Vazirlar Mahkamasiga oid Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi
Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasi ' ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi boʻlib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohalarning samarali faoliyat koʻrsatishiga rahbarlik qilishni, Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi.
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekistonda ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir.
Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida Oliy Majlis va Prezident oldida javobgardir.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimiga vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar kiradi.
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Hukumatining aʼzolari ' Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va vazirlardan iboratdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Toshkent — Buxoro — Toshkent yoʻnalishida yangi poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Toshkent ' Buxoro ' Toshkent yoʻnalishida yangi poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Bu haqda 'Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi' AJ axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, harakat tarkibi 12 ta vagondan iborat, bundan 2 ta VIP, 4 ta biznes, 4 ta ekonom, 1 ta restoran va 1 ta dizel vagonlari bor. Biznes-klass oʻrindiqlari yoʻnalish boʻyicha oʻzgaradi. Hozirda poyezd Toshkent ' Buxoro ' Toshkent yoʻnalishida sinovdan
Endi ayrim fuqarolar jamoat transportidan bepul foydalanishi mumkin boʻladi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qonun bilan ayrim qonunlarga Ijtimoiy himoya milliy agentligining zimmasiga dafn etish uchun nafaqani berish vazifasini yuklatishga, uning xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini belgilashga, shuningdek fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga va maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda davlat bojini toʻlashdan ozod etishga taalluqli oʻzgartirishlar kirit
Navoiyda soʻnggi yetti yilda 8 milliard dollarlik 6,5 mingta loyiha ishga tushirildi
Soʻnggi yetti yilda Navoiyda 8 milliard dollarlik 6,5 mingta loyiha ishga tushib, 27 trillion soʻmlik qoʻshilgan qiymat yaratildi. Bu haqda viloyatda Prezident raisligida oʻtayotgan yigʻilishda maʼlum qilindi.Viloyatdagi tadbirkorlar soni 3 karra koʻpaydi. Ularning saʼy-harakati bilan oʻtgan yetti yilda 1 milliard dollarlik eksport boʻldi. Bu yil ham viloyatda 2,2 milliard dollarlik 577 ta loyiha ishga tushib, 10 mingta yuqori daromadli ish oʻrni paydo boʻladi.Oʻtgan davrda Navoiy i
Kambagʻal oilalar farzandlari davlat bogʻchalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi
Shavkat Mirziyoyevning 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Qaror bilan bir qator ishlar amalga oshiriladi. Birinchidan, 2025-yil 1-yanvardan kambagʻal oilalar farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi.Ikkinchidan, 2025/2026 oʻquv yilidan, kambagʻal oilalar farzand