Prezident energiya taʼminoti boʻyicha bajarilgan ishlar va rejalarni koʻrib chiqdi

Bu borada 10-iyun kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida vazifalar belgilangan edi. Mutasaddilar shu asnoda amalga oshirilgan ishlar, kuz-qish mavsumiga ko'rilgan tayyorgarlik to'g'risida axborot berdi.
Qayd etilganidek, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining o'sib borayotgan talabiga mos hajmda gaz yetkazib berilmoqda. Tarmoqlar modernizatsiya qilinayotgani, iqtisodiyotda energiya samaradorlik oshirilayotgani natijasida yo'qotishlar kamaymoqda. Masalan, so'nggi yillarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun gaz sarfi 1,6 barobar kamaygan.
Oldinda yana ko'p vazifalar bor. Hozirgi mavsum va kelgusi yillarda aholini energiya manbalari bilan barqaror ta'minlash, buning uchun yetarli zaxira tayyorlash zarur.
Yig'ilishda shu masalalar tarmoqlar kesimida muhokama qilindi.
Bu yil qish mavsumida iste'molchilarga 21 milliard kub metr gaz yetkazib berish hisob-kitob qilingan. Havo harorati keskin tushib ketsa, aholi ehtiyoji yanada oshadi. Mutasaddilar bu boradagi rejalarni oyma-oy va tumanlar kesimida bayon etdi.
Ijtimoiy muassasalar va korxonalarni energiya bilan uzluksiz ta'minlash uchun alohida zaxira inobatga olingan. Ushbu tabiiy gazni issiqlik elektr stansiyalari, kimyo va metallurgiya korxonalari, gaz quyish shoxobchalariga manzilli yetkazish bo'yicha tizim tashkil etilgan.
Tarmoqlarda gaz hisobi va nazorati bo'yicha boshlangan ishlarni qat'iy davom ettirib, yo'qotishlarni yanada kamaytirish mumkinligi ta'kidlandi. Andijon, Navoiy va Toshkent viloyatlarida gazni tejash bo'yicha aniqlangan imkoniyatlarni boshqa hududlarda ham amalga oshirish vazifasi qo'yildi.
Davlatimiz rahbari mutasaddilarga ishni tuman va mahallalar miqyosida tashkil etib, energiya ta'minoti bilan bog'liq masalalarni joyida hal qilish, talab va iste'molni muvofiqlashtirib, uzilishlarning oldini olish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.
Yig'ilishda gaz sohasidagi transformatsiya jarayonlariga ham to'xtalib o'tildi. Tarmoq korxonalari xalqaro moliya bozoriga chiqib, modernizatsiya uchun mablag'larni mustaqil jalb etishi belgilandi.
Gaz tarmoqlarini yangilash va tartibga solishda eng katta imkoniyat ' raqamlashtirish va xususiy sheriklik. Shu nuqtayi nazardan, tarmoqqa xususiy operatorlarni jalb qilish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.
Prezident har bir tarmoq va uning korxonalari kesimida tannarxni kamaytirish, xarajatni maqbullashtirish va transformatsiya jarayonini tezlashtirish bo'yicha topshiriqlar berdi. Yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb etib, geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish muhimligi aytildi.
“Tarbiya” fani dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Bugun Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi hamda Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo'mitasining qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Unda senatorlar, deputatlar, mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari a'zolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha milliy ke
Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin
Davlat xaridlarida kooperatsiya aloqalari uchun shaffof tizim yaratiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan 'Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi' nizom tasdiqlandi.Ushbu hujjat davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi va bu jarayonni yaxlit hamda shaffof shaklda tashkil etishga qaratilgan.Nizomga koʻra, korporativ buyurtmachilar tadbirkorlik suby
Mintaqa kasaba uyushmalari harakati va hamkorligida muhim platforma
Qirg'iz Respublikasi poytaxti ' Bishkek shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashining VII yig'ilishi bo'lib o'tdi.Mintaqa kasaba uyushmalari harakati va hamkorligida muhim o'ringa ega mazkur nufuzli anjumanda milliy kasaba uyushma tashkilotlari, davlat organlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.Yig'ilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashi bosh kotibi Murodil Jumadilde uulu, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla R