U ustozi katta serjant Ilvira Borisovadan sohaning o‘ziga ma’lum bo‘lmagan qirralarini o‘rgandi. Tirishqoqligi, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida, bekamu ko‘st bajarishi, me’yoriy hujjatlar va yangiliklarni puxta o‘zlashtirishi tufayli hamkasblari e’tiboriga tushdi. Hozirda Qarshi shahar IIOFMB EKB katta eksperti lavozimida xizmat qilayotgan mayor Bahodir Jo‘rayev bilan turmush qurgach, faoliyatini Qashqadaryo viloyati IIB Axborot markazida katta inspektor sifatida davom ettirdi.
Lavhamiz qahramoni bugungi kunda Qarshi shahar IIOFMB 4-sonli IIB migratsiya guruhi inspektori vazifasida xizmat qilyapti. O‘zi uchun yangi sohani o‘zlashtirishda unga podpolkovnik Zamira Rustamova yaqindan yordam berdi.
– Katta serjant Dildora Xudoynazarova o‘z ustida ishlab, muntazam kasb mahoratini oshirib boradi. Barchaga xushmuomala, – deydi Qarshi shahar IIOFMB boshlig‘ining o‘rinbosari, mayor Ural Mahmudov. – U xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qat’iy rioya etib, kasbiy, jangovar hamda jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelyapti.
Mayor Bahodir Jo‘rayev turmush o‘rtog‘ini har jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. Katta serjant Dildora Xudoynazarova ikki nafar farzandining tarbiyasida ham sobitqadam. Poydevori mustahkam bu oilada voyaga yetayotgan bolalar orasidan ham osoyishtalik posbonlari yetishib chiqsa, ne ajab…
Sodiq RAHIMOV,
o‘z muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
XODIMNING VIJDONI nomaqbul taklifni qabul qilmadi
Izquvarlar jinoyatlarni fosh etishda biri ikkinchisiga zanjirdek bog‘langan holatlarni sinchiklab o‘rganishadi. Yoki surishtiruv jarayonida mutlaqo kutilmagan voqeliklar ham sodir bo‘lib turadi.Uchqo‘rg‘on tumani IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv bo‘linmasi tezkor vakili, kapitan Adhamjon Mashrabboyev 2023-yilda fosh etilmagan o‘g‘rilik jinoyatini ochish maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan chiqarilgan ajrimga asosan, gumonlanuvchinin
FAO Buxoro Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga zamonaviy uskunani taqdim etdi
FAOning mazkur loyihasi qurgʻoqchil hududlarda ekotizimlarning barqarorligini taʼminlash, tuproq degradatsiyasining oldini olish, ekotizim xizmatlarini yaxshilash va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xavfsizligini oshirish maqsadlarini koʻzda tutadi. Oʻzbekistonning qurgʻoqchilikka moyil hududlarida agroekologik muhitni yaxshilash, yer va oʻrmon resurslaridan oqilona foydalanish va barqaror qishloq xoʻjaligini rivojlantirish ushbu loyihaning ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.Buxoro viloya
IZLANUVCHAN INSPEKTOR
– Hududimizdagi mahalliy aholi asosan dehqonchilik, hunarmandchilik va tikuvchilik bilan shug‘ullanishadi. Yil boshidan buyon hali voyaga yetmagan 6 nafar maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashib, ularni ishga joylashtirdik. Maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etgan holda ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan, – deydi leytenant Sh. Komiljonov. Sh. Komiljonov sportga ham alohida mehr qo‘ygan bo‘lib, qo‘l jangi bilan 6 yildan
VAZIFALAR QANDAY BAJARILMOQDA?
Qarshi shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “qizil” toifadagi mahallalarda Prezidentning 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.Yig‘ilishda mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish, ko‘chalarga kuzatuv kameralari o‘rnatish va ularni p