calendar 13 Jun 00:39
eye 2
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda bugʻdoy narxini barqarorlashtirish boʻyicha yangi xalqaro loyiha ishga tushirildi

image
Bugʻdoy Oʻzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini, qishloq aholisining daromad manbalarini va umumiy iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Biroq mamlakat tashqi omillar, geosiyosiy xavflar va ichki bozorni tartibga solishning cheklangan imkoniyatlari tufayli narx tebranishlariga duch kelmoqda. Ushbu muammolarni hal etish maqsadida Oʻzbekistonda Hukumati bir qator tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur muammolarni hal qilish va milliy oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash maqsadida 'Oʻzbekistonda bugʻdoy narxini barqarorlashtirish uchun Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi salohiyatini oshirish' nomli yangi xalqaro texnik hamkorlik loyihasi rasman ishga tushirildi. Loyiha BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda uning huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi asosiy hamkorlar sifatida ishtirok etadi.

FAO va ITFC bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu yangi loyiha mazkur jamgʻarmaning salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi. Kelgusi 24 oy davomida loyiha doirasida jamgʻarma faoliyati modernizatsiya qilinadi, zamonaviy raqamli yechimlar joriy qilinadi va siyosat hamda tahlil salohiyati oshiriladi.

Loyiha davomida bugʻdoy narxlarini barqarorlashtirish va qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash borasida ilgʻor tizimlar joriy qilingan Turkiya, Kanada va AQSH kabi mamlakatlar tajribasi oʻrganiladi.

Loyiha doirasida 150 nafar jamgʻarma xodimi, yuqori malakali mutaxassislar va texnik ekspertlarning bilim va malakalari oshiriladi. Buning natijasi bugʻdoy ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlovchilar va uning savdosi bilan shugʻullanuvchilar hamda isteʼmolchilarga taʼsir koʻrsatadi.

'Bugun biz nafaqat texnik yordam loyihasini, balki umumiy maqsad ' fermerlarimiz, bozorlarimiz va butun xalqimiz manfaatiga xizmat qiladigan innovatsion yechimlarni yaratish yoʻlida birgalikda harakat boshlamoqdamiz. Narxlar oʻzgaruvchanligini kamaytirish, fermerlar daromadini himoya qilish va aholiga barqaror hamda arzon bugʻdoy mahsulotlarini yetkazib berish milliy darajadagi dolzarb vazifalardir' ' deydi FAOning Oʻzbekistondagi vakili oʻrinbosari Sherzod Umarov.

Loyihaning asosiy maqsadi jamgʻarmaning bugʻdoy narxini barqarorlashtirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi institutsional salohiyatini raqamli yechimlarni joriy qilish hamda xalqaro bilimlar almashinuvi orqali rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat.

Kutilayotgan natijalar orasida jamgʻarma va u bilan oʻzaro hamkorlik qiluvchi tashkilotlar xodimlarini bozorni barqarorlashtirish, raqamli vositalar masalalari boʻyicha oʻqitishdan tashqari, bugʻdoy narxidagi tebranuvchanlikni 20-25 foizga kamaytirish, raqamli platformani ishga tushirish, uni toʻliq faoliyat yuritishiga erishish hamda savdo integratsiyasini mustahkamlash va ichki bozor barqarorligini taʼminlash kabi muhim vazifalar bor.

Mazkur loyiha mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasini modernizatsiyalash va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim qadam boʻlib, xalqaro hamkorlik orqali innovatsion yechimlarni joriy qilish boʻyicha namuna hisoblanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:38
 
37
0
xs.uz

“Oʻzbekneftgaz” AJ 850 million AQSH dollarlik xalqaro obligatsiyalarni chiqardi

2025-yil 30-aprel kuni 'Oʻzbekneftgaz' aksiyadorlik jamiyati xalqaro kapital qarz bozoriga muvaffaqiyatli tarzda qaytib, 5-yil muddatli, 144A/RegS formatidagi katta nominalli xalqaro obligatsiyalarni chiqardi.Obligatsiyalar chiqarilishi xalqaro miqyosda yuqori qiziqish bilan qarshi olindi. Jumladan, Buyuk Britaniya, AQSH, Yevropa, Shveysariya va Osiyo mamlakatlaridagi fond boshqaruvchilari, banklar, xususiy banklar, pensiya jamgʻarmalari va sugʻurta kompaniyalari singari yirik institutsional

31 May 08:50
 
19
0
xs.uz

Mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati qoplab beriladi

Oʻzbekistonda mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati hamda xorijdan jalb qilingan dizayner, marketolog, injener-texnologlar ish haqining yarmi qoplab beriladi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Oʻtgan yili mebel eksporti 20 million dollarga yetdi. Sifat, dizayn va brendga eʼtibor qaratilsa, mavjud quvvatlarning oʻzida eksport hozirgidan 10 karra oshishi mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.Shu b

08 Jun 02:26
 
10
0
xs.uz

Hafta boshida xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati qanday boʻladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 9-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 54,29 soʻmga tushdi va 12 777,52 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 15,80 soʻmga pasaydi va 14 590,65 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 2,21 soʻmga tushib, 161,54 soʻmni tashkil etdi.

08 Jun 02:26
 
125
0
xs.uz

Hafta boshida xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati qanday boʻladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 9-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 54,29 soʻmga tushdi va 12 777,52 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 15,80 soʻmga pasaydi va 14 590,65 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 2,21 soʻmga tushib, 161,54 soʻmni tashkil etdi.