calendar 06 Mar 16:12
eye 53
comments 0
comments Manba: xs.uz

2024-yilda Oʻzbekiston birjasida qariyb 3 tonna oltin va kumush sotildi

image
Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi maʼlumotiga koʻra, 2024-yil davomida birja savdolari orqali 2 912,1 kilogramm oltin va kumush sotilgan. Bu haqida 'OʻzA' maʼlumot berdi.

Unga koʻra, 2024-yil davomida 2 535,1 kilogramm oltin birja orqali sotilgan boʻlib, uning 1 grammi uchun oʻrtacha narx 977,5 ming soʻmni tashkil qilgan. Kumush savdolari hajmi esa 377 kilogrammga teng boʻlib, 1 gramm uchun oʻrtacha narx 11 325,2 soʻmni tashkil etdi.

Shuningdek, joriy yilning birinchi oyida tadbirkorlar birja orqali 195,7 kilogramm oltin xarid qilgan. Yanvar oyida 1 gramm oltinning oʻrtacha narxi oʻtgan yilgi narxdan sezilarli darajada oshib, 1 million 122,2 ming soʻmga yetgan.

'Qimmatbaho metallarning boshlangʻich narxi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining birja bitimi tuzilgan sanadagi kursiga muvofiq, London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining soʻnggi tonggi fiksingi asosida belgilanadi', ' deyiladi xabarda.

Maʼlumot uchun, hozirda London bozorida oltinning 1 unsiyasi uchun belgilangan narx 2 931,9 AQSH dollarini tashkil etmoqda.

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda 'Olmaliq KMK' AJ va 'Navoiy KMK' AJ qimmatbaho metallarni sotuvchi kompaniyalar birja bozorida ishtirok etmoqda. Xaridorlar asosan sanoatda ishlatiladigan mahsulotlarni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan korxonalar va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari hisoblanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
53
0
postda.uz

IZLANUVCHAN INSPEKTOR

– Hududimizdagi mahalliy aholi asosan dehqonchilik, hunarmandchilik va tikuvchilik bilan shug‘ullanishadi. Yil boshidan buyon hali voyaga yetmagan 6 nafar maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashib, ularni ishga joylashtirdik. Maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etgan holda ular o‘rtasida jinoyatchilik­ning oldini olishga qaratilgan, – deydi leytenant Sh. Komiljonov. Sh. Komiljonov sportga ham alohida mehr qo‘ygan bo‘lib, qo‘l jangi bilan 6 yildan

20 Mar 12:50
 
36
0
postda.uz

XODIMNING VIJDONI nomaqbul taklifni qabul qilmadi

Izquvarlar jinoyatlarni fosh etishda biri ikkinchisiga zanjirdek bog‘langan holatlarni sinchiklab o‘rganishadi. Yoki surishtiruv jarayonida mutlaqo kutilmagan voqeliklar ham sodir bo‘lib turadi.Uchqo‘rg‘on tumani IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv bo‘linmasi tezkor vakili, kapitan Adhamjon Mashrabboyev 2023-yilda fosh etilmagan o‘g‘rilik jinoyatini ochish maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan chiqarilgan ajrimga asosan, gumonlanuvchinin

20 Mar 12:50
 
50
0
postda.uz

BAXT VA TOTUVLIK OSHYONI

– Turmush o‘rtog‘im bilan bir mahallada ulg‘ayganmiz, bir maktabda tahsil olganmiz, – deydi Mushtariybegim. – Keyin Namangan davlat universiteti qoshidagi akademik litseyni ham birin-ketin bitirdik. IIV Akademiyasiga o‘qishga kirganimda, Isomiddin aka 3-kursda o‘qirdi. Ochig‘i, uydan olisda bo‘lganingda, mahalladoshing, maktabdoshing ko‘zingga boshqacha ko‘rinib ketarkan. Oldinlari uncha gaplashmagan bo‘lsak-da, o‘qish payti hol-ahvol so‘rab, xabardor bo‘lib turar

20 Mar 12:50
 
34
0
postda.uz

NAVBAHORDA TARG‘IBOT TADBIRLARI

Navbahor tumanida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.Mutassaddilar tumanning “Mehnat” mahallasida issiqxona tashkil etilgan xonadonlarda bo‘lishdi. Jumladan, Navoiy viloyati IIB JXX HPB boshlig‘i, podpolkovnik F. Usmonov aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, bahorgi mavsumda daraxt ko‘chatlari va ozuqabop ekinlarni ekish, issiqxona xo‘jaligini tashkil etish bo‘yicha shart-sharoitlari bilan tanishd