calendar 02 Dec 16:41
eye 9
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Prezident Kubogi – 2024”: turnirga 31-oʻrinda saralangan shaxmatchi musobaqa peshqadami boʻlib oldi (Barcha natijalar+turnir jadvali)

image
Poytaxtimizdagi davom etayotgan 'Prezident Kubogi' turnirida 6-tur uchrashuvlari ortda qoldi. 75 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot jamgʻarmasi uchun kurashayotgan dunyoning kuchli shaxmatchilari navbatdagi keskin oʻyinlarni oʻtkazdi. Turnirning eng qiziq uchrashuvi esa Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov oʻrtasida kechdi, biroq bu bahsda tomonlar durangga rozi boʻlishdi.

Nodirbek va Javohir shu kungacha 27-marta bir-biriga qarshi dona surgan boʻlsa, ularning 9 tasida Nodirbek, 7 tasida Javohir gʻalaba qozongan. Qolgan 11 partiya, jumladan bugungi bahs ham durang bilan yakunlandi. Ushbu natija ikkala shaxmatchining turnirda oʻz mavqeyini saqlab qolishga imkon berdi, ammo ularga yetakchilikni qaytarib berolmadi.

Turnirda oʻzini ajoyib formada koʻrsatayotgan Ortiq Nigʻmatov ushbu turda erishgan gʻalabasi bilan turnir jadvalida 1-oʻringa koʻtarildi. U qora donalar bilan oʻynashiga qaramay, Eronning kuchli shaxmatchisi Amin Tabatayini magʻlub etishga muvaffaq boʻldi.



Yana bir qiziqarli uchrashuv Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidov oʻrtasida oʻtdi. Oʻzbek derbisida Shamsiddin gʻalaba qozonib, ochkolarini 4,5 taga yetkazdi. Nodirbek Yakubboyev ham ushbu turni gʻalaba bilan yakunladi.

6-turdan soʻng turnir jadvalida yetakchi yana oʻzgardi. Ortiq Nigʻmatov 5 ochko bilan birinchi oʻringa chiqdi. Xuddi shuncha achkoni hindistonlik Saha Nilash, Javohir Sindarov, Nihal Sarin va Sanklap Gupta kabi shaxmatchilar ham toʻplashgan. Nodirbek Abdusattorov esa 4,5 ochko bilan 6-pogʻonada bormoqda.



7-tur asosiy juftliklari:

- Abhimanyu Puranik (GM, 2652) vs Nodirbek Abdusattorov (GM, 2777)

- Javohir Sindarov (GM, 2682) vs Sankalp Gupta (GM, 2539)

- Nihal Sarin (GM, 2676) vs Ortiq Nigmatov (IM, 2447)

- Shamsiddin Vohidov (GM, 2681) vs Nodirbek Yakubboyev (GM, 2668)




Doʻstlaringiz bilan ulashing

02 Dec 16:41
 
8
0
xs.uz

Isroil Madrimov yangilangan WBO reytingida 10-oʻrinda!

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) birinchi yarimoʻrta vazn toifasida yangilangan reytingni eʼlon qildi. Unda Oʻzbekistonning mashhur bokschisi, sobiq WBA chempioni Isroil Madrimov kuchli oʻntalikka kirib, 10-oʻrinni qayd etdi. Madrimov oʻzining yanada yuqori natijalarga erishish yoʻlida 21-dekabr kuni ukrainalik Sergey Bogachuk bilan jang oʻtkazishi kutilmoqda.Ukrainalik bokschi Sergey Bogachuk WBO reytingida 14-pogʻonada joylashgan. Bu jang Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida

02 Dec 16:41
 
8
0
xs.uz

“Prezident Kubogi – 2024”: turnirga 31-oʻrinda saralangan shaxmatchi musobaqa peshqadami boʻlib oldi (Barcha natijalar+turnir jadvali)

Poytaxtimizdagi davom etayotgan 'Prezident Kubogi' turnirida 6-tur uchrashuvlari ortda qoldi. 75 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot jamgʻarmasi uchun kurashayotgan dunyoning kuchli shaxmatchilari navbatdagi keskin oʻyinlarni oʻtkazdi. Turnirning eng qiziq uchrashuvi esa Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov oʻrtasida kechdi, biroq bu bahsda tomonlar durangga rozi boʻlishdi.Nodirbek va Javohir shu kungacha 27-marta bir-biriga qarshi dona surgan boʻlsa, ularning 9 tasida Nodirbek, 7 t

02 Dec 16:41
 
7
0
xs.uz

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi

Toshkent shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining rahbarligiga saylov oʻtkazildi. Bu haqda TASS xabar berdi.Qayd etilishicha, Usmonovga 120 kishi ovoz berdi. Uning raqibi, Shvetsiya qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Otto Drakenberg esa atigi 26 ta ovoz oldi.Eslatib oʻtamiz, Usmonov tashkilotni 2008-yildan 2022-yilgacha boshqargan. 2022-yil mart oyida u ixtiyoriy ravishda FIE prezidenti sifatidagi vakolatlarini toʻxtatib turishga qaror qildi.

02 Dec 16:41
 
8
0
xs.uz

ShJCh: Ding Liren ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi

Ilk ramziy yurishni amalga oshirish uchun maxsus mehmon, 'Google DeepMind' asoschisi va Nobel mukofoti sovrindori Demis Xassabis taklif qilindi. Ding oʻyin davomida har bir harakatda koʻp vaqt sarflagan boʻlsada, oʻyinni yutish uchun muhim strategiyalarni toʻgʻri tanladi. Gukeshning 30-yurishdagi xato harakati raqibiga oʻyinni tugatish uchun imkoniyat yaratdi. Shunga qaramasdan, Gukeshning hujum strategiyasi shaxmatchilar va ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.Bu oʻyin 2010-yildan beri