calendar 20 Mar 12:50
eye 41
comments 0
comments Manba: postda.uz

BO‘RI QUTURSA, O‘Z QAVMIGA CHOPAR

image

Sharof Rashidov tumanining Bobur Mirzo nomli mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Sh.A. pul uchun har qanday qabihlikdan toymaydiganlar toifasidan. Jumladan, ora-sira Turkiya va Rossiyaga «tirikchilik» vaji bilan chiqib turadigan ushbu shaxs Moskvada bir muddat ijtimoiy tarmoq orqali narkotik va psixotrop moddalar savdosi hamda ushbu vositalarni «mijoz»larga yetkazish bilan shug‘ullandi.

Bu ham yetmaganidek, u odamfurushlik ortidan pul topmoq tashvishiga tushib qoldi. Chunonchi, o‘zining doimiy yashash manziliga qaytgach, fohishalik bilan shug‘ullanish uchun odam yollay boshladi. Bu haqida xabar topgan viloyat IIB TQX JQB UJQKB odam savdosiga qarshi kurashish bo‘linmasi xodimlari fuqaroni kuzatuvga olishdi.

Mazkur jarayonda u Jizzax shahrining «Kimyogar» mahallasida vaqtinchalik ro‘yxatda turib, yashovchi S.J. hamda G‘allaorol tumanining «Baxt» mahallasida istiqomat qiluvchi S.P.ni oyiga 2–3 ming AQSH dollaridan pul topishlariga ishontirib, Rossiya Federatsiyasida fohishalik qilishga ko‘ndirganligi aniqlandi. 

Natijada gumon qilinuvchi ikki nafar ayolni aeroportga olib ketayotganida qo‘lga olindi. Shundan so‘ng Sh.A.ning uyali aloqa vositasi ko‘zdan kechirilganida jinsiy qullik uchun olib ketilayotganlarning fotosuratlari topildi. Tergovga qadar surishtiruv davomida gumon qilinuvchi qizlarning suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylamoq niyatida olganligini bildirdi.

Joriy yilning o‘tgan davrida bo‘linma ayni mazmundagi uchta jinoyatni fosh etdi. Bundan tashqari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, o‘quv muassasalari, shuningdek, temiryo‘l bekatlarida odam savdosiga qarshi 50 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Mazkur jarayonda fuqarolar xorijiy davlatlar qonunchiligi, yuzaga kelish mumkin bo‘lgan xatarlar hamda ko‘mak olish mumkin bo‘lgan tashkilotlarga oid tarqatmalar bilan ta’minlanyapti.  

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda profilaktik chiqishlar qilinmoqda. Qolaversa, chet elda uzoq muddat bo‘lgan shaxslar bilan muloqotlar o‘tkazilmoqda. 

Sodiq QO‘CHQOROV,

mayor.

Jizzax viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
124
0
xs.uz

Turkmanistonliklarning mamlakatimizga tashrif buyurishi 2,5 barobarga oʻsdi

2025-yilning yanvar-mart oylarida Turkmanistondan Oʻzbekistonga sayohat qilgan fuqarolar soni keskin oshgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi berdi.Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu uch oylik davrda 77,9 ming nafar turkmanistonlik turist Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich 2024-yilning shu davri bilan solishtirilganda 46,9 ming nafarga koʻp boʻlib, 2,5 barobar oʻsish qayd etilgan.Tashrif buyurganlarning aksariyati ' 54 ming 215 nafari sayyohlik maqsadida kelgan boʻlsa

13 May 14:38
 
39
0
xs.uz

Oʻzbekiston dunyoga deyarli 20 million AQSH dollarlik karam sotdi

2025-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston tomonidan xorijga 55,4 ming tonna karam mahsuloti eksport qilingani maʼlum qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Qayd etilishicha, eksport qilingan karamning umumiy qiymati 19,6 million AQSH dollarini tashkil etgan.Oʻzbekiston ushbu davr mobaynida asosan qoʻshni davlatlar va Yevropa bozorlariga karam yetkazib bergan. Xususan, Rossiya Federatsiyasiga 34,6 ming tonna karam yuborilgan boʻlib, bu mamlakat ushbu mahsulotni e

13 May 14:39
 
127
0
xs.uz

Bugun Xiva shahrida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali start oladi

Oʻzbek milliy baxshichilik va dostonchilik sanʼatining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targʻib qilish, yosh avlod qalbida ushbu sanʼat turiga hurmat va eʼtibor tuygʻularini kuchaytirish, turli xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-maʼnaviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kengaytirish maqsadida, 2019-yildan buyon 'Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali' oʻtkazilib kelinmoqda.Mazkur f

31 May 08:51
 
102
0
xs.uz

Zamonaviy tibbiyot, koʻplab yangi ish oʻrinlari hamda barqaror daromad – Yangi Andijonning muhim manzillaridan fotoreportaj

Xabaringiz bor, 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi Andijon viloyatida xizmat safarida edi. Mazkur safarimizning soʻnggi kunida Andijon shahri hududida joylashgan 8-sonli poliklinika hamda yaqindagina ish faoliyatini boshlagan 'WBM Fabrics' korxonasi faoliyati bilan tanishdik.Har ikkala maskan bugungi kunda oʻz yoʻnalishida katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etayotgani bilan ajralib turadi.Dastlabki manzilimiz Andijon shahri hududida joylashgan 8-sonli poliklin