Oʻzbekistonda Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni qancha?
Qayd etilishicha, 2024-yil yanvar-oktyabr oylari davomida Turkiya kapitali ishtirokida 317 ta yangi korxona tashkil etildi. Masalan, 2023-yilda bunday korxonalar soni 218 tani tashkil etgan boʻlsa, 2022-yilda 288 ta, 2021-yilda esa 321 ta korxona tashkil etilgan. 2024-yildagi oʻsish turk biznesining Oʻzbekiston bozoriga qiziqishi ortganini koʻrsatmoqda.
Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar Oʻzbekistonning turli iqtisodiy sohalarida faoliyat yuritmoqda. Ular asosan savdo, qurilish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida faoldir.
Bu korxonalar nafaqat investitsiya jalb etishda, balki yangi ish oʻrinlari yaratishda ham muhim rol oʻynamoqda. Turk kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni yanada mustahkamlaydi.
Oʻzbekistonga davolanish uchun tashrif buyurganlar soni 80 foizga oshgan
Maʼlum boʻlishicha, davolanish uchun tashrif buyurganlarning katta qismi Tojikiston fuqarolari boʻlib, ularning soni 69 ming 111 nafarni tashkil qildi. Qozogʻistondan kelganlar soni 10 ming 536 nafarga yetgan boʻlsa, Qirgʻiz Respublikasidan kelgan qoʻshnilarimiz soni 8 ming 464 nafarni tashkil etdi.Shuningdek, Rossiyadan 1606 nafar, Turkmanistondan 764 nafar va Afgʻonistondan 388 nafar fuqaro davolanish uchun Oʻzbekistonni tanlagan. Bundan tashqari, Turkiya va Ukrainadan tashriflar tegi
Eng koʻp pensiya oluvchilar qaysi viloyatda istiqomat qilishadi?
Pensiya jamgʻarmasi 2024-yil noyabr oyi uchun amalga oshirilgan pensiya toʻlovlari haqida maʼlumot berdi.Unga koʻra, noyabr oyida jamgʻarmadan 4 million 76 ming pensiya oluvchiga jami 5 trillion 963 million soʻm toʻlangan. Shundan 4,7 trillion soʻmlik toʻlovlar plastik kartaga, 1,26 trillion soʻmi naqd shaklda toʻlab berilgan.Hududlar kesimida pensiya oluvchilar soni va ularga noyabrda toʻlangan mablagʻlar miqdori quyida keltirilgan:Qoraqalpogʻistonda 218,7 ming kishi ' 314,5 milli
“Puma”dan “misli koʻrilmagan” choʻkish: kompaniya aksiyalari keskin arzonladi. Nemis kompaniyasi futbolchimiz Abduqodir Husanov bilan hamkorlik qiladi
Germaniyaning yirik sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisi 'Puma' shirkati keskin 16% ga pasaydi. Kompaniyaning toʻrtinchi chorak savdolari kutilganidan pastroq boʻlgani va yillik foyda kamaygani ushbu yoʻqotishga sabab boʻldi. Bu haqda 'JPMorgan' tahlilchilari xabar berdi.Payshanba kungi holatiga koʻra, 'Puma' aksiyalari 16,5% ga pasayib, birja savdolarida 34,90 yevrogacha tushdi. Bu soʻnggi besh oydagi eng past koʻrsatkich boʻlib, kompaniya tarixidagi eng yomon kunlardan biriga aylandi.K
Oʻzbekistonga tashrif buyurgan xitoylik turistlar soni keskin oshdi
2024-yilning yanvar-oktyabr oylari davomida Oʻzbekistonga 57,7 ming nafar Xitoy fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich 2023-yilning shu davri bilan solishtirilganda 22,3 ming nafarga yoki 63,1 foizga oshganini koʻrsatadi. Turizm sohasidagi bu ijobiy oʻsish Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi jozibadorligini yanada oshirmoqda.Tashrif buyurgan xitoylik fuqarolarning aksariyati sayyohlik maqsadida kelgan boʻlib, ularning soni 50 ming 52 nafarni tashkil qildi. Xizmat s