“Futboldagi matematika”: Oʻzbekiston milliy terma jamoasi muddatidan avval mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi uchun nimalar roʻy berishi kerak?

Quyida qay holatda Oʻzbekiston terma jamoasi muddatidan avval jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi mumkin, koʻrib chiqamiz.
Ayni vaqtda 'A' guruhida 19 ochko jamgʻargan Eron terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi, ikkinchi pogʻonada 16 ochko bilan Oʻzbekiston terma jamoasi oʻrin olgan. BAA hamda Qatar terma jamoalarida 10 ochkodan, beshinchi oʻrindagi Qirgʻizistonda 3, Shimoliy Koreyada esa 2 ochko mavjud.
Hal qiluvchi saralash bosqichining yakunigacha Milliy terma jamoamiz yana uchta, favorit maqomidagi terma jamoalar, yaʼni Eron hamda BAAga qarshi safarda, soʻnggi turda esa Qatarni qabul qiladi. Bizning eng yaqin taʼqibchimiz BAA esa, nisbatan kuchsiz boʻlgan jamoalar, yaʼni Shimoliy Koreya hamda Qirgʻizistonga qarshi safarda, Oʻzbekiston bilan esa oʻz maydonida kuch sinashadi. Xavotirlisi ham shunda. BAAda oldindagi oʻyinlarda maksimal ochko olish imkoniyati yuqoriroq. Bizda esa aksincha, kuchli jamoalarga qarshi saf tortamiz.
'
Oʻzbekiston terma jamoasi oldinda turgan uch oʻyinda ham magʻlubiyatga uchrab, mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi mumkin. Agar...
Buning uchun BAA hamda Qatar bizni magʻlub qilishsa-da, qolgan jamoalar bilan durangga imzo chekishlari kifoya. Shunda BAA va Qatar hisobida 15 ochko, Oʻzbekistonda esa 16 ochkoligicha qoladi va terma jamoamiz mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.
Vaziyatning yomon ssenariylariga ham tayyor turish kerak.
Oʻzbekiston oʻz uyida Qatarni magʻlub qilsa ham JCHga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqa olmasligi mumkin. Milliy jamoamiz faqatgina Qatarni yutib, qolgan oʻyinlarda imkoniyatni boy bersa 19 ochkoga ega boʻladi. BAA oldindagi uch oʻyinning barchasida zafar quchsa toʻplar nisbatiga koʻra guruhda ikkinchi oʻringa koʻtarilib olishlari mumkin.
Qatar terma jamoasida ham vaziyat biroz ogʻir.
Ular 9 turda Eronni qabul qilishadi. 8 turda Eron Oʻzbekiston bilan durang qayd etsa ham, 20 ochko jamgʻarib JCH yoʻllanmasini muddatidan oldin qoʻlga kiritadi. Natijada eronliklar Qatar bilan boʻladigan bahsda asosiy kuchidan foydalanmasligi mumkin. Bu esa Qatarning Erondan 3 ochko olish imkoniyatini oshiradi. Shu tariqa hal qiluvchi oxirgi turda Qatar hamda Oʻzbekiston oʻrtasida JCHga chiqish yoʻllanmasi uchun 'hayot-mamot' bahsi boʻlishi mumkin.
Shunday ekan, milliy jamoamiz mundial yoʻllanmasini muddatidan avval hal qilishi uchun Eron hamda BAA bilan safardagi oʻyinlarda ochko olishlari shart boʻladi. Aks holda, soʻnggi turda Qatar ustidan oʻta yirik hisobda gʻalaba qozonishimizga toʻgʻri kelishi shubhasiz.
Oʻzbekiston terma jamoasi 25-mart kuniyoq mundial yoʻllanmasini rasmiylashtirishi mumkin.
Bu guruhdagi boshqa oʻyinlarga ham bogʻliq. Masalan, BAA hamda Qatar terma jamoalari navbatdagi bahsda durang qayd etishsa va biz Eronni safarda taslim qilsak JCH yoʻllanmasini muddatidan oldin qoʻlga kiritamiz. Sababi, bizda 19 ochko, Qatar hamda BAAda 11 ochkodan boʻladi. Taʼqibchilarimiz qolgan ikki oʻyinning barchasida gʻalabaga erishsa ham, 17 ochko jamgʻarishadi xolos.
Agar BAA hamda Qatar 8 turda magʻlub boʻlishsa, terma jamoamizni Eron bilan boʻladigan bahsda durang ham qoniqtiradi. Har ikki holatda ham milliy jamoamiz rasman mundial yoʻllanmasini hal qilishadi.
'
Maʼlumot uchun, hamyurtlarimiz 25-mart kuni Eron terma jamoasi mehmoni boʻlishadi. Oʻyin Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
Ayni shu kuni Qirgʻiziston oʻz uyida Qatar terma jamoasini qabul qiladi. Birlashgan arab amirliklari esa Shimoliy Koreya mehmoni boʻladi.
Oʻzbek futbol ixlosmandlari orziqib kutayotgan mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun oldinda kutib turgan muhim bahslarda milliy terma jamoamizga omad va zafarlar tilaymiz.
“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
4 ta shart bo'yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin ' Ingliz filologiyasi fakultetining 'Zulfikor' jamoasi;2-o'rin ' Tarjimonlik fakultetining 'To'maris nafasi' jamoasi;3-o'rin ' Ingliz tili 2-fakultetining 'Jasorat elchilari' jamoasi.Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi:'Eng ijodkor jamoa' ' Rus filologiyasi fakultetining 'Qalqon' jamoasi;'Eng hamjihat jamoa' ' Ingliz tili 1-fakultetining 'Turon zamin qizl
Tursunoy Jabborova — Osiyo chempionati sovrindori
Biroz avval ayollar o'rtasida -87 kg. vazn toifasida bahslar o'tkazildi. E'tiborlisi, ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova dast ko'tarishda 108 kg. natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo'ldi.Afuski, Jabborovaga siltab ko'tarish va umumiy hisobda biroz omad yetishmadi u yakunda sakkizinchi pog'onadan joy oldi. Shuningdek, ushbu vaznda qatnashgan yana bir vakilimiz Nigora Suvonova oltinchi natijani qayd etdi.
Holand “Real Madrid”ga “yoʻq” dedi
'Manchester Siti' klubi hujumchisi Erling Holand kelajagini Ispaniyada davom ettirishni rejalashtirayotgani haqida yangi xabarlar paydo boʻldi. 'Tribuna.com' nashri maʼlumotiga koʻra, norvegiyalik futbolchi La Liganing ikki yirik klubi ' 'Real Madrid' va 'Barselona'dan birini tanlash borasida qaror qabul qilgan.Manbaga koʻra, Holand 'Real' klubining taklifini rad etgan va buning asosiy sababi moliyaviy emas, balki sport nuqtayi nazaridan boʻlgan.Futbolchining fikricha, 'Real Madrid' safida
Men bu kunni goʻyoki yuz yillik urushlar tugashini kutgandek kutdim...
Garchi bu voqea frontdagi jang emas, balki yashil maydondagi kurash boʻlsa-da, yuragimda kechayotgan tuygʻular goʻyoki yillab toʻplangan orzular, ezilgan umidlar va nihoyat, bosh koʻtargan ishonch bilan yoʻgʻrilgan bir tarixiy lahza kabidir. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi agar bugun bor-yoʻgʻi bitta ochko olsa, ilk bor jahon chempionatining shonli sahnasiga qadam qoʻyadi.Ha, jahon chempionatiga chiqish Fransiya, Angliya yoki Braziliya uchun 'oddiy yangilik' boʻlishi mumkin. Ammo bi