calendar 25 Sep 13:14
eye 35
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kambagʻal oilalar farzandlari davlat bogʻchalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

image
Shavkat Mirziyoyevning 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Qaror bilan bir qator ishlar amalga oshiriladi. Birinchidan, 2025-yil 1-yanvardan kambagʻal oilalar farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi.

Ikkinchidan, 2025/2026 oʻquv yilidan, kambagʻal oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Shuningdek, 2025-yildan 'El-yurt umidi' jamgʻarmasi tomonidan kambagʻal oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.

Qayd etilishicha, 'Xalq banki', 'Mikrokreditbank' ATB biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida kambagʻal oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5-yil muddatga 2-yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.

Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 million soʻmgacha boʻlgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkonlar, motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5-yil muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.

Avvalroq, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming aholi kambagʻallikdan chiqarilishi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Nov 04:58
 
14
0
xs.uz

Prezidentning Oliy Majlis Senati aʼzolarini tayinlash toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniOʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq:Ziyo Azamat Hamid oʻgʻli ' Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktoriYoʻlchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna ' Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti professoriKoʻchimov Abdusaid Koʻchimovich ' Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktoriRafiqov Qudratilla M

11 Nov 03:17
 
13
0
xs.uz

Maqsadlari mushtarak turkiy davlatlar

Ayni vaqtda jahon siyosiy sahnasida yuz berayotgan shiddatli, shu bilan birga global oʻzgarishlar sharoitida Oʻzbekistonning xalqaro mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorligi faollashib bormoqda. Xususan, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning joriy yilning 6-noyabr kuni Bishkek shahrida boʻlib Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sessiyasida ishtiroki ham yuqoridagi mulohazamizni dalillaydi.Mamlakatimizning mazkur tashkilotda ishtirok etishi, oʻz navbatida, Tu

09 Oct 12:39
 
43
0
xs.uz

Yangi korxona ishchilari 11 mln. soʻmgacha oylik maosh olmoqda

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'.'Andijon tumanidagi 'Everest bazalt' korxonasi faoliyatini boshlaganiga hech qancha vaqt boʻlgani yoʻq. Shunday boʻlsa-da, uning mahsulotlariga xaridorlar bisyor.' Eng muhimi, ishchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, ' deydi korxona xodimi Sanjarbek Haydarov. ' Oylik maoshimiz esa 4,5 mln. soʻmdan 11 mln. soʻmgachani tashkil etmoqda.Darhaqiqat, 10 mln. AQSH dollariga teng loyiha asosida barpo etilgan ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida 150 ta

09 Oct 12:39
 
36
0
xs.uz

Surxondaryo viloyati mahalla uyushmasiga boshliq tayinlandi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Abduraimov Saydulla Berdishukurovich Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi ' matematika, yurisprudensiya.Mehnat faoliyati davomida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va 'Vatanparvar' tashkiloti