Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi

Bildirilishicha, soʻnggi oylardagi iqtisodiy faollik va isteʼmol talabi dinamikalari hamda bazaviy inflyatsiyaning oʻsish tendensiyasi iqtisodiyotda inflyatsion bosimlar saqlanib qolayotganidan dalolat bermoqda. Bu, oʻz navbatida, umumiy inflyatsiyaning may oyidagi biroz pasayishiga qaramasdan inflyatsiya prognozi trayektoriyasidan yuqori shakllanishiga sabab boʻlmoqda. Mazkur sharoitda inflyatsion jarayonlarga energiya narxlari oshishining ikkilamchi taʼsirlarini pasaytirish va umumiy inflyatsiyaning barqaror pasayuvchi trendga oʻtishini taʼminlash maqsadida asosiy stavka joriy darajasida qoldirildi.
Yil boshidan oʻsuvchi trendda shakllanib kelgan umumiy inflyatsiya darajasi may oyida oʻtgan yilgi energiya tariflari oshirilishining birlamchi taʼsiri chiqib ketishi hisobiga pasayib, yillik 8,7 foizga teng boʻldi. Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari umumiy inflyatsiyadan yuqori darajada shakllanmoqda.
Xizmatlar inflyatsiyasi tezlashishi hisobiga bazaviy inflyatsiyaning oʻsuvchi dinamikasi davom etib, may oyida yillik 8,5 foizga yetdi. Iqtisodiyotda yalpi talab yuqoriligi sharoitida joriy energiya narxlari oshirilishining ikkilamchi taʼsirlari yuzaga chiqishi inflyatsion bosimlarning uzoqroq davom etishiga ishora beradi.
Joriy yilning yanvar'may oylarida iqtisodiyotdagi yuqori faollik yalpi talabning shakllanishida asosiy omillardan biri boʻldi. Bu savdo va pullik xizmatlardan tushumlar va transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmlarining oshishi hamda banklararo tranzaksiyalar hajmi va koʻchmas mulk savdosi bitimlari soni oʻsishida namoyon boʻlmoqda.
Shuningdek, iqtisodiyotga kredit ajratish surʼatlarining yuqori darajada saqlanib qolayotgani va byudjet xarajatlarining oʻsishi ham iqtisodiy faollikni ragʻbatlantirishga hissa qoʻshmoqda. Ushbu omillar kelgusida yalpi talabni qoʻllab-quvvatlab, iqtisodiyotdagi narxlar darajasiga bosimni kuchaytirishi mumkin.
Jahon iqtisodiyotidagi noaniqliklar hamda xalqaro savdodagi keskinliklar natijasida koʻp davlatlarda pul-kredit sharoitlari qatʼiyligi uzoqroq davom etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, soʻnggi oylardagi ayrim oziq-ovqatlar jahon narxlari oʻsishi kelgusida ichki narxlarga qoʻshimcha bosim yaratishi ehtimoli mavjud.
Anʼanaviy eksport tovarlari birja narxlarining yuqori darajada saqlanib qolishi va hamkor davlatlarda almashuv kursi mustahkamlanishi eksport tushumlari hamda transchegaraviy pul oʻtkazmalari oʻsishini qoʻllab-quvvatlamoqda. Bu, oʻz navbatida, mamlakatga xorijiy investitsiyalar oqimi oshishi bilan birga ichki valyuta bozorida takliflarning barqaror shakllanishiga xizmat qilib, kelgusi oylarda almashuv kursi tomonidan inflyatsiyaga bosimlarning kamayishiga hissa qoʻshadi.
Bundan tashqari, pul-kredit sharoitlarining joriy qatʼiylik darajasi saqlab qolinishi kelgusida kreditlash hajmi oʻsishining moʻtadillashuvi va depozitlarning yuqori oʻsish surʼatlari davom etishini taʼminlaydi. Bu yalpi talabni muvozanatlashtiruvchi va monetar omillarning inflyatsiyaga taʼsirini kamaytiruvchi ahamiyatga ega boʻladi.
Yuqorida keltirilgan omillarni hisobga olib, oʻrta muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani oʻzgarishsiz, 14 foiz darajasida qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Markaziy bank tomonidan oʻrta muddatli istiqbolda inflyatsiyaning 5 foizlik target darajasigacha pasayishiga erishish uchun pul-kredit sharoitlarining yetarli darajada qatʼiyligi taʼminlanadi.
Iqtisodiyotdagi yalpi talab va ikkilamchi taʼsirlarning narxlarga oshiruvchi bosimlari kelgusi oylarda kutilganidan koʻra kuchayishi boʻyicha ehtimollar va asoslar yuzaga kelgan taqdirda pul-kredit sharoitlari qatʼiyligi qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Maʼlumot uchun, asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi 2025-yil 24-iyul kuniga belgilangan.
Oʻzbekistonda dollar kursi oshdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'24,03 soʻmga'oshdi va'12 939,93 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'67,39 soʻmga'koʻtarildi va'14 725,64 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,41 soʻmga'tushib,'162,03 soʻmni'tashkil etdi.
Dollar kursi biroz pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'13,09 soʻmga'tushib,'12 924,92 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'52,33 soʻmga'pastlab,'14 620,67 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,21'soʻmga'oshdi va'159,94'soʻmni'tashkil qildi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi Rotterdam konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishida ishtirok etmoqda
Shu kunlarda Shveysariyaning Jeneva shahrida Rotterdam konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi (RC COP-12) boshlandi. Ushbu anjuman Bazel konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn yettinchi yigʻilishi (BC COP-17) va Stokgolm konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi (SC COP-12) bilan ketma-ket tarzda 9-maygacha davom etadi.'Yashirin narsalarni koʻrinarli qilish: kimyoviy moddalar va chiqindilarni oqilona boshqarish' mavzusida oʻtayotg
Dollarning oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati oshdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'44,89 soʻmga'oshdi va'12 980,16 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'239,57 soʻmga'koʻtarildi va'14 606,57 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'yuqorilab,'161,63 soʻmni'tashkil etdi.