FAO Buxoro Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga zamonaviy uskunani taqdim etdi

Buxoro viloyatida ushbu tashabbus doirasida taqdim etilgan gaz xromatografi asbobi tuproq va oʻsimlik mahsulotlarining sifatli tahlil qilinishini taʼminlash orqali agroekotizimlarning barqarorligini oshirishga xizmat qiladi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida aniqlangan ishonchli maʼlumotlar fermerlar, olimlar va agroiqtisodiy mutaxassislarga yer resurslarini samarali boshqarishda ilmiy asoslangan tavsiyalar berish imkonini beradi.
Mazkur laboratoriya uskunasi yordamida tuproq tarkibidagi pestitsid va gerbitsidlar miqdori tahlil qilinadi, oʻsimlik mahsulotlarining ekologik xavfsizligi aniqlanadi, tuproq unumdorligiga kimyoviy moddalar taʼsiri oʻrganiladi, ekotizimlarga zarar yetkazmaydigan agrotexnologiyalarni ishlab chiqishda ilmiy asos yaratiladi.
Tadbir davomida FAO mutaxassislari, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari hamda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari zamonaviy laboratoriya texnologiyalarining tuproqni degradatsiyadan himoya qilish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifatini oshirishdagi ahamiyati haqida maʼruza va taqdimotlar oʻtkazdilar.
Tadbirda 'Ongli sayyora ' Tuproqni saqlash' harakatining vakillari ham ishtirok etdilar. Rossiya va MDH mamlakatlari koordinatori Rajagopal Sujata va Almagul Mamadaliyeva uskunani topshirish marosimida qatnashib, barqaror qishloq xoʻjaligi uchun tuproqni saqlash va tahlil qilishning muhimligini taʼkidladilar. Ularning ishtiroki Oʻzbekistondagi xalqaro tuproqni saqlash tashabbusi va ilmiy muassasalar oʻrtasidagi hamkorlikning oʻsib borayotganini koʻrsatdi.
Dollarning rasmiy kursi sezilarli darajada pasaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 17-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 45,08 soʻmga tushdi va 12 715,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 25,61 soʻmga koʻtarildi va 14 730,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 1,67 soʻmga koʻtarilib, 161,75 soʻmni tashkil etdi.
Zargarlarning xomashyo bilan bogʻliq birorta muammosi boʻlmasligi kerak — Prezident
Zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi.Mutasaddilarga joylardagi norasmiy zargarlik rastalarini zamonaviy koʻrinishga keltirib, ularning faoliyatini qonuniylashtirish topshiril
Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj
'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qava
Xorijiy investorlar kengashining uchinchi yalpi majlisidan fotoreportaj
Kengashning asosiy vazifalari muvaffaqiyatli tajriba va jahon amaliyotidan kelib chiqqan holda mamlakatni investitsiyaviy, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlantirishning eng muhim yo'nalishlari bo'yicha maslahat berish hamda O'zbekiston Hukumati bilan xorijiy investorlar o'rtasida ochiq muloqotni ta'minlashdan iborat.Davlatimiz rahbari majlisni ochar ekan, kuni kecha o'tgan to'rtinchi Toshkent investitsiya forumining samarali natijalarini qayd etdi hamda kengash a'zolariga Yangi O'zbekiston