calendar 29 Oct 20:49
eye 26
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi

image
Bugun mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oila aʼzolari bilan birgalikda poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berishda ishtirok etdi.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 128-moddasida fuqarolar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega ekani belgilangan. Ovoz berish huquqi, oʻz xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlangan.

Saylovda beshta: Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati ' Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi, 'Milliy tiklanish' demokratik partiyasi, Ekologik partiya, Xalq demokratik partiyasi hamda 'Adolat' sotsial-demokratik partiyasi ishtirok etmoqda. Bu muhim voqea 'Mening tanlovim ' obod Vatanim' shiori ostida, rivojlangan ijtimoiy-siyosiy muhitda oʻtmoqda.

Oʻzbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlari aralash saylov tizimi, yaʼni majoritar-proporsional tizim asosida oʻtkazilmoqda. Deputatlarning 75 nafari bevosita majoritar tizim asosida, yaʼni saylovchilar oʻzlariga maqbul nomzodlarga ovoz berishi yoʻli bilan, qolgan 75 nafari esa proporsional tizim boʻyicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanishadi.

Saylov qonunchiligi ilgʻor demokratik standartlarga mos ravishda tubdan takomillashtirildi. Jumladan, saylov organlarining Markaziy saylov komissiyasi boshchiligidagi yangi tizimi joriy etildi, jamiyat hayotida xotin-qizlarning rolini oshirish maqsadida siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar koʻrsatishda ayollarning ulushi kamida 40 foiz boʻlishi belgilandi.

Joriy yilgi saylovlarning yana bir eʼtiborli jihati ' bu jarayon ishtirokchilarining oʻzaro munosabatlari toʻliq raqamlashtirilgan holda 'E-Saylov' axborot tizimi orqali amalga oshirilganida namoyon boʻldi. Mazkur axborot tizimi saylovlarning ochiqligini yuqori bosqichga olib chiqdi.

Mamlakatimizdagi saylovlar yuqori demokratik tamoyillar asosida, ochiq va shaffof tarzda oʻtmoqda. Fuqarolar ham amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarga xayrixoh boʻlgan holda saylovlarda faol ishtirok etishmoqda.

Davlatimiz rahbari 59-saylov uchastkasiga kelgan odamlar bilan suhbatlashdi. Xorijiy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ham muloqot qildi. Ular saylovlar ochiq, yuqori saviyada oʻtayotganini, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligi oshganini taʼkidlashdi.

Nuroniylar mamlakatimizga tinchlik-farovonlik, Prezidentimizga sogʻlik-omonlik tilab duolar qildi.

Barcha saylov uchastkalarida saylovchilar uchun qonunchiligimizda belgilangan sharoitlar yaratilgan. Joylarda 5 ming 770 ta okrug va 11 ming 28 ta, jumladan, 40 ta xorijiy mamlakatda 57 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Saylov jarayonini kuzatishda MDH, SHHT, Turkiy davlatlar tashkiloti, shuningdek, YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining toʻlaqonli missiyasi tarkibida 850 nafardan ziyod xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari saylov uchastkasiga kelgan odamlar bilan suhbatlashdi. Oʻz yurti va yashayotgan hududi taqdiriga daxldorligini his qilib, saylovlarda faol qatnashayotgan fuqarolarga minnatdorlik bildirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:48
 
19
0
xs.uz

Andijonda elektr energiyasi taʼminoti yaxshilandi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Qish fasli yaqinlashgani sari aholini elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq tashvishlari ortadi. Shu bois 'Hududiy elektr tarmoqlari' AJning Andijon hududiy filiali tomonidan 71 ta MFYda sohaga oid muammolarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Andijon shahridagi 'Bogʻi eram' MFYda 100 dan ortiq aholi xonadonlarida taʼminot sifati yaxshilandi.' Har yili kuz-qish mavsumida elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilardi, ' deydi ushbu m

18 Nov 04:58
 
7
0
xs.uz

Yangiyoʻl shahar hokimi lavozimidan ozod etildi

Bugun, 15-noyabr kuni Sultanov Dilshod Shuxratovich Yangiyoʻl shahar hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, ayni vaqtda Xalq deputatlari Yangiyoʻl shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda hududdan saylangan deputatlar, shahar huquq-tartibot organlari, hududdagi korxona va tashkilot rahbarlari, faollar qatnashmoqda.Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib,

18 Nov 04:58
 
5
0
xs.uz

“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi

Qaror bilan jismoniy tarbiya fani o'qituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.Qarorga ko'ra, 2025 yil:1 martga qadar boshlang'ich, o'rta va yuqori sinf o'quvchilari yosh toifasi bo'yicha harakatli o'yinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari ro'yxati shakllantiriladi;1 iyunga qadar maktab o'quvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, o'quvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasini a

25 Sep 13:14
 
33
0
xs.uz

Prezident yangi Qonunni imzoladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-963-son, 20.09.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qonunga koʻra, ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan, OAVlarning faoliyati hamda insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan bogʻliq huquqiy normalar belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.Shuningdek, 'Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida'gi Qonuniga kiritilgan qoʻshimchaga koʻr