Xorazmda bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi ochildi

' Davlatimiz rahbari oʻtgan yilning 29-fevral ' 1-mart kunlari viloyatimizga tashrifi chogʻida 'Bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi' faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq bergan edi, ' deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi Sherzod Berdiyev. ' Mazkur topshiriq ijrosi boʻyicha inklyuziv markaz tashkil qilish uchun qulay lokatsiyada joylashgan ushbu binoni tanlab oldik va 2,6 mlrd soʻm mablagʻ evaziga bino qayta rekonstruksiya qilinib, toʻliq jihozlandi. Bino jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarning erkin harakatlanishi uchun moslashtirildi, zamonaviy moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlandi. Endilikda ushbu markazda Urganch shahri va Urganch tumanidan nogironligi boʻlgan 300 nafarga yaqin oʻgʻil-qizlar 12 turdagi toʻgarak va xizmatlar bilan qamrab olinadi, mutaxassislar ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, iqtidorlarini yuzaga chiqarishga koʻmaklashadi. Markazda IT, ingliz tili, rassomchilik kabi toʻgaraklar hamda psixologik va defektologiya xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi.
Inklyuziv markazning ochilish tadbirida viloyat hokimi Joʻrabek Rahimov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi masʼullari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
“Barcha rahbarlarni qatʼiy ogohlantiraman”: Shavkat Mirziyoyev sudlar faoliyatiga har qanday aralashish qattiq javobgarlikka olib kelishini bildirdi
Davlatimiz rahbari sud tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olish, odil sudlov sifati va samaradorligini oshirish doimo diqqat markazida boʻlishi zarurligini taʼkidladi.Soʻnggi yillarda sudlar mustaqilligini taʼminlash boʻyicha katta islohotlar amalga oshirildi. Lekin sudyalarni majlisga chaqirish, ularga vakolatiga kirmaydigan vazifalarni yuklash holatlari ham uchrab turgani qayd etildi.Shuningdek, ayrim idoralar tomonidan sudga taʼsir oʻtkazishga urinishlar hali-hanuz davom eta
Oʻzbekistonlik harbiylar AQSH Milliy gvardiyasining maxsus boʻlinmalari harbiy xizmatchilarini magʻlub etib, nufuzli musobaqa gʻolibi boʻlishdi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari kichik serjant Abdullayev Alishox va III-darajali serjant Jovkashev Shoxrux joriy yilning 17'20-mart kunlari AQSHning Missisipi shtatidagi 'Camp Shelby' harbiy-oʻquv bazasida oʻtkazilgan 'Eng ilgʻor jangchi'2025' musobaqasida munosib ishtirok etishdi.Xalqaro harbiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va maxsus boʻlinmalarda xizmat qilish nufuzini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur nufuzli musobaqada oʻzbekistonlik harbi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqib, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlari kuchaytirilishini maʼlum qildi. Unda har bir mahalla va xonadonga tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlash va ularga qarshi profilaktik ishlarni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.Murojaatda jinoyatga moyil shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuvlar oʻtkazish va 'fuqarobay' ish tizimini joriy etish rejalashtir
“Obod xonadon” sohibiga quyosh batareyalari oʻrnatib beriladi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Oltiariqning olis hududlari sirasiga kiruvchi 'Azimobod' mahallasi keyingi yillarda tumanning eng obod va fayzli goʻshasiga aylanib bormoqda. Birgina oʻtgan yilning oʻzida mahalladagi ichki yoʻllar toʻliq asfaltlashtirildi, ichimlik va oqava suv tarmoqlari yangilandi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi zamonaviy mezonlar asosida taʼmirdan chiqarilib, oʻnlab yangi xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalari bunyod etildi. Ayni paytda mahalliy byudjet mablag