calendar 09 Oct 12:39
eye 10
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni internetda tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilandi

image
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra, Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internetdan foydalanish orqali qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik, ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Shuningdek giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni, kuchli taʼsir qiluvchi va zaharli moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda olganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki joʻnatganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Jinoyat kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, oʻsha harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanishi belgilandi: - BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima; - 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari; - 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari; - 1-yildan 3-yilgacha ozodlikni cheklash; - 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:21
 
16
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Germaniya biznesi yetakchilari bilan qo‘shma uchrashuvda ishtirok etdi

Ostona shahriga tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari hamda Germaniyaning ilgʻor kompaniya va banklari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi.Tadbirda Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.

09 Oct 15:21
 
19
0
xs.uz

Buxoroda ikki maktab oʻquvchisining oʻlimiga sababchi boʻlgan haydovchi qamaldi

Buxoro viloyatida yoʻl harakati qoidalarini buzib YTH sodir etgan va ikki nafar maktab oʻquvchisining oʻlimiga sababchi boʻlgan avtobus haydovchisiga hukm oʻqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov'maʼlum qildi.Bildirilishicha, mazkur YTH joriy yilning 18-mart kuni Kogon tumanida sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida tumandagi 5-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning ikki nafar oʻquvchisi halok boʻlgan. Boshqalari turli darajada tan jarohatlari olgan.Oʻshanda bir nechta avtobus bola

03 Sep 21:35
 
24
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi

Mustaqillik monumenti davlatimiz ozodligi va barqarorligi ramzidir. Unda xalqimizning ko'p asrlik davlatchilik tarixi, buyuk alloma va jahongir bobolarimiz siymolari aks etgan. Monumentning eng yuqori qismida Humo qushi tasvirlangan.Prezident Shavkat Mirziyoyev 'Yangi O'zbekiston' bog'iga borib, ushbu majmua poyiga gulchambar qo'ydi.Marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, vazirlik va idoralar, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etib, m

24 Aug 17:26
 
26
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yangi oʻquv yilining boshlanish sanalari maʼlum boʻldi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻiga koʻra 2024/2025-oʻquv yili oliy taʼlim muassasalarida 9-sentyabrda boshlanishi belgilangan.Shuningdek, akademik litseylar va kasb-hunar maktablarida oʻquv yili 4-sentyabrda boshlanadi.Kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari ham oʻquv yilini 4-sentyabrdan boshlanishi koʻzda tutilgan.'Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-oʻquv yilining boshlanishi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi', deyi