Ushbu hujjat bilan belgilanayotgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida soha mutaxassislarining fikr-mulohazalarini yozib oldik.
Bozor talabiga mos
Bahodir XOLIQOV,
qishloq xo'jaligi fanlari doktori, professor:
' Farmonga muvofiq, paxta yetishtiruvchilar endi o'zi yetishtirgan paxta xomashyosiga erkin narx belgilaydi, xaridor topib, ixtiyoriy sotadi. Aslida ham bozor mexanizmi shunday bo'lishi kerak. Bu hujjat bilan ana shu muvozanat tiklanmoqda. Axir, fermer issig'u sovuq demay dalasida ming mashaqqat bilan paxta yetishtirsa-yu, sotishga kelganda uning fikri inobatga olinmasa, bu adolatsizlik emasmi? U mehnatiga yarasha haq ololmasa, ishdan qo'li sovimaydimi? Bu bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mutlaqo zid-ku?!'' Bu ahvolda sifatli, tolasi pishiq va jahon standartlariga to'liq javob beradigan paxta xomashyosi yetishtirish imkoniyati pasayib ketmaydimi?
'Shu jihatdan ham Farmonning ahamiyati nihoyatda katta. Unda belgilanganidek, fermerlar birjaga xaridorlar tomonidan joylangan takliflar orasidan bir yoki bir nechtasini tanlash orqali fyuchers, forvard va spot shartnomalarini tuzadi. Boshlang'ich narx Nyu-York birjasidagi olti oylik o'rtacha kotirovkalardan kelib chiqib belgilanadi.
Yangi tartib bo'yicha klasterlar paxta xarid qilish bo'yicha o'z talablarini birjaning elektron tizimiga joylashtiradi. Fermerlar buni sinchiklab o'rganib, o'zlariga ma'qul kelgan bitta yoki bir nechta klaster bilan ixtiyoriy tartibda shartnoma tuzishi mumkin. Bu fermerlar uchun katta rag'bat bo'lib, ularning mehnatga ishtiyoqini oshiradi.
Oldinlari fermerlar birjaning elektron tizimiga joylashtirgan ma'lumotlarini klaster ko'rib, qaysisi bilan shartnoma tuzishni o'zlari hal qilardi. Endilikda esa fermerlar kim bilan shartnoma tuzishni o'z xohishi bilan hal etadi. Boshqacha aytganda, ularga tanlov imkoniyati beriladi va bu paxtachilik uchun katta yangilikdir.
'
Yangi marralar sari ilhomlantiruvchi hujjat
Barno MIRZAMOVA,
O'zbekiston fermerlari kengashi bo'lim boshlig'i:
' Ochig'i, endi fermerlar do'ppisini osmonga otsa yarashadi. Chunki mazkur hujjat bilan kooperatsiya usulida yoki o'z mablag'i hisobidan paxta yetishtiruvchi xo'jaliklar davlat tomonidan izchil qo'llab-quvvatlanadi. Bunday xo'jaliklarga birja orqali sotgan paxtasining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratish belgilangani ham paxta yetishtiruvchilarning ko'nglidagi ish bo'ldi.
Bundan tashqari, imtiyozli kredit olib, kreditni o'z vaqtida qaytargan paxta yetishtiruvchilarga 4 foiz miqdorida subsidiya ajratilishini aytmaysizmi? Ushbu tartib fermerlar uchun yana bir katta qulaylik, desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz. Asosiysi, fermerlarga o'zining paxtasini qayta ishlashi uchun yoki qabul qilish maskanini qurish uchun jamg'arma mablag'lari hisobidan 3-yil muddatda Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori bo'lmagan 6 oy imtiyozli davr bilan kreditlar ajratilishi belgilandi.
Eng muhim jihat shundan iboratki, endilikda fermer paxtani kimga sotishni o'zi mustaqil hal qiladi. Bu ularni yangi-yangi marralar sari ilhomlantirishiga shak-shubha yo'q.
'
Ko'ngilni to'q qilib ishlash vaqti keldi
Bahodir QUDRATOV,
Qarshi tumanidagi 'Xumoyunbek Asrorovich' fermer xo'jaligi rahbari:
' Rostini aytsam, ko'ngilni to'q qilib ishlaydigan davr keldi. Bunga Prezidentimiz Farmoni bilan tanishib, joriy etilgan qator qulayliklarni o'qib amin bo'ldim. Masalan, paxta yetishtiruvchi fermerlarning 2025-yil hosilidan boshlab, o'z mablag'lari hisobidan yetishtirgan paxta uchun davlat tomonidan subsidiya olish imkoniyati yaratilgani olamshumul voqea. Yoki Farmonga muvofiq, paxta tolasining narxi Nyu-York birjasidagi oxirgi 6 oydagi o'rtacha fyuchers kotirovkalari asosida belgilanishi bir paytlar tushimizga ham kirmagan edi-ku?
Ushbu hujjatda belgilangan chora-tadbirlar ruhimizni yanada ko'tarib, kuchimizga-kuch, g'ayratimizga-g'ayrat qo'shayotir. Endi biz paxtamizni kimga, qachon va qanday narxda sotishni o'zimiz hal etamiz. Bu bilan paxta yetishtirishdan manfaatdorligimiz yanada oshyapti, sohada raqobat muhiti kuchaymoqda. Endi izlangan, intilgan, ko'proq va sifatli hosil yetishtirgan fermer yanada boyib, ko'zlagan marralari sari dadil intilaveradi.
Faxriddin BOZOROV
('Xalq so'zi') yozib oldi.
Oʻzbekistonda bugʻdoy narxini barqarorlashtirish boʻyicha yangi xalqaro loyiha ishga tushirildi
Bugʻdoy Oʻzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini, qishloq aholisining daromad manbalarini va umumiy iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Biroq mamlakat tashqi omillar, geosiyosiy xavflar va ichki bozorni tartibga solishning cheklangan imkoniyatlari tufayli narx tebranishlariga duch kelmoqda. Ushbu muammolarni hal etish maqsadida Oʻzbekistonda Hukumati bir qator tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda.Mazkur muammolarni hal qilish va milliy oziq-ovqat xavfsizligini mustahkaml
Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi koʻtarildi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 13-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 59,23 soʻmga oshdi va 12 705,79 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 243,07 soʻmga koʻtarildi va 14 704,41 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 1,68 soʻmga tushib, 159,20 soʻmni tashkil etdi.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi
Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 12-iyundagi yigʻilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi. Bu haqida regulyator matbuot xizmati xabar berdi.Bildirilishicha, soʻnggi oylardagi iqtisodiy faollik va isteʼmol talabi dinamikalari hamda bazaviy inflyatsiyaning oʻsish tendensiyasi iqtisodiyotda inflyatsion bosimlar saqlanib qolayotganidan dalolat bermoqda. Bu, oʻz navbatida, umumiy inflyatsiyaning may oyidagi biroz pasayishiga qaramasdan inflyatsiya prognozi traye
Xorijiy investorlar kengashining uchinchi yalpi majlisidan fotoreportaj
Kengashning asosiy vazifalari muvaffaqiyatli tajriba va jahon amaliyotidan kelib chiqqan holda mamlakatni investitsiyaviy, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlantirishning eng muhim yo'nalishlari bo'yicha maslahat berish hamda O'zbekiston Hukumati bilan xorijiy investorlar o'rtasida ochiq muloqotni ta'minlashdan iborat.Davlatimiz rahbari majlisni ochar ekan, kuni kecha o'tgan to'rtinchi Toshkent investitsiya forumining samarali natijalarini qayd etdi hamda kengash a'zolariga Yangi O'zbekiston