calendar 06 Mar 16:12
eye 105
comments 0
comments Manba: xs.uz

Zelenskiy keyingi hafta Tramp bilan uchrashishni reja qilmoqda, biroq endi yolgʻiz bormoqchi emas

image


Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hamda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy kelasi haftada Tramp bilan uchrashish uchun AQShga borishni reja qilishmoqda. Bu haqida 'The Kiyiv Independent' nashri maʼlumot berdi.

Nashrning xabar berishicha, ushbu tashrifning asosiy maqsadi 'umumiy front' sifatida harakat qilish hamda Ukrainadagi urushni tugatish boʻyicha qoʻshma rejani taqdim etishdan iborat hisoblanadi.

Maʼlumotlarga koʻra, Starmer hamda Makron Yevropaning mudofaa qobiliyatini oshirish va Ukrainaga yordam koʻrsatishda yetakchi hukumatlar sifatida shakllanib ulgurgan.

Ikki hukumat ham Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi harbiy mojaroda oʻt ochishni toʻxtatish rejimini joriy qilish uchun mamlakatga minglab tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish rejasini ishlab chiqishgan.

'Ukraina hukumati havoda va dengizda qisman sulh tuzishga rozi, ammo butun front boʻylab oʻt ochishini toʻxtatish bitimiga hozircha tayyor emas','' deyiladi OAV xabarlarida.

Tramp esa Zelenskiyning qisman roziligi sulh shartlariga toʻgʻri kelmasligini aytmoqda. Kelgusi haftada rejalashtirilayotgan uch mamlakat rahbari hamda Tramp oʻrtasidagi muhokamalarda yangi rejalar hamda takliflar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Qoʻshma Shtatlar rahbari taqdim qilinadigan urushni toʻxtatish rejalari bilan tanishib, sulh shartlarini oʻzgartiradimi, yoki oʻzining toʻliq oʻt ochishni toʻxtatish shartida qoladimi, muzokaralardan soʻng ayon boʻladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:39
 
0
0
xs.uz

Hindistonda samolyot qulashi oqibatida yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolaridan hech kim tirik qolmagan — “CBS News”

Hindiston respublikasi Ahmadobod shahri hududida halokatga uchragan 'Air India' aviakompaniyasining 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti bortida boʻlgan 242 yoʻlovchining barchasi halok boʻlgan, deb xabar bermoqda 'CBS News' nashri.Aviahalokatga uchragan samolyot bugun, 12-iyun kuni Ahmadobod ' London yoʻnalishida parvozni amalga oshirayotgan boʻlgan. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, havo kemasi qulagan joydan olingan tasvirlarda havoni quyuq qora tutun qoplagani aks etgan. Halokatdan keyin

13 Jun 00:39
 
0
0
xs.uz

Afrikada kuchli qor yogʻdi. Sinoptiklar buni iqlim oʻzgarishi bilan izohlamoqda

Dunyoning aksariyat mintaqalarida jazirama issiq kuzatilayotgan shu kunlarda Janubiy Afrika Respublikasida kuchli qor yogʻdi.Tabiatning bu kutilmagan inʼomi koʻplab noqulayliklarni keltirib chiqardi. Jumladan, yoʻllar toʻsib qoʻyildi, yuz minglab odamlar elektr energiya taʼminotidan uzilib qoldi. Bundan tashqari, suv toshqinlari va boʻronli shamollar mamlakatning bir qancha viloyatlarini qamrab olgan. Eng yomon vaziyat Sharqiy Keyp va Kvazulu-Natalida kuzattilmoqda.Tabiiy ofat tufayli 50

31 May 08:50
 
27
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning

21 Apr 08:34
 
1079
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida soʻnggi 48 soat ichida 92 nafar falastinlik halok boʻldi

Isroilning soʻnggi 48 soat ichida Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 92 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Kecha, 18-aprel kuni Isroil harbiy kuchlarining Gʻazo hududlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 58 nafar falastinlik halok boʻlgan, oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilishi tufayli halok boʻlayotgan falastinliklar soni kundan kunga ortib bo