calendar 31 May 08:50
eye 10
comments 0
comments Manba: xs.uz

Mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati qoplab beriladi

image
Oʻzbekistonda mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati hamda xorijdan jalb qilingan dizayner, marketolog, injener-texnologlar ish haqining yarmi qoplab beriladi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.

Oʻtgan yili mebel eksporti 20 million dollarga yetdi. Sifat, dizayn va brendga eʼtibor qaratilsa, mavjud quvvatlarning oʻzida eksport hozirgidan 10 karra oshishi mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.

Shu bois, mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati hamda xorijdan jalb qilingan dizayner, marketolog, injener-texnologlar ish haqining yarmi qoplab beriladi.

Xalqaro koʻrgazmalarda ijara puli kompensatsiya qilinadigan maydon hozirgi 20 kvadratdan 40 kvadrat metrga oshiriladi.

Mutasaddilarga malakali mutaxassislarni jalb qilib, yiliga 1 ming nafar mebel ustalarini zamonaviy koʻnikmalarga oʻqitishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.

2024-yilda zargarlikda ishlab chiqarish 200 million dollardan oshdi, eksport 17 foizga oʻsib, 92 million dollarga yetdi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda yiliga 100 tonnadan ziyod oltin qazib olinayotgani bilan imkoniyatlarning oʻndan biri ham ishga solinmayotgani qayd etildi.

Sohada 'xufiyona' iqtisodiyot ulushi yuqori ekani koʻrsatib oʻtildi. Yiliga 550-600 million dollarlik buyumlar norasmiy tilla bozorlarida aylanmoqda. Yoki, mustaqil izlovchilar 2020-yilda 40 kilogramm oltin topshirgan boʻlsa, oʻtgan yili bu 100 karra kamaygan.

Yigʻilishda sohani 'soya'dan chiqarish uchun yakka tadbirkorlarga ham tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat berish, zargarlikda milliy brend yaratish uchun xorijdan dizayner, texnolog, qimmatbaho toshlar bilan ishlaydigan gemmologlarni olib kelish xarajatining bir qismini qoplash boʻyicha takliflar bildirildi.

Davlatimiz rahbari ushbu takliflarni maʼqulladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda milliy brendlarni qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinishi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, mebel tannarxini pasaytirish uchun furnitura, aksessuar, boʻyoq, kley, DSP kabi xomashyoga boj kamaytirilishi'maʼlum qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
10
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.

31 May 08:50
 
7
0
xs.uz

Mebel tannarxini pasaytirish uchun xomashyo boji kamaytiriladi

Oʻzbekistonda mebel tannarxini pasaytirish uchun furnitura, aksessuar, boʻyoq, kley, DSP kabi xomashyoga boj kamaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha boʻyicha oʻtkazayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qildi.Yigʻilishda qayd etilishicha, oʻtgan yilning oʻzida mebelsozlik yoʻnalishida 920 ta yangi korxona ish boshladi. Sohada 6 trillion 700 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.Buni karrasiga oshirish uchun qator masalal

31 May 08:50
 
10
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.

12 Apr 21:15
 
72
0
xs.uz

Uch oyda 15 mingdan ortiq oʻzbekistonlikka ipoteka kreditlari ajratildi

Unga koʻra, ajratilgan mablagʻlarning 3 trillion soʻmi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va 1,1 milliard soʻmi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan. Bundan tashqari, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan ham 310 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan.Shu yilning uch oyi davomida Oʻzbekistonning 15 033 nafar fuqarosi ipoteka kreditlarini olgan boʻlib, ularning 63 foizi erkaklarga berildi. 75 foiz holatda kredit oluvchilar mablagʻni yangi qurilgan uylar uchun o