylangan, 12 nafar farzandning (5 oʻgʻil, 7 qiz) otasi boʻlgan. Jorj Forman nafaqat sportda, balki hayotida ham iroda va sabr-matonat namunasi boʻlib qoldi. Uning xotirasi millionlab muxlislar qalbida saqlanadi.
Mbappe bir masalada “Real Madrid” tarixidagi eng zoʻri boʻldi
Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe 'El-Klasiko'da 'Barselona' darvozasiga kiritgan xet-trigi bilan 'Real Madrid' tarixiga kirdi. U joriy mavsumda 'Real' safida debyut qilgan futbolchilar orasida eng koʻp gol urgan oʻyinchiga aylandi ' 53 oʻyinda 39 ta gol. Bu natija bilan u 32-yil avval oʻrnatilgan Ivan Zamoranoning 37 gollik rekordini yangiladi.Katalonlarga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyinda Mbappe 'Real'ning yagona toʻpurariga aylandi. U avval penaltidan gol urdi, soʻngra raqibning yuqori c
Xokkeychilarimiz debyut o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi
Quvonarlisi, ilk bor dunyo birinchiliklarida maydonga chiqqan yigitlarimiz Kuvaytni yirik 13:3 hisobida mag'lub etishdi.
Konkur bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi
Bellashuvlar yakuniga ko'ra, Bahromjon Gaziyev, Xurshid Alimjonov, Alisher Erkinov, Bekzod Qurbonov, Nurjan Tuyakbayev, Ashrafxon Ne'matov turli yo'nalishlarda chempionlikni qo'lga kiritishdi.Ahamiyatlisi, taqdirlash marosimida Italiya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi ishtirok etib, mamlakatlarning mazkur sport turidagi hamkorligi yangi darajaga ko'tarilayotganini ta'kidladi.
Los-Anjeles — 2028: Suzish bahslarida rekord darajadagi medallar o‘ynaladi
Erkin usulda suzish: 50, 100, 200, 400, 800, 1500 metr;Chalqancha: 50, 100 va 200 metr;Brass: 50, 100 va 200 metr;Batterflyay: 50, 100 va 200 metr;Kompleks: 200 va 400 (yakkalik);Estafetalar: 4x100, 4x200 metr (ikkalasi ham erkin) va 4x100 miks (kompleks);Marafon: 10 km.* Aralash estafetadan tashqari barcha dasturlar ham erkaklar, ham ayollar o'rtasida hisoblanadi;** Qoraytirilgan masofalar Olimpiya dasturiga yangi kiritilgan.