Isroil Gʻazoga hujum qilib kamida 42 kishini oʻldirdi
'Reuters' axborot agentligining xabar berishicha, Gʻazo sektori shimolidagi Bayt Lahiya shahridagi turar-joyga va Kamol Advan kasalxonasi yaqiniga berilgan ikkita havo hujumi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Isroilning Xon Yunisdagi mototsiklga zarba berishidan soʻng yana toʻrt kishi qurbon boʻlgan.
Keyinroq Isroilning sharqiy Xon Yunusdagi koʻchirilgan oilalar yashaydigan chodir lageri yaqiniga uyushtirgan havo hujumi oqibatida kamida besh nafar odam vafot etgan.
Nusayrat qochqinlar lagerida Isroil harbiy samolyotlari bir necha bor havo hujumlarini amalga oshirib, koʻp qavatli binoni vayron qilgan va masjidlar tashqarisidagi yoʻllarga zarba bergan. Maʼlumotlarga koʻra, zarbalar natijasida kamida 11 kishi halok boʻlgan. Shuningdek, tanklar oldinga siljiyotgani sababli tez yordam mashinalari yetib bora olmayotgan oilalar uylaridan chiqa olmayotgani aytilmoqda.
Isroil qamal ostidagi hududni bombardimon qilishni kuchaytirar ekan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Gʻazo sektorida oziq-ovqat va toza ichimlik suviga ega boʻlmagan ikki milliondan ortiq odam qamalib qolgani haqida ogohlantirdi.
Shunga qaramasdan payshanba kuni kechqurun Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻazo sektoridagi isroillik asirlarni ozod qilish boʻyicha kelishuvga erishish shartlari sezilarli darajada yaxshilanganini aytdi. 2023-yil oktyabr oyidan beri Isroilning Gʻazoga hujumi oqibatida kamida 44330 nafar falastinlik halok boʻlib, 105 mingga yaqin kishi yaralangan.
Eron yadroviy dasturni jadallashtirmoqda – BMT
Eron yadroviy dasturni ilgʻor texnologiyalar yordamida tezlashtirishda davom etmoqda. BMTning Xalqaro atom energiyasi agentligi (IAEA) hisobotiga koʻra, Eron yadroviy qurolga yaqinlashuv yoʻlida yangi markazfugalarni joriy qilyapti. Bu harakatlar Tehronning uran boyitish jarayonini qurol darajasiga yetkazish xavfini kuchaytirgan.Qayd etish kerakki, 2015-yilda qabul qilingan yadroviy kelishuv, qoʻshma yadroviy harakatlar rejasi (JCPOA), Eron yadroviy faoliyatini cheklashni koʻzda tutar edi.
10 mln yillik timsoh skeleti topildi
Perudagi paleontologlar yoshi taxminan oʻn million yil boʻlgan timsohning deyarli toʻliq skeletini taqdim etishdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.Maʼlumotlarga koʻra, sudralib yuruvchi 2023-yil oxirida mamlakat janubidagi choʻldan topilgan. Timsoh qoldiqlari Ingemmet mintaqaviy geologiya idorasi yordamida paleontolog Mario Urbina rahbarligida Miotsen davridagi qattiq toshdan qazib olingan.'Ushbu timsoh qoldigʻi oʻziga xos xususiyatlarga ega. Chunki uning uzunligi 3-4 metr boʻ
“Samsung” ekrani uch marta buklanadigan telefon ishlab chiqarishi mumkin
Korporatsiya yigʻma smartfonlar uchun maxsus akkumulyatorga patent oldi. Bu haqda 'Neowin' nashri xabar bergan.Tarmoqda paydo boʻlgan hujjat uchta qismdan iborat boʻlgan yigʻma smartfonlarga joylashtirish uchun mos keladigan qurilmani tavsiflaydi.Ushbu patent 'Samsung'ning ekrani uch buklanadigan telefonni ishlab chiqarish haqidagi rejalari rostligini tasdiqlaydi.Batareya bitta yacheykaga ega va uchta qismdan iborat. Aniqlik kiritilishicha, bunday akkumulyator shikastlanmasdan koʻp marta ta
Eron yadroviy dasturni jadallashtirmoqda – BMT
Eron yadroviy dasturni ilgʻor texnologiyalar yordamida tezlashtirishda davom etmoqda. BMTning Xalqaro atom energiyasi agentligi (IAEA) hisobotiga koʻra, Eron yadroviy qurolga yaqinlashuv yoʻlida yangi markazfugalarni joriy qilyapti. Bu harakatlar Tehronning uran boyitish jarayonini qurol darajasiga yetkazish xavfini kuchaytirgan.Qayd etish kerakki, 2015-yilda qabul qilingan yadroviy kelishuv, qoʻshma yadroviy harakatlar rejasi (JCPOA), Eron yadroviy faoliyatini cheklashni koʻzda tutar edi.