calendar 26 Feb 17:06
eye 73
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ayblanuvchi sud zalida otib ketildi – Shri-Lanka

image
Shri-Lanka poytaxti Kolombodagi sud zallarining birida advokat qiyofasida kelgan shaxs sudlanayotgan mahbusni otib oʻldirdi, deb xabar bermoqda 'BBC' nashri.

Unga koʻra, 19-fevral kuni advokat qiyofasidagi qurollangan shaxs sud zali qorovullari hamda bir nafar politsiya xodimi yordamida binoga kirib borgan va kitob orasida yashirilgan toʻpponcha bilan bir qancha qotillikda gumonlanib sudlanayotgan shaxs Sanjiv Kumarani otib oʻldirgan.

'Ushbu qotillik bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan jinoiy guruhlar tomonidan sodir etildi. Bu xunrezlik ular amalga oshirgan koʻplab qotilliklardan biri xolos. Biz ularni topamiz, mamlakatda jinoiy toʻdalar tashkil etilishiga yoʻl qoʻymaymiz', ' deydi Shri-Lanka hukumati rasmiylari.

Politsiyaning qoʻshimcha qilishicha, oʻldirilgan shaxs 2023-yilning sentyabr oyidan beri turli qotilliklarda gumonlanib hibsda saqlab kelinayotgan edi. U navbatdagi sud jarayonida 25 yoshli Pinpura Devage ismli ayol tomonidan otib oʻldirilganligi aniqlangan.

'Qurollangan shaxs qotillik sodir etib, voqea joyidan qochishga muvaffaq boʻldi, biroq koʻp oʻtmay politsiya tomonidan qoʻlga olindi. Unga yordam berganlar ham ushlangan. Ularning shaxsi aniqlanib hozirda tergov harakatlari boshlab yuborilgan', ' deyiladi rasmiylar bayonotida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
42
0
xs.uz

Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi

AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif

12 Apr 21:15
 
64
0
xs.uz

Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorij shifoxonalariga evakuatsiya qilinishi kerak — JSST

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanomning taʼkidlashicha, Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorijdagi tibbiy muassasalarga evakuatsiya qilinishi kerak. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Isroil hukumatining Gʻazoga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlari, jumladan, oziq-ovqat, tibbiy dori-darmonlar hamda tibbiy buyumlarni hududga kiritmasligi oqibatida minglab falastinliklar halok boʻlishi hamda jiddiy kasalliklar tarqalishi

18 Apr 11:08
 
73
0
xs.uz

AQSH Suriyadan harbiylarini olib chiqishni boshladi

AQSH Qurolli kuchlarining Suriyadagi qoʻmondonligi Dayr-az-Zor viloyatidagi Koniko gaz koni hududidagi harbiy bazaga joylashtirilgan maxsus kuchlarni olib chiqishni boshladi. Bu haqda 'Sky News Arabia' telekanali xabar berdi.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, amerikalik harbiylar karvoni Suriya sharqida joylashgan obyektdan AQSHning yirik bazasi joylashgan Iroq Kurdistoni tomon yoʻl olgan.2015-2018-yillarda Suriyaning kurdlar nazorati ostidagi hududlarida AQSHning toʻqqizta harbiy bazasi va uc

18 Apr 11:08
 
64
0
xs.uz

Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi

Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq