calendar 22 Mar 08:54
eye 76
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev mahalladagi bayram saylida qatnashdi

image
Yurtimizning barcha joylarida Navro'z ayyomi ko'tarinki ruhda kutib olinmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Bektemir tumani Rohat mahallasiga tashrif buyurib, bayram saylida qatnashdi.

Xizmat ko'rsatish va savdoga ixtisoslashgan mahallada 4 ming nafar aholi yashaydi. Bandlikni ta'minlash bo'yicha yangi tizimga muvofiq, banklar ishtirokida mahallaning ichki imkoniyatlari yuzaga chiqarilmoqda.''O'tgan yili yuzga yaqin aholi ishga joylashtirilgan, 256 nafari o'zini o'zi band qilgan, 13'nafari tadbirkorlik faoliyatini boshlagan. Ikkita ishlab chiqarish korxonasi, o'nlab savdo va maishiy xizmat shoxobchalari odamlarga qulaylik yaratmoqda.

Prezidentimiz ushbu korxonalarni ko'zdan kechirdi.

Mahallada ko'chalar obod, xonadonlar saranjom-sarishta. Ta'lim va tibbiyot muassasalari, sport maydonchalari, o'quv markazi, amfiteatr, hunarmandlar va axborot-kutubxona markazlari faoliyat yuritmoqda. Hozir, ayniqsa, nuroniylar maskani gavjum.

Davlatimiz rahbari ushbu maskanda tashkil etilgan sumalak saylida qatnashdi, mahalla faollari, nuroniylar bilan samimiy suhbatlashdi. Muloqotda joriy yilgi rejalar, jumladan, tinchlik-osoyishtalikni saqlash, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, yangi ish o'rinlari yaratish haqida so'z yuritildi.

Mahallangizdagi obodlikni, odamlarning kayfiyatini ko'rib, mamnun bo'ldim. Vaqti bilan barcha tumanlardagi imkoniyatlarni oshiramiz. Buning uchun eng asosiysi ' tinchlik-ahillik kerak. Ilgari chegaralarimizda vaziyat qanday edi? Vazminlik bilan, siyosiy iroda bilan hamma masalalarga yechim topayapmiz. Barcha ishlarni quyi tizimda tashkil qilganimiz uchun 10 mingga yaqin mahallaning holati yaqqol namoyon. 'Mahalla yettiligi' orqali xonadonga yetib borilayapti. Odamlarning daromadini oshirish, kambag'allikni qisqartirish, yoshlar siyosatida hali ishlarimiz ko'p. Shuning uchun ta'limga, o'g'il-qizlarni o'qitishga katta e'tibor berishimiz kerak. Yoshlari bilimli va ma'naviyatli 'jamiyat, albatta, farovonlikka erishadi,''' dedi Shavkat Mirziyoyev.

Rohat mahallasida umumta'lim maktabi, bolalar musiqa va san'at maktabi, 'Barkamol avlod' markazi, akademik litsey faoliyat yuritmoqda. Yaqinda yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti qurib bitkazildi. Bular ham yoshlar ma'rifatini oshirishga xizmat qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
5
0
xs.uz

Samarqanddagi koʻchalardan biriga Rim shahri nomi berildi

Oliy darajadagi O'zbekiston-Italiya muzokaralari yakunida xalqaro Kongress-markazida Samarqand shahridagi ko'chaga Rim shahri nomini berishga bag'ishlangan tantanali marosim o'tkazildi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu qaror chuqur tarixiy va madaniy aloqalar, strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi yuksak darajasini inobatga olgan holda, shuningdek, O'zbekiston va Italiya xalqlari o'rtasidagi do'stlik va o'zaro hurmat ramzi sifatida qabul qilinganini ta'kidladi.

01 Jun 03:47
 
18
0
xs.uz

Buxoroda 20 va 16 nafardan bolalarni tashigan “Damas” haydovchilariga chora koʻrildi

Maʼlum qilinishicha, Jondor tumanida YPX xodimlari tomonidan 'Damas' rusumli avtomobil toʻxtatilib tekshirilganda, transport vositasida jami 20 nafar, boshqa bir holatda esa 16 nafar voyaga yetmagan bolalar va fuqarolarni olib ketilayotgani aniqlangan.'Qilgan ishimdan pushaymonman. Bolalarning xavfsizligi hamma narsadan muhimroq', deydi haydovchilardan biri.Yuqoridagi har ikkala holatda ham haydovchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari qoʻllanilgan.Shuningdek, bu holatlarga

15 Apr 07:05
 
53
0
xs.uz

Mahkumlar koʻnglida ham yaratuvchanlik yashaydi

Temur ESHBOYEV/'Xalq soʻzi'. Ozodlikdan mahrum etish mahkum uchun jazo ' ayni chogʻda jamiyatning maʼlum muddatda uni tarbiyalash hamda toʻgʻri yoʻlga qaytarishdek ustuvor maqsadi yoʻlidagi vosita. Shu nuqtayi nazardan soʻnggi yillarda mahkumlarning tikanli sim ortidagi hayoti mazmunan boyitilib, barcha tadbirlar gʻoyaga qarshi gʻoya, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish tamoyillariga asoslanmoqda. Jazoni liberallashtirish hamda uni oʻtashning shaffoflashtirilishi ham shu kabi m

31 May 08:49
 
4
0
xs.uz

Oʻzbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida qanday fikrlarni ilgari surdi?

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitidagi nutqiHurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Sammitni yuksak darajada tashkil etgani va an'anaviy mehmondo'stlik uchun Qozog'iston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich Toqayev sha'niga aytilgan minnatdorlik so'zlariga qo'shilaman.Italiya Vazirlar Kengashi Raisi, hurmatli Jorjia Meloni xonimga bugungi uchrashuvni tashkil etish haqidagi tashabbusi uchun yana bir bor tashakkur izhor eta