calendar 06 Mar 16:13
eye 64
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sport tarixida matonatli ayollar timsoli

image
Toshkent fotosuratlar uyida 8-mart ' Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 'Sport tarixida matonatli ayol timsoli' nomli respublika fotokoʻrgazmasi ish boshladi. Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu koʻrgazmada sport tarixida ayollarning oʻrnini aks ettiruvchi 100 dan ziyod fotosuratlar namoyish etilmoqda.

Fotokoʻrgazmada 1930-yillardan to bugungi kungacha ayol sportchilarning musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari, spartakiada va olimpiada tadbirlaridagi faol ishtiroki aks etgan. Ayniqsa, ilk bora namoyish etilgan 20 dan ortiq fotosuratlar tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uygʻotmoqda.



Koʻrgazmaning ochilish marosimida sportda yuksak yutuqlarga erishgan ayollar, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida 'NURSAMUS' kimono kompaniyasi hamkorligida sport kiyimlari namoyishi ham oʻtkazildi.

Fotokoʻrgazma 10-martga qadar davom etadi va barcha sportga qiziquvchi hamyurtlarimizni tashrif buyurishga chorlaydi.











































































Foto: Akmal Muhammadov / 'Xalq so'zi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
150
0
xs.uz

“Real Madrid” Argentinaning “Yangi Marodona”si bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda

Ispaniyaning 'Real Madrid' klubi navbatdagi transferini amalga oshirgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu safar madridliklar eʼtiborini Argentinaning 'River Pleyt' jamoasida toʻp surayotgan yosh isteʼdod ' Franko Mastantuonoga qaratdi. 'Qaymoqranglilar' rahbariyati 17 yoshli futbolchining shartnomasida koʻrsatilgan tovon puli ' 45 million yevroni toʻlashga rozi boʻldi va futbolchining oʻzi ham bu transferga rozilik bildirdi.'TyC Sports' nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, tomonlar oʻrtas

31 May 08:50
 
113
0
xs.uz

Farg‘ona voleybol bo‘yicha html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMillatlar ligasihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end musobaqasiga mezbonlik qiladi

Bugun Farg'ona xalqaro aeroportida ushbu nufuzli musobaqaning ilk mehmonlari ' Eron va Qozog'iston terma jamoalari tantanali tarzda kutib olindi.Ularni viloyat hokimi o'rinbosari Sh.Polvonov, sport boshqarmasi boshlig'i N.Hakimov hamda keng jamoatchilik vakillari, sport ishqibozlari samimiy qarshi oldilar.

15 Jun 10:46
 
161
0
xs.uz

Oʻzbekiston termasi 12 turda 12 ta gʻalaba qayd etib, pley-offga yoʻl oldi

Buyuk Britaniyaning London shahrida rapid va blis yoʻnalishlari boʻyicha jamoaviy Jahon chempionati davom etmoqda. Dunyodagi 55 jamoa ishtirok etayotgan musobaqada kecha blis bahslari boshlandi. Kuchli tarkib bilan bellashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi saralash bosqichida 12 ta uchrashuvning barchasida gʻalaba qozonib, 24 ochko bilan 'C' guruhi gʻolibiga aylandi.Bu bosqichda faqatgina 'WR Chess Team' jamoasi ham 100 foizlik natijani qayd etishga muvaffaq boʻldi. Har bir guruhdan eng yax

13 May 14:39
 
124
0
xs.uz

Holand “Real Madrid”ga “yoʻq” dedi

'Manchester Siti' klubi hujumchisi Erling Holand kelajagini Ispaniyada davom ettirishni rejalashtirayotgani haqida yangi xabarlar paydo boʻldi. 'Tribuna.com' nashri maʼlumotiga koʻra, norvegiyalik futbolchi La Liganing ikki yirik klubi ' 'Real Madrid' va 'Barselona'dan birini tanlash borasida qaror qabul qilgan.Manbaga koʻra, Holand 'Real' klubining taklifini rad etgan va buning asosiy sababi moliyaviy emas, balki sport nuqtayi nazaridan boʻlgan.Futbolchining fikricha, 'Real Madrid' safida