calendar 31 Jan 15:20
eye 96
comments 0
comments Manba: xs.uz

Aholi murojaatlari ijobiy yechim topmoqda

image
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Shu kunlarda Andijon viloyatida respublika ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda. Ular tomonidan tanlab olingan mahallalarda 'Obod xonadon ' obod koʻcha ' obod mahalla' mezoni doirasidagi saʼy-harakatlarni shakllantirish, kambagʻallikni qisqartirish, aholi murojaatlarini oʻrganish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, islohotlar samaradorligini oshirishga koʻmaklashilmoqda.

Baliqchi tumanidagi 'Ilgʻor' mahallasida yashovchi fuqarolarning elektr energiyasi taʼminotiga doir murojaatlari oʻrganilib, shu kunning oʻzida ijobiy hal etildi. Natijada mahalladagi qoʻlbola simyogʻochlar 26 ta temir beton tayanchlarga almashtirildi.



Ishchi guruhi aʼzolari Buloqboshi tumanidagi 'Barlos' MFYda ham boʻldi. Ushbu manzildagi 2025-yilga kiritilgan elektr tarmoqlarini taʼmirlash, yangi transformator punktini oʻrnatish, 3,6 kilometr masofadagi ichki yoʻlni taʼmirlash dasturi, 8-umumtaʼlim maktabida kuz-qish mavsumi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Oʻrganish davomida mavjud kamchiliklar bartaraf etilib, zarur vazifalar yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Fuqarolar murojaatlarini tinglash orqali hududlardagi muammolarning ijobiy yechimini taʼminlashda joylarda boʻlib oʻtayotgan sayyor qabullarning ahamiyati katta boʻlyapti. Marhamat tumanida oʻtkazilgan tadbirda Buloqboshi, Marhamat va Asaka tumanida istiqomat qiluvchi aholining ham murojaatlariga yechim izlandi.



' Foydalanilgan ichimlik suvi boʻyicha toʻlovni hisob-kitob qilishda ayrim muammolar vujudga kelgandi, ' deydi Marhamat tumanidagi 'Shoʻrpaqir' koʻchasida yashovchi mehnat faxriysi Qosimjon Abdusattorov. 'Sayyor qabulda 'Oʻzsuvtaʼminot' AJ vakillari murojaatimizni tinglab, shu joyning oʻzida ijobiy hal qilib berdi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:18
 
54
0
xs.uz

Toshkentda beton toʻsiqqa urilgan BYD yonib ketdi

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 3-aprel kuni soat 23:45 larda Yunusobod tumani TXAY koʻchasida yuz bergan. BYD rusumli transport vositasini boshqarib kelayotgan haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻlni ajratib turuvchi beton toʻsiqqa urilgan, toʻqnashuv oqibatida transport vositasida yongʻin kelib chiqqan.YHXBga koʻra, alanga tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa tufayli jarohat olgan haydovchiga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam koʻrsatilgan.'Mazkur hodisa yuzasida

04 Apr 16:19
 
55
0
xs.uz

Biz Yerni ajdodlarimizdan meros sifatida emas, balki farzandlarimizdan qarzga olganmiz – Prezident

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Hurmatli forum ishtirokchilari!Xonimlar va janoblar!Barchangizni bugungi davrdagi asosiy tahdid ' global iqlim o'zgarishlariga bag'ishlangan konferensiyamizda chin yurakdan qutlayman.Hurmatli hamkasblarim ' Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti nomidan qatnashayotgan bizning ishonchli hamkorlarimiz, xalqaro moliya institutlari, global va milliy ekologik tashkilotlar vakillariga ushbu tadbirda ishtirok etayot

12 Apr 21:15
 
50
0
xs.uz

Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi

Hujjat bilan 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻshimcha moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 million soʻmdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi:Bunda 'mahalla yettiligi' tomonidan qoʻshimcha roʻyxat shakllantirilishida birinchi navbatda, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, aʼzolari I yoki II guruh nogironi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalar, nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan o

13 May 14:37
 
25
0
xs.uz

Fargʻonada 27 500 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari musodara qilindi

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida 357 million soʻmlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi. Bu haqda viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, viloyat Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida 'Fargʻona-Qoʻqon' yoʻnalishida harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli mashina kuzatuvga olinib, Qoʻqon shahrida joylashgan xonadonlarning biriga kirgan vaqtida ushl