calendar 27 Jan 00:54
eye 107
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Puma”dan “misli koʻrilmagan” choʻkish: kompaniya aksiyalari keskin arzonladi. Nemis kompaniyasi futbolchimiz Abduqodir Husanov bilan hamkorlik qiladi

image
Germaniyaning yirik sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisi 'Puma' shirkati keskin 16% ga pasaydi. Kompaniyaning toʻrtinchi chorak savdolari kutilganidan pastroq boʻlgani va yillik foyda kamaygani ushbu yoʻqotishga sabab boʻldi. Bu haqda 'JPMorgan' tahlilchilari xabar berdi.

Payshanba kungi holatiga koʻra, 'Puma' aksiyalari 16,5% ga pasayib, birja savdolarida 34,90 yevrogacha tushdi. Bu soʻnggi besh oydagi eng past koʻrsatkich boʻlib, kompaniya tarixidagi eng yomon kunlardan biriga aylandi.

Kompaniyaning toʻrtinchi chorakdagi savdolari valyuta kursiga moslashtirilgan holda 9,8% ga oʻsdi, lekin bu tahlilchilar kutilgan 12% koʻrsatkichdan past boʻldi. Yillik sof foyda esa 282 million yevrogacha kamaygani aytilmoqda. Bu eng kam daromad olingan yil, 2022-yildagidanda (305 million yevro) pastroqdir.

'Puma' bozorda oʻz oʻrnini mustahkamlash uchun yangi mahsulotlarni, jumladan, 'Speedcat' nomli motor sportidan ilhomlangan poyabzallarni taqdim etdi. Shunga qaramasdan, raqobatbardosh bozor sharoitida 'Speedcat' 'Adidas'ning retro uslubdagi 'Samba' futbol poyabzali savdosidan ortda qolib ketdi.

Kompaniya oʻzining kutilganidan past savdolari haqida izoh bermadi. 'Puma' bosh direktori Arne Freundt oʻtgan noyabr oyida yil oxiridagi xarid mavsumiga talab yuqori boʻlishidan umidvor ekanini bildirgan edi. Ammo yakuniy natijalar uning bu taxminlariga mos kelmadi.

'Puma' 2027-yilgacha EBIT marjasini 8,5% ga yetkazishni maqsad qilib qoʻygan. Bu natijaga xarajatlarni qisqartirish dasturi orqali erishish rejalashtirilgan boʻlib, kompaniyaning 2024-yilda 7,1% daromad marjasiga erishishi kutilmoqda.

Soʻnggi natijalar 'Puma' sarmoyadorlari uchun qoniqarli boʻlmadi. Kompaniya qiyin sharoitlarda bozorda oʻz oʻrnini mustahkamlash va xarajatlarni qisqartirish oʻrtasida muvozanat topishi lozim.

Qayd etish kerakki, mazkur nemis kompaniyasi hamyurtimiz, 'Manchester Siti' himoyachisi Abduqodir Husanov bilan hamkorlik qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:51
 
95
0
xs.uz

Boy tarix, zamonaviy qiyofa, mamnun chehralar – mehnatkash va bunyodkor andijonliklar hayotidan fotoreportaj

Xabaringiz bor, shu kunlarda 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi Andijon viloyatida xizmat safarida boʻlib turibdi. Maqsadimiz, Andijon xalqining oʻziga xos hayoti, mehnatkash insonlari, tabiati va infratuzilmasini oʻzida aks ettirgan maʼlumotlar bilan boʻlishish. Kun davomida viloyatning turli manzillarida boʻldik. Dehqonlar bilan suhbatlashdik, mahallalarda boʻlib, issiqxonalar, poliz ekinlari, bolalar bogʻchasi hamda 'Vatanparvar' bogʻiga tashrif qildik.Dastl

31 May 08:51
 
104
0
xs.uz

Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qava

13 May 14:38
 
59
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,77 soʻmga'tushib,'12 910,15 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'40,10 soʻmga'oshib,'14 660,77 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,16 soʻmga'tushdi va'159,78 soʻmni'tashkil qildi.

08 Jun 02:26
 
23
0
xs.uz

Hafta boshida xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati qanday boʻladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 9-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 54,29 soʻmga tushdi va 12 777,52 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 15,80 soʻmga pasaydi va 14 590,65 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 2,21 soʻmga tushib, 161,54 soʻmni tashkil etdi.