Samarqandda “Womenʼs Chess Championship” uchinchi xalqaro turniri yakunlandi

Musobaqada polshalik Alisya Slivichka 7,5 ochko toʻplab 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Sovrinli oʻrinlar 7 ochkoli Anna Shuxman, 6,5 ochkoli Polina Shuvalovaga nasib etdi.
Hamyurtimiz Umida Omonova 5-pogʻonadan joy oldi. Terma jamoamiz aʼzolaridan Guldona Karimova va Afroʻza Hamdamova 5,5 ochko bilan 11-12-oʻrinlarni, Nilufar Yoqubboyeva 5,5 ochko bilan 16-oʻrinni band etdi.
Xalqaro turnirning 'B' guruhida 80 nafar xotin-qiz dona soʻrgan boʻlsa, ular orasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolaridan Maftuna Mamatqulova 8 ochko bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Robiyaxon Sardorova 7,5 ochko bilan 2-oʻrinni, 7 ochkoli Shahina Ahmedova 3-oʻrinni egalladi.
Shuningdek, 6,5 ochko jamgʻargan iqtidorli shaxmatchi-qizlarimizdan Malika Jumayeva, Aziza Tursunova, Gulxumor Najmitdinova, Mohinur Hikmatxonova kuchli oʻnlikni band etishdi.
Iliya Topuriya yengil vazn toifasida UFC chempioni boʻldi
Musobaqaning markaziy jangida ikki sobiq chempion ' gruziyalik Iliya Topuriya hamda Braziliya vakili Charlz Oliveyra yengil vazn toifasi chempionlik kamari uchun oktagonga koʻtarildi.Rossiya vakili Islom Maxachev vakant qilib qoldirgan titul uchun kechgan jang 5 raundga moʻljallangan edi, biroq Topuriya Oliveyrani ilk raunddayoq nokaut orqali taslim qildi. U shu tariqa yengil vazn toifasida yangi chempionga aylandi.
Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda 26 ming AQSH dollar ishlab oldi
Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan klassik shaxmat boʻyicha nufuzli 'Superbet Chess Classic Romania 2025' xalqaro turniri yakunlandi. Aytish kerakki, 'Grand Chess Tour' tasnifiga kiruvchi mazkur musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 350 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Turnirda dunyoning kuchli grossmeysterlari qatorida yurtimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov ham himoya qildi.Hamyurtimiz soʻnggi ' toʻqqizinchi turda amerikalik Uesli Soga qarshi oq donalarda harakat qildi va d
“Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda
Xususan, 5-may kuni talaba-yigitlar o'rtasida badminton sport turi bo'yicha universitet birinchiligi o'tkazildi. Musobaqada 50 dan ortiq sportchilar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Mazkur bellashuvlar kelajakda nufuzli sport musobaqalari uchun sportchilar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.6-may kuni esa talaba-qizlar o'rtasida basketbol sport turi bo'yicha universitet birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda 60 dan ziyod sportchilar ishtirok etib, yuqori sport mahorat
Nodirbek Abdusattorov yana bir yirik turnirda ishtirokini boshladi
Bugundan Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida nufuzli 'Sharjah Masters 2025' shaxmat turniri oʻz boshlandi. Turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda.Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻz yakuniga yetgan 'Superbet Chess Classic' turnirining soʻnggi turida qatnashgan grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov dam olishga ulgurmasdan, bugun yangi musobaqaning ilk turida donalar surishni boshlaydi.U turnirda birinchi raqam ostida ta