Buxoroda ikki maktab oʻquvchisining oʻlimiga sababchi boʻlgan haydovchi qamaldi
Bildirilishicha, mazkur YTH joriy yilning 18-mart kuni Kogon tumanida sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida tumandagi 5-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning ikki nafar oʻquvchisi halok boʻlgan. Boshqalari turli darajada tan jarohatlari olgan.
Oʻshanda bir nechta avtobus bolalarni Buxoro shahridagi drama teatriga olib borayotgan boʻlgan va qoidabuzarlik ortidan ularning biri YTHga uchragan. Olib borilgan tergov harakatlarida avtobusni boshqargan haydovchi yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzib, halokatga sababchi boʻlgani aniqlangan.
Manbaga koʻra, Kogon shahar sudida oʻtkazilgan sud majlisida haydovchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi 'a' bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topilgan.
Sud 33 yoshli ayblanuvchini 3-yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etgan holda, unga 9-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.
Vazirlar Mahkamasiga oid Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi
'Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida'gi Konstitutsiyaviy Qonun (OʻRQ-982-son 25.10.2024-y.) qabul qilindi.Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasi ' ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi boʻlib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohalarning samarali faoliyat koʻrsatishiga rahbarlik qilishni, Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi.Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekistonda ijro etuvchi hokim
Inson aʼzolari oldi-sotdisi bilan shugʻullangan talabaga hukm oʻqildi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi B.A. inson aʼzolari oldi-sotdisida ayblanib, jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokir Qoʻziboyevning maʼlum qildi.Bildirilishicha, 2003-yilda tugʻilgan B.A. ijtimoiy tarmoqlarga inson aʼzolarini sotib olishi haqida eʼlon joylashtirgan. U mazkur eʼlonlarida buyrakni 38 ming, jigarni 43 ming hamda suyak iligini 23 ming dollarga olishini bildirgan.Ushbu eʼlondan soʻng fuqaro J.R. u bilan
Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi
'Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturi doirasida quyidagilar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan: mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuriti
Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi
Bugun mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtmoqda.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oila aʼzolari bilan birgalikda poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berishda ishtirok etdi.Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 128-moddasida fuqarolar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega ekani belgilangan. Ovoz berish huquqi, oʻz xohish-irod