– Turmush o‘rtog‘im bilan bir mahallada ulg‘ayganmiz, bir maktabda tahsil olganmiz, – deydi Mushtariybegim. – Keyin Namangan davlat universiteti qoshidagi akademik litseyni ham birin-ketin bitirdik. IIV Akademiyasiga o‘qishga kirganimda, Isomiddin aka 3-kursda o‘qirdi. Ochig‘i, uydan olisda bo‘lganingda, mahalladoshing, maktabdoshing ko‘zingga boshqacha ko‘rinib ketarkan. Oldinlari uncha gaplashmagan bo‘lsak-da, o‘qish payti hol-ahvol so‘rab, xabardor bo‘lib turardilar. Qalbimdagi mehr qachon muhabbatga aylanganini sezmay ham qoldim, – deydi u. – Mana hozir baxtli oilalar safidamiz. Yaqindan ko‘mak berayotganlari uchun ham qiyinchiliklar uncha bilinmaydi.
Yosh bo‘lsa-da, soha yo‘nalishidagi bilimlarni puxta egallagan Mushtariybegim joriy yil boshidan buyon 13 ta jinoyat ishini tergov qilib, ko‘rib chiqish uchun sud muhokamasiga yubordi. Tergov qilingan materiallar mohiyatini firibgarlik, o‘g‘irlik, giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda saqlash, yo‘llarda harakat xavfsizligini buzish, kiber yo‘nalishi bo‘yicha plastik kartadan yashirin ravishda pul o‘marish kabi jinoyatlar tashkil etadi.
Isomiddin Rahimov xizmat olib borayotgan Uychi tumanidagi «Umid» mahallasi ham «yashil» toifada. Bu ko‘rsatkichga erishishning boisi, birinchi galda, uning mahallada osoyishtalikni saqlash, targ‘ibot ishlarini olib borishdagi jonkuyarligidan, deyish mumkin.
Yosh oilani qo‘llab-quvvatlash va jajji Muhammadaminning tarbiyasi bilan Isomiddinning onasi Hilola opa shug‘ullanadi.
– Oila baxt-saodati uchun ko‘p narsa kerak emas, oilaning har bir a’zosi bir-birini o‘zaro tushunsa va qo‘llab-quvvatlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Kelinim epchil, orasta, hurmatimni joyiga qo‘yadi. Ham ishni, ham oilani eplash oson emas, barchasini uddalashga harakat qilyapti, – deydi onaxon biz bilan suhbatda. – Farzandlarimiz baxtli yashashi uchun qo‘limdan kelgan yaxshilikni qilishga tayyorman.
Ha, bugun ichki ishlar organlari safida Isomiddin va Mushtariybegim kabi baxtli juftliklar safi ko‘payib bormoqda. Ularning jamiyat rivoji, tinchlik-osoyishtaligi yo‘lida olib borayotgan xizmatlari, ahillik va hamjihatlik bilan ham oilada, ham xizmatda bir-birlarini qo‘llab-quvvatlayotgani tahsinga loyiq.
Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,
o‘z muxbirimiz.
Namangan viloyati.
Oʻzbekistonda 16 tuman jadal kompleks rivojlantiriladi
Unga koʻra, sanoat ishlab chiqarishi 7'8 foizga, xizmatlar hajmi 15'17 foizga, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi esa 4'5 foizga oshiriladi. Ishsizlik darajasi 4'5 foizga, kambagʻallik esa 5'6 foizga kamaytiriladi. Qoʻngʻirot, Asaka, Gʻallaorol, Denov tumanlari va Margʻilon shahri ishsizlik va kambagʻallikdan holi hududlarga aylantiriladi.Shu yilning 1-iyuliga qadar tumanlarning ishlab chiqilganiga 10-yildan oshgan bosh rejalarni 3 ta toifadagi (renovatsiya, rekonstruksiya va konservats
Dollar kursi pastlashda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'29,80 soʻmga'tushib,'12 880,35 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'125,30 soʻmga'pastlab,'14 535,47 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'3,10 soʻmga'tushdi va'156,68 soʻmni'tashkil qildi.
Dunyoning elektr skuter ishlab chiqaruvchi yetakchi “Yadea” kompaniyasi Toshkentda flagman doʻkonini ochdi
Jahonning mashhur ikki gʻildirakli transport vositalari ishlab chiqaruvchisi sanalgan 'Yadea' brendi endi Oʻzbekistonda ham faoliyat boshladi. Bu ayni brend uchun muhim qadam boʻlib, aholiga zamonaviy va ishonchli elektr skuter va elektron velosipedlarni taqdim etadi. 'Yadea' ushbu yoʻnalishda 8-yildan buyon ketma-ket dunyoda sotuvlar boʻyicha yuqori oʻrinlarni egallamoqda. Endilikda oʻzbek xaridorlari kompaniyaning innovatsion mahsulotlari bilan shaxsan tanishishi mumkin.Doʻkon Toshkent
Dollar kursi tushishda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,20'soʻmga'tushib,'12 915,00'soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'25,24'soʻmga'pastlab,'13'957,24'soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,97 soʻmga'oshdi va'153,55 soʻmni'tashkil qildi.