– Hududimizdagi mahalliy aholi asosan dehqonchilik, hunarmandchilik va tikuvchilik bilan shug‘ullanishadi. Yil boshidan buyon hali voyaga yetmagan
6 nafar maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashib, ularni ishga joylashtirdik. Maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etgan holda ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan, – deydi leytenant Sh. Komiljonov.
Sh. Komiljonov sportga ham alohida mehr qo‘ygan bo‘lib, qo‘l jangi bilan 6 yildan buyon professional tarzda shug‘ullanib keladi. O‘tgan yili Andijon viloyatida o‘tkazilgan katta musobaqada faxrli birinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan. Profilaktika inspektorining oilasi ham namunali oilalar sirasiga kiradi. Otasi Qodirjon aka tadbirkorlik bilan shug‘ullansa, onasi
Malikaxon Abduvoitovaning kasbi shifokor. Oilada to‘rt o‘g‘ilning uchinchisi bo‘lgan Shohruxmirzoning katta akasi Boburmirzo Andijon viloyati IIB YHXXB safdor xodimi.
Doimiy izlanishda bo‘lgan leytenant hozirda doktorantura bosqichida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining mustaqil izlanuvchisi hamdir. Bundan tashqari, «Zakovat» bellashuvlari va ko‘pgina ko‘rik-tanlovlarda muntazam ravishda ishtirok etib keladi.
Abror POYONOV,
o‘z muxbirimiz.
Andijon viloyati.
Oʻzbekistonda 16 tuman jadal kompleks rivojlantiriladi
Unga koʻra, sanoat ishlab chiqarishi 7'8 foizga, xizmatlar hajmi 15'17 foizga, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi esa 4'5 foizga oshiriladi. Ishsizlik darajasi 4'5 foizga, kambagʻallik esa 5'6 foizga kamaytiriladi. Qoʻngʻirot, Asaka, Gʻallaorol, Denov tumanlari va Margʻilon shahri ishsizlik va kambagʻallikdan holi hududlarga aylantiriladi.Shu yilning 1-iyuliga qadar tumanlarning ishlab chiqilganiga 10-yildan oshgan bosh rejalarni 3 ta toifadagi (renovatsiya, rekonstruksiya va konservats
Dollar kursi pastlashda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'29,80 soʻmga'tushib,'12 880,35 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'125,30 soʻmga'pastlab,'14 535,47 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'3,10 soʻmga'tushdi va'156,68 soʻmni'tashkil qildi.
Dunyoning elektr skuter ishlab chiqaruvchi yetakchi “Yadea” kompaniyasi Toshkentda flagman doʻkonini ochdi
Jahonning mashhur ikki gʻildirakli transport vositalari ishlab chiqaruvchisi sanalgan 'Yadea' brendi endi Oʻzbekistonda ham faoliyat boshladi. Bu ayni brend uchun muhim qadam boʻlib, aholiga zamonaviy va ishonchli elektr skuter va elektron velosipedlarni taqdim etadi. 'Yadea' ushbu yoʻnalishda 8-yildan buyon ketma-ket dunyoda sotuvlar boʻyicha yuqori oʻrinlarni egallamoqda. Endilikda oʻzbek xaridorlari kompaniyaning innovatsion mahsulotlari bilan shaxsan tanishishi mumkin.Doʻkon Toshkent
Dollar kursi tushishda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,20'soʻmga'tushib,'12 915,00'soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'25,24'soʻmga'pastlab,'13'957,24'soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,97 soʻmga'oshdi va'153,55 soʻmni'tashkil qildi.