calendar 01 Nov 21:29
eye 27
comments 0
comments Manba: xs.uz

Navoiyda soʻnggi yetti yilda 8 milliard dollarlik 6,5 mingta loyiha ishga tushirildi

image
Soʻnggi yetti yilda Navoiyda 8 milliard dollarlik 6,5 mingta loyiha ishga tushib, 27 trillion soʻmlik qoʻshilgan qiymat yaratildi. Bu haqda viloyatda Prezident raisligida oʻtayotgan yigʻilishda maʼlum qilindi.

Viloyatdagi tadbirkorlar soni 3 karra koʻpaydi. Ularning saʼy-harakati bilan oʻtgan yetti yilda 1 milliard dollarlik eksport boʻldi. Bu yil ham viloyatda 2,2 milliard dollarlik 577 ta loyiha ishga tushib, 10 mingta yuqori daromadli ish oʻrni paydo boʻladi.

Oʻtgan davrda Navoiy iqtisodiyoti toʻqqizinchi oʻrindan uchinchi oʻringa chiqib, 82 trillion soʻmga yetdi. Bunaqasi Navoiy tarixida boʻlmagan.

Shu bilan birga viloyat hokimligi hozirgi koʻrsatkichlarni bir necha karra oshirish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.

Masalan, viloyatda kaolin, fosforit, granit, marmar, kvars qumlari kabi xomashyo zaxiralari boʻlgan yana 100 ta kon va uchastkalarni tadbirkorlarga taklif qilish mumkin.

Bu ishlar koʻlamini kengaytirish uchun geologiyada yangi tizim boʻladi. Barcha strategik resursli konlar halqaro baholashdan oʻtadi. Buning uchun tajribali xalqaro kompaniyalar jalb qilinadi.

Prezident mahalliylashtirish masalasida mutasaddilar korxonalar bilan yaqindan hamkorlik qilishi zarurligini koʻrsatib oʻtdi.

Tadbirkorlarimizga kerakli standartlar yetkazilsa, import boʻlayotgan mahsulotlarni bemalol oʻzimizda chiqarish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi. Minglab ish oʻrni ham yaratiladi.

Daryo, soy va kanallarni betonlash, kichik GES qurishga ham xususiy sektorni faol jalb qilish muhimligi taʼkidlandi.

Kichik GESlar 'sanoat ipotekasi' asosida tadbirkorlarga beriladi. Bu suv boʻylarida zamonaviy savdo va servis obyektlari ham tashkil qilinadi. Bu Navoiy tajribasi boʻladi.

Viloyat aholisi yildan-yilga koʻpaymoqda. Odamlarning talabi ham, tadbirkorlikka qiziqishi ham kundan-kunga oshayapti. Lekin, shunday salohiyat turib, Navoiyda haligacha kambagʻal oilalar borligi shuncha yirik korxonasi bor viloyatga yarashmasligi koʻrsatib oʻtildi. Mutasaddilarga chetga ishlashga ketgan odamlar bilan gaplashish, ularning oila aʼzolaridan xabar olish, daromadini oshirish uchun sharoit yaratish topshirildi. Bu masalalarga jiddiy qaramagan rahbarlarga xulosa ham jiddiy boʻlishi qayd etildi. Kichik biznes, qishloq xoʻjaligi, chorvachilik va baliqchilikda mavjud imkoniyatlarni ishga solib aholi daromadini oshirish, 4 ta tuman tajribasi asosida 140 ming aholini band qilish, kelgusi yilda Navoiyga 500 ming xorijiy turistni jalb qilib, eksportni 150 million dollarga yetkazish boʻyicha topshiriqlar berildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:48
 
27
0
xs.uz

Qoraqoʻrgʻonda sel oqiza olmaydigan koʻprik qurildi

Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Namangan viloyati Chust tumanining qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi bilan chegaradosh Qoraqoʻrgʻon mahallasida 4,5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Hududdan oʻtgan Koʻkseraksoy ustiga hashar yoʻli bilan qurilgan koʻprikni tez-tez sel olib ketishi jiddiy muammoga aylangan edi. Aholining tegishli idoralarga murojaati bilan masala yaqinda yechimini topdi ' koʻprik yangilandi. Yangilanibgina qolmay, har qanday selga bardosh bera oladigan qilib butunlay

11 Nov 03:17
 
16
0
xs.uz

Manzillar obod, koʻngillar munavvar

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon viloyatida mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Jalaquduq tumanida ham aniq chora-tadbirlar belgilangan. Aholi farovonligini taʼminlashga qaratilgan ushbu saʼy-harakatlar bugun yurtdoshlarimiz hayotida qanday oʻzgarishlarni yuzaga keltirmoqda?' Avvallari yaxshi kunlar haqida oʻylasam, 'Biz koʻrmagan kunlarni nabiralarimiz koʻrsin', deya duo qilardim, ' deydi tumandagi 'Boʻston'

09 Oct 12:39
 
44
0
xs.uz

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi'xabar berdi.Maʻlum qilinishicha, prezident farmoni bilan chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholi va sanitar tozalash korxonalari oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻin sifatida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.Farmonga koʻra, chiqindil

09 Oct 12:39
 
39
0
xs.uz

Surxondaryoda “Jiguli” kanalga tushib ketdi

Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanida kanalga tushib ketgan avtomashina chiqarib olindi. Bu haqda'Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 8-oktyabr kuni soat 09:48 da yuz bergan. FVBga Guliston mahallasi hududidan oqib o'tuvchi Zang kanaliga shu atrofda yashovchi fuqaroning VAZ-2106 avtomashinasi tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.FVV qutqaruvchilari maxsus texnika va'asbob-anjomlar yordamida avtomobilni kanaldan chiqarib olgan. Avto