Qarorga muvofiq, 2025-yilda 2 million nafarga yaqin xotin-qizning bandligini taʼminlash, 250 ming nafarini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, yana 250 ming nafar ayolni oliy taʼlim bilan qamrab olish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 50 ming ehtiyojmand xotin-qiz sanatoriylarda sogʻlomlashtirish dasturlariga jalb qilinib, ular uchun tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha maxsus motivatsion seminarlar tashkil etiladi.
2025-yil 1-maydan boshlab 'HAMROH' dasturi doirasida ayol tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yangi moliyaviy yordam mexanizmlari joriy qilinadi. Xususan, 'Yashil loyihalar' va IT sohasidagi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash hamda kamida 5 nafar ayolning tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishiga koʻmaklashgan ming nafar 'ustoz' tadbirkorga 50 million soʻmgacha grant ajratiladi.
Bundan tashqari, ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan ayollar uchun 100 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bu esa moliyaviy imkoniyatlari cheklangan, ammo biznes bilan shugʻullanish istagida boʻlgan xotin-qizlarga katta yordam boʻlishi kutilmoqda.
Shuningdek, tadbirkor ayollar tomonidan kredit mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar 'Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi' aksiyadorlik jamiyati tomonidan kafillik taqdim etilishi ham rejalashtirilgan.
FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi
Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi.'Janobi Oliylari,Hurmatli Prezident!Kecha Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi boʻlib JCH-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz
Prezident Makkada boʻlib turgan muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonlashdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-may kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi.Hozirgi muborak kunlarda aziz yurtdoshlarimiz Haj ziyorati uchun Makkai mukarramada bo'lib turishibdi. Davlatimiz rahbari ular uchun yaratilgan sharoitlar, nuroniylarning salomatligi va kayfiyati haqida so'radi.Muftiy hazratlari Haj amallarini sidqidildan, mukammal ado etish uchun barcha tashkiliy choralar ko'rilganini ta'kidladi.Ayni paytda 15 ming
1-iyul kuni uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi
'Oʻzgidromet' 1-iyul kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 36-38 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi'va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bila
Unutmang: mustaqillik – bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki har bir yoshga oʻz taqdirini oʻzi belgilash imkonini beradigan buyuk neʼmat – Shavkat Mirziyoyev
Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvida yoshlarni kitob oʻqishga qiziqishini oshirishda tanlovlar muhim rol oʻynayotgani qayd etildi.Birgina misol, Xorazmiy maktabining 8-sinf oʻquvchisi Dilbar Haydarova 'Yosh kitobxon' tanlovida gʻolib boʻlib, ota-onasiga Prezident sovrini ' avtomobil sovgʻa qildi.'Dilbarxon qizim, sen oʻz misolingda inson chin dildan harakat qilsa, koʻp narsaga erisha olishini isbotlading, bu yoʻlda koʻpchilik uchun namuna boʻlding. Buning uchun katta rahmat senga!