calendar 29 Oct 20:50
eye 39
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Oltin toʻp”ga kim loyiq? Messi oʻz tanlovini amalga oshirdi

image
Argentina terma jamoasi hamda 'Inter Mayami' hujumchisi Lionel Messi 2024-yilgi 'Oltin toʻp'ni hamma taxmin qilayotganidek 'Real Madrid va Braziliya terma jamoasi aʼzosi Vinisius emas, oʻzining terma jamoadagi sherigi qoʻlga kiritishi kerakligini bildirdi. Bu haqda 'Goal' nashri yozgan.

Gap shundaki, 8 karra 'Oltin toʻp' sohibi Argentina va 'Inter' jamoasi aʼzosi Lautaro Martines 'Oltin toʻp'ni qoʻlga kiritishi kerak deb hisoblaydi.

'U juda ajoyib mavsum oʻtkazdi. Amerika Kubogida eng yaxshi toʻpurar boʻldi hamda finalda gol urdi. Lautaro sovringa boshqalardan koʻra koʻproq loyiq', deydi Messi.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Martines 2024-yilda 'Inter' safida Italiya chempionligini qoʻlga kiritdi, shuningdek, A Seriyada eng yaxshi toʻpurarga aylandi. Argentina terma jamoasi bilan birga Amerika Kubogida zafar quchdi va toʻpurar boʻldi.

'Oltin toʻp' sovrinini topshirish marosimi 28-oktyabr kuni Parijning Shatle teatrida boʻlib oʻtadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
36
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

15 Apr 07:06
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston MTJga mundial yoʻllanmasini taqdim etishi mumkin boʻlgan bahs kichik hajmli stadionda boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur oʻyin boʻlib oʻtadigan stadion hamda uchrashuv vaqtlarini maʼlum qildi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi safardagi bahsi joriy yilning 5-iyun kuni Abu-Dabi'shahridagi 'Al Nahyan Stadium' stadionida boʻlib oʻtadi. Maz

20 Mar 12:50
 
48
0
postda.uz

VAZIR KUBOGIGA START BERILDI

Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi

23 Mar 16:44
 
71
0
xs.uz

“Futboldagi matematika”: Oʻzbekiston milliy terma jamoasi muddatidan avval mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi uchun nimalar roʻy berishi kerak?

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin. Mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun hamyurtlarimiz oldinda turgan uch oʻyinda maksimal ochko yoʻqotmasliklari kerak boʻladi. Ayni paytda guruhdagi eng yaqin taʼqibchimiz BAAdan 6 ochkoga ilgarilab ketganmiz. Biroq, bu xotirjamlikka berilishga sabab boʻla olmaydi.Quyida qay holatda Oʻzbekiston terma jamoasi muddatidan avval jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi mumkin,