calendar 09 Oct 12:39
eye 36
comments 0
comments Manba: xs.uz

Surxondaryo viloyati mahalla uyushmasiga boshliq tayinlandi

image
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Abduraimov Saydulla Berdishukurovich Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi ' matematika, yurisprudensiya.

Mehnat faoliyati davomida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va 'Vatanparvar' tashkiloti viloyat Kengashida turli vazifalarda hamda Oʻzbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi. Shuningdek, 2020-yildan buyon viloyat Kengashi deputati.

Eslatib oʻtamiz, bugungacha ushbu lavozimda Sherpoʻlat Boyqulov Mamaraimovich ishlab kelayotgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Nov 01:36
 
5
0
xs.uz

Buxoroda saksovul oʻgʻrilari 25 mln soʻm toʻlaydigan boʻldi

Buxoro viloyatida oʻtkazilgan reyd davomida Romitan va Olot tumanlari choʻl hududlaridan saksovul oʻsimliklari sindirib olib ketilayotganligi aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Olib borilgan reyd tadbirlarda Romitan tumanida tabiatga 6,2 mln soʻm zarar yetkazilgani aniqlangan va huquqbuzarlik boʻyicha 2 nafar fuqaroga 18,7 mln soʻm jarima belgilandi (jami 24,9 mln soʻm).Olot tumanida esa tabiatga 5,2 mln so

20 Nov 01:37
 
4
0
xs.uz

Prezident Senat oldida qanday dolzarb vazifalar turgani yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi

Yangilangan Konstitutsiyamizda Senat bilan Qonunchilik palatasi vakolatlaridagi takroriy holatlar bartaraf etilib, ularning har biriga tegishli vazifalar aniq koʻrsatildi.Senat qonunlarni muhokama qilishda yangicha mexanizmlarni joriy etishi maqsadga muvofiqligi qayd etildi.Ayniqsa, qonun ijodkorligi jarayoniga mahalliy kengashlarni keng jalb etish, har bir qonun boʻyicha ularning fikrini olish amaliyotini yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyatga ega.Hududlarning oʻziga xos xususiyat va imkoniyatlar

20 Nov 01:37
 
3
0
xs.uz

Tuman va shaharlar byudjetlari daromadi oshiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev maʼlum qilgan

Yangilangan Konstitutsiya talabi asosida mahalliy kengashlar yaqinda hokimlarni lavozimga tasdiqlashda ularning hududni rivojlantirishga oid dasturlarini ilk bor koʻrib chiqib, maʼqulladi.Xalqimiz deputatlardan bu dasturlardagi vazifalar ijrosi boʻyicha deputatlik va kengash nazoratini amalga oshirishda faol va tashabbuskor boʻlishni kutmoqda.2025-yildan yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini toʻliq, daromad soligʻining esa kamida 50 foizini tuman va shaharning oʻzida qoldirish rejalashtiri

25 Sep 13:14
 
30
0
xs.uz

Hayot uchun joy ajrating!

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon viloyatida ana shu shior ostida ekoaksiya oʻtkazildi. Unda hududlarni chiqindilardan tozalash, obodonlashtirish, jamoatchilik orasida ekologik madaniyatni shakllantirish ishlari amalga oshirildi.' Shu bilan birga yoshlar orasida tabiatni asrash, avaylash mavzusidagi targʻibot tadbirlari ham boʻlib oʻtdi, ' deydi Andijon viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xodimi Lochinbek Isomiddinov. ' Qatnashchilarga atr