calendar 28 Feb 01:19
eye 120
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tinchlik bitimining yakuni arafasida Isroil 625 nafar falastinlikni ozod qildi

image
HAMAS 4 nafar garovga olinganlarning jasadlarini Isroilga qaytargandan soʻng, Isroil bunga javoban 625 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi, deb xabar bermoqda 'Reuters' nashri.

Oʻt ochishni toʻxtatish rejimining birinchi bosqichi 1-mart kuni oʻz yakuniga yetadi. Bitim yakuni arafasida HAMAS toʻrt nafar garovga olinganlarning jasadlarini Isroilga qaytarib bergan edi. Isroil bunga javoban 26-fevral kuni 625 nafar falastinlik mahbusni ozod qilgan.

Maʼlum qilinishicha, HAMAS garovdagilarni ozod qilishning yagona yoʻli oʻt ochishni toʻxtatish ekanligiga ishonmoqda va rejimning ikkinchi bosqich kelishuviga erishish uchun muzokaralar oʻtkazishga tayyorligini bildirgan.

'Ozod etilishi kutilayotgan falastinlik mahbuslar orasida Gʻazoda qamoqqa olingan 445 nafar erkak, 24 nafar ayol va voyaga yetmaganlar, shuningdek, umrbod qamoq jazosini oʻtayotgan 151 nafar mahbus bor', ' deyiladi HAMAS hisobotida.

Avvalroq, Isroil hukumati HAMAS tomonidan qaytarilgan toʻrt nafar jasadning biri nomaʼlum shaxs ekanligini aytib, uni HAMAS ixtiyoriga qaytarib, bunga javoban falastinlik mahbuslarni ozod qilishni ortga surib kelayotgan edi.

Maʼlumot uchun, 19-yanvar kuni kuchga kirgan Isroil va HAMAS garovga olinganlarni ozod qilish va oʻt ochishni toʻxtatish borasidagi uch bosqichli rejimning birinchi bosqichi 42 kun davom etishi va 1-mart kuni yakunlanishi belgilangan edi. Hozircha tomonlar ikkinchi hamda uchinchi bosqichlarni amalga oshirish uchun muzokaralarga shoshilmayapti.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
61
0
xs.uz

Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada

08 Jun 02:27
 
10
0
xs.uz

Tramp va Mask omma oldida janjallashdi

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining sobiq doʻsti va ittifoqchisi, milliarder Ilon Maskni birinchi marta oshkora tanqid qildi. U tadbirkordan hafsalasi pir boʻlganini aytdi va Maskning 'Tesla' va 'SpaceX' kompaniyalariga davlat subsidiyalarini toʻlashni toʻxtatishni taklif qildi. Bunga javoban Mask uning yordamisiz respublikachi hech qachon prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozona olmasligini aytdi va Trampni voyaga yetmaganlarni zoʻrlashga aloqadorlikda aybladi. Sobiq doʻstlar oʻrtasi

08 Jun 02:27
 
7
0
xs.uz

Isroil Gʻazodagi shifoxonani bombardimon qildi, uch nafar jurnalist halok boʻlgan

Isroil Gʻazo shahridagi 'Al-Ahli' kasalxonasiga uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Bildirilishicha, Isroilning 'Al-Ahli' kasalxonasiga bergan zarbalari oqibatida 'Palestine Today' nashrining ikki nafar jurnalisti Ismoil Bada hamda Sulaymon Xoja voqea joyida halok boʻlgan.'Al Jazeera' nashri halok boʻlgan jurnalistlar haqidagi batafsil maʼlumotlar va hujum tafsilotlari haqida qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.Shunin

08 Jun 02:27
 
14
0
xs.uz

Yaqin orada tinchlik boʻlishini kutmayapman — Tramp Putinga yana qoʻngʻiroq qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berdi. Unga koʻra, Putin Ukrainaning Rossiya harbiy aerodromlariga bergan zarbalariga javob berish niyatida.'Bu yaxshi qoʻngʻiroq boʻldi, lekin zudlik bilan tinchlikka olib keladigan qoʻngʻiroq emas', ' deydi Oq uy rahbari.Trampning soʻzlariga koʻra, 1 soat 15 daqiqa davom etgan suhbat davomida u Putin bilan Rossiya harbiy aerodromlariga qilingan hujum ' Ukrainaning 'Oʻrgimch