Isroil Gʻazoga hujum qilib kamida 42 kishini oʻldirdi
'Reuters' axborot agentligining xabar berishicha, Gʻazo sektori shimolidagi Bayt Lahiya shahridagi turar-joyga va Kamol Advan kasalxonasi yaqiniga berilgan ikkita havo hujumi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Isroilning Xon Yunisdagi mototsiklga zarba berishidan soʻng yana toʻrt kishi qurbon boʻlgan.
Keyinroq Isroilning sharqiy Xon Yunusdagi koʻchirilgan oilalar yashaydigan chodir lageri yaqiniga uyushtirgan havo hujumi oqibatida kamida besh nafar odam vafot etgan.
Nusayrat qochqinlar lagerida Isroil harbiy samolyotlari bir necha bor havo hujumlarini amalga oshirib, koʻp qavatli binoni vayron qilgan va masjidlar tashqarisidagi yoʻllarga zarba bergan. Maʼlumotlarga koʻra, zarbalar natijasida kamida 11 kishi halok boʻlgan. Shuningdek, tanklar oldinga siljiyotgani sababli tez yordam mashinalari yetib bora olmayotgan oilalar uylaridan chiqa olmayotgani aytilmoqda.
Isroil qamal ostidagi hududni bombardimon qilishni kuchaytirar ekan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Gʻazo sektorida oziq-ovqat va toza ichimlik suviga ega boʻlmagan ikki milliondan ortiq odam qamalib qolgani haqida ogohlantirdi.
Shunga qaramasdan payshanba kuni kechqurun Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻazo sektoridagi isroillik asirlarni ozod qilish boʻyicha kelishuvga erishish shartlari sezilarli darajada yaxshilanganini aytdi. 2023-yil oktyabr oyidan beri Isroilning Gʻazoga hujumi oqibatida kamida 44330 nafar falastinlik halok boʻlib, 105 mingga yaqin kishi yaralangan.
Harbiy texnologiyalari eng kuchli mamlakatlar reytingi eʼlon qilindi
Janubiy Koreyaning mudofaa texnologiyalarini targʻib qilish instituti 2024-yil uchun mamlakatlarning mudofaa fanlari va texnologiyalari darajasi boʻyicha tadqiqotni taqdim etdi.Unga koʻra, jahonda harbiy texnologiyalari eng taraqqiy etgan davlat AQSH boʻlgan. Ikkinchi oʻrinda Fransiya va Rossiya turibdi. Ularning harbiy innovatsiyalar darajasi Qoʻshma Shtatlar bilan solishtirganda 89 foizni tashkil etadi. AQSH harbiy sohada rivojlanish boʻyicha soʻnggi olti yilda Germaniya (3-oʻrin), Bu
Isroil Gʻazoga hujum qilib kamida 42 kishini oʻldirdi
Isroil kuchlari Gʻazodagi hududlarni bombardimon qilishni kuchaytirgani va tanklar anklavning shimoli hamda janubiga chuqurroq kirib borishi oqibatida kamida 42 kishi halok boʻldi.'Reuters' axborot agentligining xabar berishicha, Gʻazo sektori shimolidagi Bayt Lahiya shahridagi turar-joyga va Kamol Advan kasalxonasi yaqiniga berilgan ikkita havo hujumi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Isroilning Xon Yunisdagi mototsiklga zarba berishidan soʻng yana toʻrt kishi qurbon boʻlgan.Keyinroq Is
Eron yadroviy dasturni jadallashtirmoqda – BMT
Eron yadroviy dasturni ilgʻor texnologiyalar yordamida tezlashtirishda davom etmoqda. BMTning Xalqaro atom energiyasi agentligi (IAEA) hisobotiga koʻra, Eron yadroviy qurolga yaqinlashuv yoʻlida yangi markazfugalarni joriy qilyapti. Bu harakatlar Tehronning uran boyitish jarayonini qurol darajasiga yetkazish xavfini kuchaytirgan.Qayd etish kerakki, 2015-yilda qabul qilingan yadroviy kelishuv, qoʻshma yadroviy harakatlar rejasi (JCPOA), Eron yadroviy faoliyatini cheklashni koʻzda tutar edi.
AQSh Tayvanga yangi qurollarni yetkazib bermoqchi
Qayd etish kerakki, mobil aloqa uskunalarini modernizatsiya qilish boʻyicha bitim AQSH Kongressi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Asosiy pudratchi sifatida 'General Dynamics' kompaniyasi tanlangan. Tayvan mudofaa vazirligiga koʻra, bu bitimlar bir oy ichida yakunlanishi mumkin.Taypeyi Vashington bilan hamkorlikni mustahkamlashga urgʻu bermoqda. Tayvan himoya vazirligi ushbu bitimni orolda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash uchun muhim qadam sifatida baholadi. Qurol yetkazib berish, Tayvan va